O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat pedagogika instituti
Yetukni yosh chegaralari muommosi
Download 227.04 Kb.
|
mohi sulton@sodat
1.2 Yetukni yosh chegaralari muommosi.
Yetuklikning bosqichlari turii olimlar tomonidan turlicha talqin qilingan. Yetuklik davrini birinichlardan bo‘lib davrlashtirgan Sh. Byuler o‘z-o‘zini aniqlashni asos qilib, yetuklikning beshta bosqichini ajratgan: -Birinchi bosqich ( 16-20 yosh) shaxsiy o‘z-o‘zini belgilashdan { oldin keladi. ' -Ikkinchi bosqich (16-20 yoshdan 25-30 yoshgacha) - urinib ko‘rinish va izlash bosqichidir (kasb, umr yoMdosh va b.). Bu davrda hayotiy maqsadlar noreal bo‘lib, o‘zgarib turadi. -Uchinchi bosqich (25-30 yoshdan, 45-50 yoshgacha) - yetukiik davri: inson hayotda o‘z o‘mini topadi, oila quradi. 40 yoshlarda shaxs o‘zining hayotda erishgan natijalariga qarab o‘zini baholay boshlaydi. -To‘rtinchi bosqich (45-50 yoshdan 65-70 yoshgacha) - qartayotgan inson, kasbiy faoliyatning tugashi, maqsadlar qo‘yish va faol o‘z-o‘zini belgilashning yo‘qolishi. -Beshinchi bosqich (70 yoshdan keyin) - qari inson: o‘tmishni eslash va tinchlikni xohlash. Mashhur gollandiyalik psixolog va psixoterapevt B. Divexud kattalar hayotidagi 7 yillik bosqichlami ajratgan Uotering davrlashtirishini misol sifatida keltiradi: 21-28 yosh - hayotiy biznesni egallash; 28-35 yosh - topilgan hayot asoslarini tasdiqlash; 35-42 yosh - ikkinchi jinsiy yetilish, kasbiy maqsadlarga yo‘nalganlik; 42-49 yosh - maniakal-depressiv davr; 49-56 yosh - shaxsiy qartayish bilan kurash; 56-63 yosh - donolik; 63-70 yosh - o‘z hayotida yana muvaffaqqiyatga erishish mumkinligini anglash, “ikkinchi yoshlik” imkoniyati. Lekin inson hayot yo‘lini bunday davrlashtirish tavsiflovchi xarakterga ega bo‘lib, jiddiy empirik asoslarga ega emas. Antropologlar va fiziologlar tomonidan yetuklikning quyi chegarasini 17 yoshdan (D. Birren), 21 yoshdan (D. B. Bromley), 20 yoshdan ayollar, 21 yoshdan erkaklar (xalqaro klassifikatsiya bo‘yicha), 25 yoshdan (V. V. Bunak) boshlanadi, deb hisoblashgan. O‘rta yetukiik chegaralari ham turli olimlar tomonidan turlicha ko‘rsatilgan: 20 yoshdan 35 yoshgacha (D. Veksler), 25 yoshdan 40 yoshgacha (D. Bromley), 25 yoshdan 50 yoshgacha (D. Birren), 36- 60 yoshgacha (yoshning xalqaro klassifikatsiyasi bo‘yicha). Yetuklikning yuqori chegarasi va keksalikning boshlanishi haqida ham turlicha qarashlar mavjud: 55 yoshdan (V. V. Bunak, V. V. Ginzburg, D. Bromley, D. Veksler), 60 yoshdan (G. Grim va ko‘pchilik demograflar), 75 yoshdan (D. Birren). Ilk yetuklik (yoshlik) bosqichi saylov huquqiga ega bo‘lish, to‘Iiq xuquqiy va iqtisodiy javobgarlik, ijtimoiy faollikning barcha turlari bilan shug‘ullanish imkoniyati bilan tavsiflanadi. Bu bosqichda hayotiy muhim qarorlar qabul qilinadi, kasbiy ta’Iim olish tugallanadi, kasbiy rollar egallanadi, ma’lum muloqot doirasi shakllanadi. Ko'pchilik oila qurgan va birinchi farzandli bo‘lishadi, er-xotin va ota-ona rollari egallanadi va amaiga oshiriladi. O‘rta yetuklik davridagi insonlar keksalik davriga o‘tayotgan otaonalari va ota-ona uyidan alohida chiqib mustaqil hayot boshlayotganlar orasidagi holatni egallaydi. Odatda ular ijtimoiy tomondan moddiy mustaqil emaslik, kasbiy faoliyatda yuqori darajaga erishganligi tufayli oila boshlig‘i, boquvchisi, jamiyatni boshqaruvchi bo‘ladilar. Yoshlik davri 23—28 yoshlarda bo‘lib, bu davrning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ijtimoiy hayotaing barcha jabhalarida kamolga erishgan shaxs sifatida faol ishtirok etish va ishlab chiqarishda mehnat faoliyatini amalga oshirishdan iboratdir. Yoshlarning mehnat faoliyati quyidagi uchta muxim belgasi bilan boshqa yosh davrlaridan farqlanadi: 1) mutaxassislikning mohiyatiga, ishlab chiqarish shart-sharoitiga va rlehnat jamoasi a’zolarining xususiyatiga moslashish (ko‘nikish) — mehnat faoliyatining dastlabki yillari (taxminan 1 yildan 3 yilgacha) yoki jamoada o‘z o‘rnini topish va qadr-qimmatga erishish; 2) mutaxassis sifatida o‘zini takomillashtirish uchun ijodiy izlanishni amalga oshirish (mehnat faoliyatining ikkinchi pallasi — 3 yildan 8 yilgacha — ish staji nazarda tutiladi) yoki kasb-korlik mahoratini egallash; 3) mahorat sirlaridan foyda-lanish, tashabbus ko‘rsatish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda ijtimoiy yetuklikni namoyish qilish yoki mehnat faoliyatidagi barqaror ijod bosqichida bir tekis 10 yillab ishlab sifatli mahsulot yaratish namunasini ko‘rsatish. Yuqoridagi bosqichlar barcha kasb-kor egalariga xos bo‘lsa-da, lekin ishlab chiqarishga ertaroq va kechroq kirib kelgan odamlar o‘rtasida yosh jihatdan tafovut mavjud bo‘ladi. Masalan, kasb-hunar kollejini tamomlagan yigit-qizlar o‘z mehnat faoliyatini oliy ma’lumotli yoshlardan oldin boshlaydilar, biroqular ham mazkur bosqichlarni bosib o‘tishlari shart. Hozirgi mutaxassislarning qo‘pchiliga o‘quv yurtlaridaga nazariy bilimlar bilan amaliy ko‘nikmalar o‘rtasida uzilish mavjudligi sababli mustaqil faoliyatning dastlabki kunlaridan boshlab qator qiyinchiliklarga duch keladilar. Bu qiyinchiliklar o‘z mohiyatiga ko‘ra uch xildir; ular: a) ijtimoiy qiyinchiliklar: notanish muhshart-sharoitlari, shaxslararo munosabatlar, mehnat jamoasining saviyasi, undagi kishilarning xarakter xislatlari, ishlab chiqarish jamoasining qadriyatlari, ma’naviyati, an’analari va hokazo; b) bilim va bilishga oid qiyinchiliklar: maxsus o‘quv yurtida olgan bilimlardaga uzilishlar, saviyaning cheklanganligi, ijodiy izlanish faoliyatining zaifligi, tashabbuskorlikning yetishmasligi va boshqalar; v) mutaxassislik bilan bog‘liqo‘ziga xos qiyinchilik-lar; ishlab chiqarishning mohiyati, xususiyati, texnologiya, qurilmalar, asboblar, amaliy ko‘nikmaning bo‘shligi yoki ular bilan yetarli darajada tanishmaganlik, kasbning iqtisodiy negizini to‘la anglab yetmaslik, xavfsizlik texnikasi, mahsulot ishlab chiqarishning chizma-yoyilmasi va grafik ifodasini taqqoslash murakkabligi, muammolar oldida esankirab qolish. Bu qiyinchshshklarni yengish davrida insonning ruhiy holatlari, jarayonlari va xususiyatlarida miqdor hamda sifat o‘zgarishlari ro‘y beradi. Download 227.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling