O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi andijon iqtisodiyot va qurilish instituti
Download 27.94 Kb.
|
Mustaqil ish FALSAFA
The New York Times nashrining yozishicha, pandemiya ortga chekinganidan so‘ng, uning oqibatida zararlangan iqtisodiyotni qayta oyoqqa qo‘yish uchun sanoat va sohalar ikki barobar ko‘proq quvvatda ishlashga kirishib ketadi. Natijada nima bo‘ladi? Uglerod gazlarining havoga chiqarilishi orqasidan iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq inqiroz o‘n yilga tezlashib ketadi.
O‘zbekiston koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan jiddiy iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda. Ayollar va erkaklar orasidagi tenglik pandemiya tugaganidan keyin iqtisodiyotni tezlik bilan tiklash hamda kuchli va farovon jamiyat qurish uchun asosiy omildir. O‘zbekiston mamlakatdagi 17 milliondan ortiq xotin-qizlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish bo‘yicha sezilarli yutuqlarga erishdi. Shu bilan birga, ularning huquqlari va manfaatlarini ta'minlash uchun tegishli davlat siyosati doirasida qo‘shimcha chora-tadbirlar zarur. Shuni ham yodda tutish kerakki, COVID-19 pandemiyasi ayollarning salomatligi, xavfsizligi va iqtisodiy farovonligi uchun qo‘shimcha muammolarni keltirib chiqardi. 2020-yil boshida COVID-19 faqatgina sog‘liqni saqlash sohasi uchun favqulodda holat bo‘lib qolmasligi aniq bo‘ldi. Virus juda tez vaqt ichida dunyo iqtisodiyoti va aholisiga misli ko‘rilmagan zarar yetkazdi. Pandemiyaning dastlabki bosqichlaridayoq, bu inqiroz erkaklar va ayollarga turli xil hamda nomutanosib ta'sir ko‘rsatishi bo‘yicha xavotirlar bildirilgan. Download 27.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling