XULOSA Oila muhitini bir maromda saqlay olmaydigan oila boshlig‘i bo‘lmish otaning kiyimlariga e’tibor qaratmaydigan –vaqtida dazmollab qo‘ymaydigan onaning qizidan nimani kutish mumkin zero xalqimizda “onasini ko‘rib qizini ol “degan ibora bekorga ishlatilmaydi. O‘tmish saboqlarini yodda saqlagan holda bugungi rejalarimizni tuzishimizda yoshlar ilmiy metodologiya bilan qurollanishini ko‘zda tutishimiz zarur bo‘lib qoldi. Aks holda tahlil obyektini ilmiy - badiiy ijtimoiy - siyosiy ahamiyatini aniqlash demak, qadrlash imkoni ham bo‘lmaydi. Estetik qiymatga ega bo‘lgan asar nazariyani boyitgan ilmiy qarash jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichlariga ta’rif bergan tarix fani bugungi kunda ta’qiq qilinishida qanday metodologiyalar qo‘llanishi talab etiladi Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, oilada bolalarda estetik tasavvurlarni shakllantirishning bosh metodologiyasi tarixiy milliy o‘zbekona estetik qadriyatlarni zamonaviy tamoyillari bilan sintetik tarzda aynan tanlangan holda qo‘llanishiga erishishidan iborat bo‘lmog‘i lozim Oilada bola tarbiyasining o‘ziga xos qoidalari mavjud bo‘lib, ota-onalar ulardan o‘rinli foydalanishlari lozim. Xususan, ular quyidagicha:
Oilada bola tarbiyasining o‘ziga xos qoidalari mavjud bo‘lib, ota-onalar ulardan o‘rinli foydalanishlari lozim. Xususan, ular quyidagicha:
1. oilada hissiy moslik, ruhiy xotirjamlik va iliq iqlim yaratish;
2. ota-ona obro‘sini saqlash;
3. tarbiyada ota-ona, kattalar o‘rtasida talabchanlik birligi;
4. bola shaxsini mehnatda tarbiyalash;
5. oila, maktabgacha ta’lim muassasasasi va jamoatchilik hamkorligi;
6. bolani sevish va izzat qilish;
7. oilada qat’iy intizom va kun tartibi o‘rnatish;
8. tarbiyada bolalarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish;
9. bola taraqqiyotini aniqlab borish;
10. bolada mustaqillik, tashabbuskorlik sifatlarini hosil etish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |