O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Download 158.06 Kb.
|
Tursunova Muxlisabonu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-Boshqaruv auditi maqsadi va vazifalari.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI “Buxgalteriya xisobi va menejment ” fakulteti “Menejment” kafedrasi “Personal auditi va nazorati” fanidan MUSTAQIL SHI Mavzu: “Auditni boshqarish va boshqaruv auditi jarayoni” Bajardi: KMN 119-guruh talabasi Tursunova Muxlisabonu Qabulqildi: “Menejment”kafedrasi o‘qituvchisi Maxmudov Q Samarqand 2022 MAVZU: Auditni boshqarish va boshqaruv auditi jarayoni. REJA: 1-Personal auditi metodologiyasi. 2-Boshqaruv auditi maqsadi va vazifalari.3-Boshqaruv auditi jarayoni.1-Personal auditi metodologiyasi. Hozirgi kunda tashkilotda personalning rolini tushunishning uchta yondashuvi shakllangan: 1-Personal — tashkilot xarajatlari. Ishlovchilar tashkilotda foydalailadigan zarur resurs bo’lib, uenga ketadigan xarajatlarni imkoni boricha kamaytirish zarur. Rahbariyat personaling rivojlanishiga yon bosmaydi, kadrlar xizmati esa faqatgina hisoblash-po’yxatga olish funkstiyalarini bajaradi. 2-Personal — tashkilotning asosiy resursi. Rahbariyat personalni rivojlantirish uchun har tomonlama chora-tadbirlar belgilaydi va shu orqali o’z tashkilotining ham rivojlanishiga erishadi. Bunday yondashuvda kadrlar xizmatining roli sezilarli ravishda o’zgarib, yangi tkadrlarni tanlash va yollash, motivastiya tizimini ishlab chiqish, o’qitishni tashkil qilish kabi funkstiyalarni bajaradi. 3-Personal — kapital. Tashkilotning rivojlanishi faqatgina personalning rivojlanishi bilan amalga oshadi. Personal tashkilotning yagona eng qimmatli resursi deb hisoblanadi va uning maksimal ravishda kasbiy va martabasining rivojlanishidan tortib ijtimoiy rivojlanishi uchun ham qilinishi mumkin bo’lgan hamma ishlar amalga oshiriladi. Ishlovchilar faqatgina resurs emas balki biznes yuritishning to’g’ridan-to’g’ri ishtirokchilariga aylanadilar. Bunda tashkilotning yanada gullab yashnashiga sabab bo’ladigan personalning mehnatga bo’lgan munosabatini ijobiy o’zgarishiga olib keluvchi majburiyati, g’ururi oshadi. Personal auditi — bu o’z ichiga axborotlarni yig’ish, ularning tahlili va natijalari asosida mehnat salohiyatidan foydalanish bo’yicha tashkilot faoliyati samaradorligini baholash, hamda ijtimoiy mehnat munosabatlarini tartibga solishga oid tadbirlar tizimini o’z ichiga oladigan personalni boshqarish sohasidagi ishlar holatining doimiy ekspertizasini o’tqazishdir. Uning mohiyati tashkilotda yuzaga kelgan muammolarni diagnostika qilish, hamda bu muammolarning naqadar muhimligini baholash va yechilishi lozimligi yuzasidan tashkilot rahbariyatga aniq tavsiyalarni berishdan iborat. Personal auditi personalni boshqarish tizimini tadqiq qilishning diagnostik usulidan foydalanib olib boriladi. Uning farqli tomonlari quyidagilar: -umumtashkiliy samardorlikka yo’naltirilganlik; -tekshiruvlar, jarayonlar va xulosalar paradigmasining qat’iy shakli; -tashkilotga nisbatan auditorning holisligi; tekshiruvlarni amalga oshirishdagi professionallik. Download 158.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling