Tarmoqlanuvchi algoritmga doir misol va masalar yechish.
Misol-1.
Yechish go`yasi. Bu yerda x ifodani berilgan shart bo`yicha tekshiriladi. Agar shart bajarilsa 1-ifodani aks holda 2-ifodani y ga tenglab hisoblanadi.
2.8-rasm. To`liq shartlarda ifodalanishi.
Dastur kodi:
static void Main(string[] args) {
double x = double.Parse(Console.ReadLine());
double y;
if (x < 3)
y = 2 * x + Math.Tan(x) + Math.Sqrt(Math.Log(Math.Abs(x - 3)));
else
y = x - 3 - Math.Cos(Math.PI * x);
Console.WriteLine($"{x},{y}");
}
“Assesment” metodi
Metodning maqsadi: mazkur metod ta‘lim oluvchilarning bilim darajasini baholash, nazorat qilish, o`zlashtirish ko`rsatkichi va amaliy ko`nikmalarini tekshirishga yo`naltirilgan. Mazkur texnika orqali ta‘lim oluvchilarning bilish faoliyati turli yo`nalishlar (test, amaliy ko`nikmalar, muammoli vaziyatlar mashqi, qiyosiy tahlil, simptomlarni aniqlash) bo`yicha tashhis qilinadi va baholanadi.
Metodni amalga oshirish tartibi:
Assesmentlardan ma‘ruza mashg`ulotlarida talabalarning yoki qatnashchilarning mavjud bilim darajasini o`rganishda, yangi ma‘lumotlarni bayon qilishda, seminar, amaliy mashg`ulotlarda esa mavzu yoki ma‘lumotlarni o`zlashtirish darajasini baholash, shuningdek, o`z-o`zini baholash maqsadida individual shaklda foydalanish tavsiya etiladi. Shuningdek, o`qituvchining ijodiy yondashuvi hamda o`quv maqsadlaridan kelib chiqib, assesmentga qo`shimcha topshiriqlarni kiritish mumkin.
Namuna. Har bir katakdagi to`g`ri javob 5 ball yoki 1-5 balgacha baholanishi mumkin.
2.9-rasm. “Insert” metodi
Metodning maqsadi: Mazkur metod o`quvchilarda yangi axborotlar tizimini qabul qilish va bilmlarni o`zlashtirilishini yengillashtirish maqsadida qo`llaniladi, shuningdek, bu metod o`quvchilar uchun xotira mashqi vazifasini ham o`taydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |