O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mml-91 guruh talabasi karimov sa’dulla


Download 9.26 Kb.
bet2/2
Sana31.01.2024
Hajmi9.26 Kb.
#1832545
1   2
Bog'liq
makro iqtisod

Soliq, davlat yoki mahalliy boshqaruv faoliyatini taʼminlash uchun davlat organlari tomonidan tashkilot va jismoniy shaxslardan yigʻib olinadigan toʻlovga aytiladi. Davlat byudjeti daromadlar qismining asosiy manbai soliqlar hisoblanadi. Shuningdek, soliq iqtisodiy turkum sifatida, sof daromadning bir qismini budjetga jalb qilish shakli boʻlib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi.

Soliq yordamida milliy daromadning tegishli qismi taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. Davlat tomonidan olinadigan soliqlar hamda ularning tashkil qilinish shakl va usullari birgalikda soliq tizimini tashkil qiladi. Milliy iqtisodiyotda soliqlar quyidagi uchta muhim vazifani bajaradi: 1.davlat xarajatlarini moliyalashtirish (fiskal vazifasi); 2.ijtimoiy tanglikni yumshatish (ijtimoiy vazifasi); 3.iqtisodiyotni tartibga solish (tartibga solish vazifasi).


Soliqlar soliq solish ob‘ektiga qarab to’rt guruhga bo’linadi: 1. Oborotdan olinadigan soliqlar. 2. Daromaddan olinadigan soliqlar. 3. Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar. 4. Yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar.
Oborotdan olinadigan soliqlarga qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i, bojxona boji va yer qa‘ridan foydalanganlik uchun olinadigan soliqlar kiradi. Lekin oborot (aylanma) tushunchasi bizning qonunchiligimiz bo’yicha ilgarigidek mahsulot realizatsiyasi oborotidan emas, balki yuklab yuborilgan mahsulotlar qiymati bilan o’lchanadi. Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq to’lovi ham oborotdan olinadigan soliqlarga kiradi. Daromaddan olinadigan soliqlarga yuridik shaxslarning foydasiga solinadigan soliq, jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq, ixtisoslashtirilgan ulgurji savdo korxonalarining yalpi daromadidan olinadigan soliq kiradi. Bu guruh soliqlarga obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i ham kiradi.
    • Mol-mulk kiymatidan olinadigan soliqlarga yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulk solig’i kiradi.
    • Yer maydonlaridan olinadigan soliqlarga qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqaruvchilarining yagona yer solig’i va yuridik (noqishloq xo’jalik) va jismoniy shaxslarning yer soliqlarini kiritish mumkin.

Davlat qarzi — davlatning aholi, firma, tashkilot, banklar, xorijiy moliya-kredit muassasalari oldidagi qarz majburiyatlari. Davlat oʻz daromadlari bilan harajatlarini qoplay olmay qolganda byudjet taqchilligi paydo boʻladi va u qarz koʻtarish yoʻli bilan qoplanadi. Davlat qarzni turli qimmatli qogʻozlar, obligatsiyalar, zayomlar chiqarib sotish, moliya muassasasi (bank)dan ssuda olish va b. usullar bilan oladi. Investiitsiya davlat qarzi deb hisoblanmaydi. D.q.ning toʻlov davriga koʻra qisqa muddatli va uzoq muddatli, tarkibiga koʻra ichki qarz (davlat mamlakatning oʻzidagi iqtisodiy subʼyektlardan qarzdor boʻladi) va tashqi qarz (xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va b.dan qarzdorlik) kabi turlari bor. Ichki qarz va uning foizlari milliy pulda, tashki qarz va uning foizlari esa erkin almashtiriladigan valyutada toʻlanadi. D.q.ning darajasi, yaʼni qarz yuki qarz va uning foiz summasi yigʻindisini davlat byudjeti summasiga nisbati bilan oʻlchanadi, yaʼni toʻlov majburiyati byudjetning qancha qismiga teng ekanligi bilan belgilanadi. D.q.ning haddan tashqari ortib ketishi iqtisodiyotni izdan chiqaradi, xalq turmush darajasini pasaytiradi (chunki qarzni toʻlash uchun zarur pul byudjetda soliklarni oshirish orqali toʻplanadi), mamlakatdagi iqtisodiy faollikni susaytiradi. Tashqi qarzning koʻpayib ketishi milliy mustaqillikka tahdid soladi, undan qutulishi uchun milliy iqtisodiyotni yuksaltirishga ketadigan investitsiyalarni qisqartirish va hatto milliy boylikning bir qismini xorijga sotishga ham toʻgʻri keladi. Vaqtida toʻlanmagan tashqi qarzga qoʻshimcha foiz toʻlanadi, undiriladigan foiz qarzga qoʻshilib, uning miqdori yanada oshadi.

2022 yil davomida O‘zbekiston davlat qarzi 2,9 mlrd dollarga ko‘payib, 29,2 mlrd dollarni yoki YaIMga nisbatan 36,4 foizni tashkil etdi. Davlat qarzining 90 foizdan ortiq qismi xorijiy valutada jalb qilingan. 2023 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonning davlat qarzi 29,2 mlrd dollarga yetdi. Bu – mamlakat tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Davlat qarzi 2022 yil 3-choragiga nisbatan 3,1 mlrd dollarga ko‘paygan, YaIMga nisbatan ulushi ham 2,3 foizga oshib 34,1 foizdan 36,4 foizga yetgan. Taqqoslash uchun, 2022 yilning 1 oktabr holatiga davlat qarzi 26,2 mlrd dollarni tashkil etgan.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 9.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling