O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti


Buning natijasida «Chimyon tog‘larining» quyidagi texnologik xujjutlari tuziladi


Download 0.57 Mb.
bet14/15
Sana14.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1357628
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Salayev Ulug\'bek

Buning natijasida «Chimyon tog‘larining» quyidagi texnologik xujjutlari tuziladi:

  • turistlik sayohatning texnologik haritasi;

  • turistlik korxonaning grafik yuklamasi;

  • iste’molchiga taqdim etiluvchi turistlik putyovkaga axborot varaqa;

  • «turistlik safar» xizmat loyihasi;

  • turistlik safar joyi va marshrutining ekspeditsion tekshiruvini o‘tkazish;

  • turistlik manzillar va turistlik safar trassasidagi turar joylarni joylashtirish va jihozlash loyihasini tayyorlash;

  • zaruriy miqdordagi turistlik inventar asboblar va transport vositalarining hisobi;

  • turizm bo‘yicha instruktor-metadistlar, boshqa xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar va ularni tayyorlashni tashkillashtirishga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash;

  • reklama-axborot materiallarini safar trassasi bayoni bilan tayyorlash;

  • havfsizlik bo‘yicha xizmat choralarini aniqlash;

Safarlar trassasini ishlab chiqish, qulay tabiiy sharoitli hududlar bo‘yicha amalga oshirilishi kerak. Bu hududlar amaldagi normativ hujjatlarda belgilangan ekologik va sanitar – gigiyenik talablarga mos kelishi zarur, shuningdek aniq turdagi turizm rivojlanishining real imkoniyatlari hisobga olinadi. Turistlik marshrutini ekspeditsion tekshirishini o‘tkazish haqidagi hisoboti va trassadagi xizmat ko‘rsatish bo‘yicha berilgan turistlar istaklarini ijtimoiy o‘rganish bo‘yicha materiallar loyihalashtirishning hujjatli asosi hisoblanadi.
Natijalar bo‘yicha turistlik safar trassasi pasporti ishlab chiqiladi va ular quyidagilarga muvofiq kelishi kerak:

  • sanitar – epidemiologik xizmat organlariga, transport vositalari harakatini nazorat etuvchi boshqa tashkilotlar (avtoinspeksiya, suv inspeksiyasi va h.k.);

  • turistlik safar trassasi o‘tadigan yer-suv mulklari boshqarmasi organlari;

«Ekskursiya» xizmati loyihalashtirilishi quyidagi belgilarni nazarda tutadi:

  • tematik yo‘naltirilish;

  • ko‘rib chiqish ob’ektlari;

  • ekskursiyalar davomiyliligi;

  • axborot hajmi;

  • ekskursiyani ijtimoiy o‘rganish natijalari.

Turistlik-ekskursion sohada xizmat ko‘rsatishni standartlash-tirishning asosiy maqsadi sifat darajasini ko‘tarishda normativ texnik ta’minlashdir. Shuningdek turistlik samaradorlik, ekskursion xizmat ko‘rsatish va xizmatlardan foydalanuvchi iste’molchilar manfaatini himoyalash.
Standartlashtirishning asosiy vazifalari:

  • xizmatlar va turistlarga xizmat ko‘rsatish sifat ko‘rsatkichlari nomenklaturasini belgilash;

  • xizmatlar turistlarga xizmat ko‘rsatish va ularning nazorat usuli sifatiga o‘sib borayotgan talablarni belgilash;

  • xizmatlar xavfsizligi, aholi sog‘ligini qo‘riqlash, atrof-muhit himoyasi, ijroning aniq va o‘z vaqtida bo‘lishi, xizmat ko‘rsatishning estetikligini ta’minlovchi talablarini o‘rnatish;

  • turistlik xizmatlar sertifikatsiyasiga bo‘lgan talablarni belgilash;

  • turistlik korxonalar faoliyati boshqa turistlik ekskursion xizmat ko‘rsatishda qatnashuvchi korxonalar bog‘liqligini ta’minlash;

  • standartlashtirish sohasida terminlar va asosiy tushunchalarni aniqlashni va aholiga turistlik-ekskursion xizmat ko‘satish sifatini boshqarishni belgilash.

Aholiga turistlik-ekskursion xizmat ko‘satishni standartlashtirish ob’ektlariga quyidagilar kiradi:

turistlik-ekskursion xizmat ko‘satish jarayoni


Xulosa


 Ushbu mavzuda turizm xizmatlarini sertifikatlash va litsenziyalash tushunchalarining mazmun va mohiyatiyati, turizm xizmatlarini sertifikatlash va litsenziyalashda davlat tomonidan o‘rnatilgan talablar hamda xizmat ko‘rsatish jarayonini to‘liq standartlashtirish uchun davlat tomonidan o‘rnatilgan me’yoriy standartlar haqida fikr bildirilgan.
Turizm xizmatlarini litsenziyalash aynan tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun me’yoriy qoidalarga mos xizmatlar turini taklif etishda, xizmat ko‘rsatish shaklini tashkil etishda muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, mavzuda mamlakatimizda keyingi yillarda chiqqan farmon, qarorlarda turizm sohasini litsenziyalash va sertifikatlashtirishni takomillashtirish uchun qaratilgan yo‘l-yo‘riqlar yoritib beriladi.
Hozirgi vaqtda turizm xizmatlarini mukammal standartlashtirish, xizmatlarni litsenziyalash va sertifikatlashtirish muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Turizm xizmatlarini me’yoriy va qonuniy tashkil etish xizmatlar sifatini yanad yaxshilashga xizmat qiladi.



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling