Pandemiyadan keyingi o’zgarishlar Pandemiyadan keyingi o’zgarishlar - Koronavirus pandemiyasi nafaqat insonlar sogʻligʻiga xavf tugʻdirishi, balki davlatlarning iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy-madaniy hayotiga zarar yetkazganligi bilan ham ahamiyatlidir. Tahlillarga tayanib aytganda, mazkur kasallik quyidagi ayrim muammolarni yuzaga keltirdi:
Jahon iqtisodiy inqirozining paydo boʻlishi hamda uning barcha mamlakatlarga koʻrsatayotgan salbiy taʼsiri; - Global miqyosda ishsizlikning avj olishi;
- Karantin rejimi tufayli inson huquq va erkinliklarining cheklanishi.
- Jahon iqtisodiy inqirozining paydo boʻlishi hamda uning barcha mamlakatlarga koʻrsatayotgan salbiy taʼsiri.
- Dunyo iqtisodiyoti soʻnggi oʻn yillikda oʻrtacha 3 foizga oʻsib kelgani holda koronavirus tufayli global YAIM 3 foizga qisqarishi taxmin qilinmoqda. Xalqaro valyuta jamgʻarmasining hisobotiga koʻra jahon iqtisodiyoti pandemiya natijasida 9 trln. AQSH dollari zarar koʻrishi mumkin[1]. Xususan, AQSHda YAIM hajmi 2020-yilning birinchi choragida 4,8 foizga kamayib, ikkinchi choragida esa ushbu koʻrsatkich hatto 40 foizgacha yetishi kutilmoqda. Shuningdek, virus tufayli Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida, jumladan Fransiya iqtisodiyotida Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng katta yoʻqotish qayd etilgan. Koronavirus sabab iqtisodiyotda zararning 1929 –1933-yillardagi Buyuk depressiya hamda 2008-yilda sodir boʻlgan jahon iqtisodiy inqirozidan ancha yuqori ekanligi pandemiya davrining qancha muddat davom etishini baholash imkonsizligi bilan izohlanadi. Xalqaro ekspertlarning fikriga koʻra, bugungi kundagi global inqiroz tarixda roʻy bergan boshqa inqirozlardan shunisi bilan farq qiladiki, pandemiya tufayli biznes xarakatdan toʻxtadi: yirik kompaniyalardan tortib kichik tadbirkorlikkacha barcha-barchasi oʻz faoliyatini cheklashga majbur boʻldi.
“Avvalgi odatiy hayot tarziga qaytib bo‘lmaydi. Shu hafta va oylarda hukumatlar tomonidan moliyaviy manbalarni ommaviy ravishda qayta taqsimlash kelajakda kutilayotgan o‘zgarishlar uchqunidir”, — deb ta’kidlagan tashkilot mutaxassislari. - “Avvalgi odatiy hayot tarziga qaytib bo‘lmaydi. Shu hafta va oylarda hukumatlar tomonidan moliyaviy manbalarni ommaviy ravishda qayta taqsimlash kelajakda kutilayotgan o‘zgarishlar uchqunidir”, — deb ta’kidlagan tashkilot mutaxassislari.
- Ularning prognoziga ko‘ra, pandemiya sharoitida 2020-yilning ikkinchi choragidayoq 195 million kishi ishsiz qoladi, ishsizlik va qashshoqlik darajasi yuqori bo‘lishi mumkin. BMT ekspertlarining fikricha, COVID-19 epidemiyasi tufayli yuzaga kelgan inqirozdan kichik va o‘rta korxonalar, qishloq xo‘jaligi ishchilari, o‘z-o‘zini ish bilan ta’minlaydiganlar va mehnat muhojirlari ko‘proq jabrlanishi mumkin.
- Avvalroq BMT koronavirus pandemiyasi sabab 30 ga yaqin davlatda ocharchilik bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgandi. Hozirdanoq arab davlatlarida 101 milliondan ortiq kishi qashshoqlik yoqasida, 52 million kishi esa to‘yib ovqatlanmaydi.
- Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hozirgi global inqiroz va koronavirus pandemiyasi sharoitida aholi bandligi va daromadini ta’minlash, iqtisodiy barqarorlikni saqlash, aholining oziq-ovqatga bo‘lgan talabini to‘liq ta’minlash maqsadida Prezident qarori loyihasi e’lon qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |