O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti


-MAVZU: QADAMLI SURISH YURITMALARI


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet57/118
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1809058
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   118
Bog'liq
6AdatpaeXkNBzsF

15-MAVZU: QADAMLI SURISH YURITMALARI 
Qadamli yuritmalar rostlanmaydigan surish yuritmalari jumlasiga kiradi. Qadamli yuritma 
ishchi organning pog’onali (diskretli) surilishini ta’minlaydi. Uning tarkibi (rasm 28) kichik 
quvvatli qadamli elektrdvigatel (QD), momentni gidrokuchaytirgichi (MGK), ishchi organ (Io) 
bilan bog’langan “vint – gayka” uzatmasidan tashkil topgan. Boshqarish qurilmasi (RDBQ) 
tomonidan boshqarish impulsi uzatilganda, qadamli dvigatel o’zining o’qini kichik burchakka 
buraydi. Qadamli dvigatellar kuchsiz va kuchli bo’ladi. Kuchsiz qadamli dvigatelning quvvati kam 
bo’lgani uchun, uning momenti ishchi organni (dastgoh stolini) harakatga keltirish yetarli emas. 
Shu sabab bilan dvigatel momentning gidrokuchaytirgichi bilan birgalikda ishlaydi. Momentning 


gidrokuchaytirgichi aksial-porshenli gidromotor asosida barpo etilgan. Stolning surilish masofasi 
boshqarish qurilmasidan uzatilayotgan impulslar (signallar) soni va diskretligi (uzlukligi) bilan 
aniqlanadi, signallar chastotasi esa surish tezligini bildiradi. Ushbu yo’sinda ishlaydigan yuritmalar 
elektrgidravlik qadamli yuritmalar (EGQYu) deyiladi. 
Rasm 28. Qadamli yuritmaning tuzilish sxemasi 
EGQYular boshqa turdagi yuritmalarga nisbatan muxim afzalliklarga ega. Qadamli dvigatel 
boshqarish tizimidan kelayotgan impulslarni ishonchli ravishda ijro etgani sababli tizimni surilish 
va tezlik bo’yicha teskari aloqa zanjirlari bilan o’rab olish talab etilmaydi. Natijada boshqarish 
tizimi soddalashadi hamda yuritmani dastgohga o’rnatilishi yengilashadi. EGQYuning boshqa 
afzalliklari ishchi organning surilishidagi to’plangan xatoni yo’qligi, yuritmaga texnikaviy xizmat 
ko’rsatish oddiyligi, past narxi, kichik gabarit o’lchamlaridan iborat. Boshqarish tizimi ajralgan 
bo’lgani uchun(teskari aloqa zanjiri mavjud emas) ushbu turdagi yuritmalar asosan o’rta aniqlikdagi 
dastgohlarda qo’llaniladi. Elektrogidravlik qadamli yuritmalar frezalash, tokarlik, jilvirlash hamda 
boshqa turdagi raqamli boshqarish dastgohlarning surish yuritmalarida keng ishlatiladi. 
Gidrokuchaytirgichning konstruktsiyasi 29-rasmda ko’rsatilgan. Gidrokuchaytirgich 
boshqaruvchi gidrotaqsimlagich, moy oqimi va aksial-porshenli gidromotordan tashkil topgan. 
Rasm 29. Momentlar gidrokuchaytirgichi: 1 - o’q rezbali “vtulka-gayka” bilan; 2 -zolotnik; 3 - 
korpus; 4 - o’q; 5 - shlitsali vtulka; 6 – aksial-porshenli gidromotor; 7 - chiqish o’qi 
Gidrokuchaytirgichning kirish qismida joylashgan o’q 1 qadamli dvigatelning o’qi bilan 
bog’langan va uning harakatlarini aniq takrorlaydi.Gidrokuchaytirgichning chiqishida 6 aksial-
porshenli gidromotorning 7-o’qi joylashgan.
Chiqish valining (7) bikr manfiy teskari aloqasi o’q 4 vositasida amalga oshiriladi, uning 
o’ng uchi o’zining 5 shlitsali vtulkasi orqali chiqish vali 7 ning shlitsali uchi bilan qo’zg’aluvchan 
qilib o’rnatilgan. O’q 4 ning chap uchi rezbali qismi bo’lib, u bilan o’q 4 o’q 1ning “vtulka-
gayka”siga buralgan.
Gidrotaqsimlagich korpusi 3 da zolotnik 2 joylashtirilgan bo’lib, u o’qiy yo’nalishda o’q 4 
bilan bikr bog’langan. Zolotnik o’qka nisbatan tirkagich podshibniklarida burilishi mumkin. 
Zolotnikning o’qiy harakati qadamli dvigatelni u yoki bu yo’nalishda aylanishida o’q 4ning burilib 
kirish yoki chiqishi hisobiga amalga oshiriladi. Bunda bosim ostidagi moy gidromotorning pastki 
yoki ustki kovaklariga yo’naltiriladi va bunda chiqish vali 7 rezbali “vtulka – gayka 1”li beruvchi 
o’q kabi, huddi shunday shu yo’nalishda, huddi shunday burchakka, huddi shunday tezliq bilan 
buriladi. Agar, masalan, o’q 1ning burilishi o’q 4ning burilib kirishini va zolotnik 2 ning o’q 
bo’yicha chapga harakatini keltirib chiqarsa, bosim ostidagi moy gidromotorning yuqori kovakiga 
yo’naladi, natijada chiqish o’q 7 ning o’q 4ning burilishi yo’nalishidagi burilishini ta’minlaydi. 
Bunda o’q 7 ning o’q 4 bilan shlitsli birikmasi hisobiga o’q 4 o’q 1ning “vtulka-gayka” rezbasidan 
buralib chiqadi va uning o’nga harakatlanish natijasida zolotnikning o’tkazuvchi kesimini 
kichraytiradi.


Zolotnikning o’tkazish kesimini kichrayishi qadamli dvigatel o’qi va rezbali “vtulka-gayka” 
to’htashida nolga teng bo’ladi. Bundan gidrokuchaytirgichningchiqish o’qi 7 qadamli dvigatel va 
o’q 1ning harakatini ba’zi dinamik burchakli orqada qolish bilan bajarilishi kelib chiqadi. Bu orqada 
qolish qadamli dvigatelga beriladigan boshqaruvchi impulslarning va buruvchi momentning ortishi 
bilan yanada ortib boradi (yuqorida qayd etilgandek, boshqaruvchi impulslar chastotasi dastgoh 
ishchi organining surish harakati tezligini aniqlaydi). Chiqish o’qining kirish o’qidan orqada qolishi 
30-60 impulsga yetishi mumkin. 
 
Uch o’lchamli murakkab sirtlarga ishlov berish uchun besh koordinatali frezalash 
dastgohlardan foydalaniladi. Ushbu guruxga mansub FP -11 rusumli dastgohning STFi shunday 
bo’ladi: 
Ishlov berilayotgan detal stolga o’rnatilgan bo’lib barmoqli freza bilan frezalanadi. (rasm 
73). Frezaning o’qi o’z holatini vertikaldan to gorizontalgacha o’zgartishi mumkin (Ch–v). Stol X 
stanina Np o’ynaltirgichlari bo’yicha harakatda bo’ladi. Stanina qo’zg’almas portal bilan 
biriktirilgan. Portal bo’ylab traversa Z harakatlanadi. Ko’ndalang harakat karetka Y tomonidan 
amalga oshiriladni. Karetkaga ikki koordinatali (D va V burilishlar) frezalash kallaki MSh –v 
o’rnatilgan.Shunday qilib, uchta chiziqli (X, Y, Z) va ikkita (D va V) burilish koordinatalaridastur 
bo’yicha avtomatik tarzda murakkab sirtli detallarga ishlov berishni ta’minlab beradi. 
Rasm 73. FP – 11 rusumli bo’ylama frezalash dastgohining KTSi 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling