- Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbarining murojaati
- 2021-yil aperl oyida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adhanom dunyo rahbarlarini zudlik bilan emlashni boshlamagan mamlakatlarga 10 million doza koronavirus vaksinasini ajratishga chaqirdi.
„Koronavirusga qarshi vaksinaga ega boʻlgan mamlakatlarga ushbu preparatga ehtiyoji bor davlatlar uchun 10 million doza vaksina ajratishini soʻrab murojaat qilganman. Ammo davlat rahbarlaridan hamon javob kutyapman“, — deya ta’kidlagan Tedros Adhanom. - Vaksinatsiya
- Koronavirusga qarshi emlash boshlanganidan beri 2021-yil iyul oyi holatiga koʻra dunyo boʻyicha 3 milliard 436 million doza vaksina ishlatilgan
Ekologik halokat, iqlim o‘zgarishlari, qashshoqlik, chuchuk suv tanqisligi, zaxiralar kamayishi kabi global muammolar har yili BMT minbarlaridan turib aytiladi. Ularga qarshi chora-tadbirlarni hamjihatlikda hal etish zarurligi xususida bong uriladi. Ammo negadir sa’y-harakatlar, kuchlar yetarli darajada birlashmaydi. Dunyo mamlakatlari birday oyoqqa turmaydi. Biroq bu gal unday bo‘lmadi. Hatto olis sayyoralarni ham zabt etayotgan odam bolasining aql-idroki zarraday infeksiyani jilovlashga ojizlik qildi. Hozir jahon “tojdor” virusdan faqat bir chora — undan himoyalanish bilan kifoyalanmoqda. Bu xavfli xastalikni masofa saqlash, o‘zimizni yakkalash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish bilan daf qilishimiz mumkinligini angladik. COVID-19 Pandemiyasining Jahon siyosatiga ta’siri Covid-19 pandemiyasi jahon siyosati va iqtisodiyoti rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Dunyo iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyotlar yangi turdagi koronavirus pandemiyasi sababli ulkan qiyinchiliklarga duch keldi. Ijtimoiy soha, sog‘liqni saqlash tizimi qiyin kunlarni boshdan kechirdi va bugungi kunda ham ushbu kasallik keltirib chiqargan oqibatlar bilan yuzlashishga majbur bo‘lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |