O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti


«O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining litsenziyalarni tekshirish jarayonidagi huquqlari


Download 0.57 Mb.
bet4/15
Sana14.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1357628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Salayev Ulug\'bek

«O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining litsenziyalarni tekshirish jarayonidagi huquqlari
Litsenziat tamonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishni nazorat qilish qonunda belgilangan tartibda «O‘zbekturizm» MK tomonidan amalga oshiriladi.Bunda MK quyidagi huquqlarga ega:

  • litsenziatni litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi rejali tekshiruvi va litsenziat tomonidan ushbu holatlarda buzilish faktlari mavjud bo‘lganda rejadan tashqari tekshiruvlarni o‘tkazadi;

  • litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishni tekshirishni o‘tkazishda tug‘iluvchi masalalar bo‘yicha zaruriy ma’lumotlarni so‘rash hamda olishga;

  • tekshirish natijalari asosida litsenziatni litsenziya talablari va shartlarini aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda akt yoki ma’lumotnoma tuzadi.

  • aniqlangan kamchiliklarni litsenziatga bartaraf etish majburiyatini yuklovchi bunday buzulishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilovchi qarorni chiqarishga;

  • litsenziya harakatini to‘xtatib qo‘yish, ta’qiqlash yoki bekor qilish to‘g‘risida masalani Komissiyada ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi.

MK turizm faoliyatiga litsenziya reestrini yuritadi, uning ma’lumotlari jismoniy va xuquqiy shaxslar uchun ochiq hisoblanadi.
Beriladigan litsenziyalarda turistlarga xizmat ko‘rsatish sifati va darajasini hisobga olgan holda ikki to‘rning indeksatsiyasi amalga oshiriladi:

  • CH– chet el turizmi;

  • M– milliy turizm;

O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasida 2008 yilda turizm faoliyatini litsenziyalash komissiyasining yig‘ilishida jami 44 tashkilotning ishlari ko‘rib chiqildi.
Ko‘rib chiqilgan hujjatlar asosida 37 ta tashkilotga turizm sohasida faoliyat olib borishga ruxsat beruvchi litsenziyalar berildi. 5 tashkilotga litsenziya berishga rad javobi berildi, 2 tashkilotning litsenziyasi bekor qilindi.
Mintaqalar bo‘yicha litsenziya olgan tashkilotlarning tarkibi qo‘yidagicha: Toshkent bo‘yicha – 24 ta, Buxoro bo‘yicha – 1 ta, Samarqand bo‘yicha – 7 ta, Chirchiq bo‘yicha – 1 ta, Urganch bo‘yicha – 1 ta, Namangan bo‘yicha – 3 tani tashkil etadi. So‘nggi yillarda respublikada ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, eskirgan, zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni takomillashtirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur yo‘nalishlarda olib borilgan ishlar litsenziyalash va ruxsat berish tizimini liberallashtirish hamda institutsional isloh qilishning yangi bosqichini boshlash uchun mustahkam asos yaratdi.
Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish hamda byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish orqali tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun yanada keng shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
1. Adliya vazirligi, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasining quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflariga rozilik berilsin:
birinchi bosqichda (2020-yil davomida) — fuqarolar sog‘lig‘iga va jamiyatga ziyon yetkazmaydigan litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning ayrim turlarini qisqartirish va tartibga solishning muqobil usullariga o‘tkazish, tadbirkorlik subyektlaridan ortiqcha hujjat talab qilmaslik va ularning vaqt hamda mablag‘lari sarflanishini kamaytirish uchun tartib-taomillarni soddalashtirish, tegishli hujjatlarni berish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish orqali shaffoflikni ta’minlash;
ikkinchi bosqichda (2020-2021-yillar davomida) — litsenziyalash va ruxsat berish sohasidagi qonun hujjatlarini tizimlashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatishning pasportlarini ishlab chiqish, ayrim turdagi litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar berishning namunaviy ma’muriy reglamentlarini joriy qilgan holda normativ-huquqiy hujjatlar sonini tubdan qisqartirish.
2. Belgilansinki 2021-yil 1-yanvardan boshlab:
a) litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning:
1-ilovaga muvofiq ayrim turlari bekor qilinadi;
2-ilovaga muvofiq ayrim turlari birlashtirish yo‘li bilan bekor qilinadi;
3-ilovaga muvofiq ayrim turlari xabardor qilish tartibi joriy etilishi yo‘li bilan bekor qilinadi;
b) 4-ilovaga muvofiq litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning ayrim turlarini rasmiylashtirish muddatlari qisqartiriladi.
Xabardor qilish tartibi joriy etilgan faoliyat (harakat) uchun rasmiylashtirilgan litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilishi o‘z kuchida qoladi va ushbu faoliyat (harakat)ni amalga oshirish uchun vakolatli organni xabardor qilish talab etilmaydi.
Litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishga vakolatli hamda xabarnomalarni qabul qiladigan organlar (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organlar) 2021-yil 1-yanvarga qadar avval rasmiylashtirilgan litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestrini xatlovdan o‘tkazsin va yangi tartib asosida yuritilishini ta’minlasin.
3. Litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. 2021-yil 1-yanvardan boshlab:
a) turizm faoliyatini litsenziyalashda turoperatorlar xizmatlarini sertifikatlash ixtiyoriy etib belgilansin;
b) quyidagilar bekor qilinsin:
kredit byurolari faoliyatini litsenziyalashda kamida 10 ta tijorat banki bilan kredit almashinuvini amalga oshirishga roziligini tasdiqlovchi hujjat mavjudligi talabi;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalashda ushbu faoliyat uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ularning xuddi shunday faoliyat bilan shug‘ullanuvchi filiallari tashkil etilganda har bir filial manzilini asosiy litsenziyada ko‘rsatish amaliyotini joriy qilish orqali filiallarga alohida litsenziya rasmiylashtirish amaliyoti;
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya olishda talabgordan mahalliy davlat hokimiyati organlarining kafolat xatlarini olishni talab qilish tartibi.
5. Belgilansinki:
xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat jumlasiga faoliyatni boshlash yoki harakatni amalga oshirish uchun vakolatli organ tomonidan qaror qabul qilinishi talab etilmaydigan, biroq davlat tomonidan tartibga solinishi hamda tegishli faoliyat bilan shug‘ullanayotgan subyektlarning hisobini yuritishni ta’minlash uchun qonun hujjatlarida belgilangan talab va shartlarga rioya etish majburiyatini o‘z zimmasiga olish orqali amalga oshiriladigan faoliyat turlari kiradi;
xabarnoma yuborish orqali jismoniy va yuridik shaxslar xabardor qilish tartibi joriy etilgan faoliyat yoki harakatni amalga oshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan talab va shartlarga muvofiq ekanliklarini tasdiqlaydi. Bunda, avtomatlashtirilgan elektron tizim orqali qonun hujjatlarida belgilangan talab va shartlarga muvofiqligi hujjatlarni taqdim etish jarayonida ustuvor ravishda inson aralashuvisiz tekshiruvdan o‘tkaziladi;
amalga oshirilishi uchun litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat va vakolatli organni xabardor qilish talab etiladigan faoliyat turlari ro‘yxatlari qonun bilan tasdiqlanadi hamda tegishli qonun qabul qilingandan so‘ng ushbu ro‘yxatlarga kiritilmagan faoliyat yoki harakatni amalga oshirish uchun jismoniy va yuridik shaxslardan ma’muriy tartib-taomillardan o‘tishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
6. Vakolatli organlar tomonidan quyidagi harakatlarning amalga oshirilishi taqiqlansin:
litsenziyalar berish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish va ularni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining elektr energiyasi, tabiiy gaz yetkazib berish, suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlar bo‘yicha, shuningdek, ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorligi mavjudligi sababli davlat xizmatlari ko‘rsatishni rad etish;
litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni davlat organlari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tuziladigan o‘zaro shartnomalarga almashtirish;
litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish haqidagi arizalarni ko‘rib chiqish, ushbu hujjatlarni berish, shuningdek, nazorat funksiyalarini amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik subyektini litsenziya va ruxsat berishga doir talab va shartlarda nazarda tutilmagan haq evaziga boshqa turdagi xizmatlardan foydalanishga yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olishga bevosita yoki bilvosita majburlash.
7. 2020-yilda muddati tugaydigan barcha litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilish muddati 2021-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilsin va ularning muddati o‘tganligi munosabati bilan javobgarlikka tortish va boshqa choralar qo‘llanilishi taqiqlansin.
8. Faoliyatning litsenziyalanadigan turi bilan shug‘ullanadigan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tashkil etilgan davlat unitar korxonalari va nodavlat tashkilotlarning tegishli litsenziyani olmasdan faoliyatini amalga oshirish huquqi 2021-yil 1-yanvardan bekor qilinsin.
9. Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvarga qadar litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari bilan bog‘liq barcha jarayonlarni qamrab olgan, idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik qilish imkoniyatiga ega hamda maxsus mobil ilovasi mavjud bo‘lgan “Litsenziya” axborot tizimi ishlab chiqilishi va ishga tushirilishini ta’minlasin.
Bunda, “Litsenziya” axborot tizimi quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishi nazarda tutilsin:
a) litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan o‘tish borasida:
litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish yoki amal qilish muddatini uzaytirish uchun ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarni topshirish, QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan elektron litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish;
vakolatli organlar tomonidan arizalarni ko‘rib chiqish hamda litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish yoki berishni rad etish haqida qarorlar qabul qilish;
faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida vakolatli organni xabardor qilish uchun xabarnomalar yuborish va xabarnoma qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnomalar olish;
arizani ko‘rib chiqish uchun davlat boji, yig‘im va barcha turdagi to‘lovlarni Yagona billing tizimi orqali elektron to‘lash;
litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish va bekor qilish haqidagi arizalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish;
b) litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini amalga oshirishda vakolatli organlarning o‘zaro hamkorligi borasida:
boshqa vakolatli organlardan qo‘shimcha hujjat va ma’lumotlarni olish hamda ular bilan kelishishni “bir darcha” tamoyili asosida tadbirkorlik subyektining ishtirokisiz mustaqil ravishda amalga oshirish;
berilgan litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning hamda xabarnoma yuborgan tadbirkorlik subyektlarining avtomatlashtirilgan reyestrlarini yuritish;
litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarga hamda xabarnomalarga aloqador ma’lumotlarni tegishli idoralarning ma’lumotlar bazasi orqali avtomatik tarzda tekshirish;
v) litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar hamda xabarnomalarga tegishli bo‘lgan talab va shartlarning bajarilishini monitoring qilish borasida:
litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar hamda xabarnomalarga doir talab va shartlarga rioya etilishi ustidan vakolatli organlar tomonidan masofaviy nazoratni amalga oshirish;
davlat xizmati ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning ko‘rib chiqilishini kuzatib borish;
litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar hamda xabarnomalar bilan bog‘liq harakatlar, shu jumladan bekor qilish va to‘xtatib turish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan sud va boshqa idoralarga murojaat qilish;
arizalarni ko‘rib chiqish, litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yohud berishni rad etish, uning amal qilishini to‘xtatib turish haqidagi qarorlar ustidan jamoatchilik nazoratini joriy etish, shuningdek, tegishli faoliyat bilan litsenziyasiz yoki boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz yohud xabarnoma yubormasdan shug‘ullanish hamda belgilangan talab va shartlarni buzish holatlari haqida to‘g‘ridan to‘g‘ri joylashish nuqtasini ko‘rsatgan holda ma’lumot berish;
vakolatli organlarning avtomatik shakllantiriladigan reytingini yuritish;
vakolatli organlar tomonidan berilgan litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning hamda xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatlarning xususiyatidan kelib chiqib, jismoniy va yuridik shaxslarning faoliyati (harakati) davomida nazorat qilishning aniq mezonlarini belgilagan holda “xavfni tahlil etish” tizimini joriy qilish.
10. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2021-yil 1-yanvardan boshlab:
litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari bosqichma-bosqich to‘liq elektron tarzda “Litsenziya” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi, bundan tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlariga “Yagona darcha” bojxona axborot tizimidan foydalangan holda beriladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar hamda davlat siri va qonunchilikka muvofiq foydalanish cheklangan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan tartib-taomillar mustasno;
litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish hamda vakolatli organni xabardor qilish haqidagi arizalar va ularga ilova qilingan hujjatlar elektron shaklda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalangan holda Internet tarmog‘i orqali qabul qilinadi;
barcha turdagi litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar hamda xabarnoma qabul qilinganligi va reyestrga kiritilganlik haqida xat ularning haqqoniyligini onlayn tekshirish imkonini beradigan QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan holda rasmiylashtiriladi va ularni maxsus blankalarda berish tartibi bekor qilinadi, bundan xalqaro shartnomalarga muvofiq maxsus qog‘oz blankalarida rasmiylashtirishni talab qiladigan hujjatlar mustasno;
boshqa vakolatli organlardan qo‘shimcha hujjatlarni olish yoki ular bilan kelishish asosiy vakolatli organ tomonidan tadbirkorlik subyektining ishtirokisiz “Litsenziya” axborot tizimi orqali mustaqil ravishda, shu jumladan javob berishni talab etmaydigan, to‘g‘ridan to‘g‘ri ma’lumot olishga imkon beruvchi integratsiyalashgan platformaga ulanish orqali amalga oshiriladi. Belgilangan muddatlarda boshqa vakolatli organlar tomonidan javob berilmaganda qo‘shimcha hujjatlar olingan yoki ular bilan kelishilgan hisoblanadi, bunda mazkur vakolatli organlar vujudga kelishi mumkin bo‘lgan barcha oqibatlar uchun javobgar bo‘ladi;
tegishli faoliyat bilan litsenziyasiz yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz yohud xabarnoma yubormasdan shug‘ullanish hamda belgilangan talab va shartlarni buzish holatlari bilan bog‘liq, shuningdek, vakolatli organlar tomonidan arizalarni ko‘rib chiqish, litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yohud berishni rad etish hamda uning amal qilishini to‘xtatib turish bilan bog‘liq qonun buzilishlarini aniqlab, bu haqda vakolatli organlarga xabar bergan jismoniy shaxslar huquqbuzarlik o‘z tasdig‘ini topganda undirilgan jarimaning 10 foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi;
vakolatli organlar tashabbusi bilan litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni tugatish va bekor qilish faqat sud tartibida amalga oshiriladi, bundan litsenziatning litsenziya berganlik uchun davlat bojini to‘lamagan hollar mustasno;
litsenziya da’vogari ma’lum bir sohada litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘la turib, xuddi shu sohadagi alohida faoliyat turiga litsenziya berish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilsa, u tomonidan litsenziyalovchi organga faqatgina qo‘shimcha litsenziya talablari va shartlarini qanoatlantiradigan ma’lumotlar taqdim etiladi;
faoliyatni boshlaganlik haqida vakolatli organni xabardor qilishda bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizigacha yig‘im undiriladi, bundan qurilish-montaj ishlarini va alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik haqidagi xabarnomalar mustasno.
11. “Litsenziya” axborot tizimi Davlat xizmatlari agentligi, BMTning Taraqqiyot dasturi va Yevropa Ittifoqining “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va mahalliy boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasi grant mablag‘larini jalb qilgan holda ochiq tender asosida ishlab chiqilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
“Litsenziya” axborot tizimi ishlab chiqilishi munosabati bilan davlat idoralari va tashkilotlari tomonidan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini hamda ularning talab va shartlari nazoratini amalga oshirish borasidagi barcha elektron dasturlar ishlab chiqilishi to‘xtatilsin, bunda ushbu dasturlarni ishlab chiqish Adliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ijobiy xulosasiga muvofiq davom ettirilishi mumkin.
Ishlab chiqilishi to‘xtatiladigan dasturlar uchun mo‘ljallangan mablag‘lar “Litsenziya” axborot tizimining ishlashi uchun zarur bo‘lgan idoraviy infratuzilma va elektron bazalarni yaratishga yo‘naltirilsin.
12. Davlat xizmatlari agentligi “Litsenziya” axborot tizimini yuritish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilansin hamda unga litsenziyalash, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish va xabardor qilish tartib-taomillarining davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish vakolati berilsin.
13. “Litsenziya” axborot tizimini takomillashtirish hamda uning davlat organlarining idoraviy axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalashuvini tashkil etish bo‘yicha ishlar Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilsin.
“Litsenziya” axborot tizimi elektron hukumat tizimining ajralmas qismi ekanligi inobatga olinsin va kelgusida texnik-qo‘llab quvvatlash bo‘yicha mas’ul organ etib Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilansin.
Adliya vazirligi “Litsenziya” axborot tizimi to‘liq ishga tushirilganidan so‘ng ikki oy muddatda uni o‘rnatilgan tartibda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufiga beg‘araz ravishda o‘tkazib bersin.
14. Belgilab qo‘yilsinki:
har bir litsenziyalash, ruxsat berish hamda xabardor qilish tartib-taomili uning amal qilishi natijasida erishilgan maqsadlarni, ijtimoiy-iqtisodiy, innovatsion va texnologik rivojlanishning joriy holatini, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining xarajatlarini baholagan holda kamida har besh yilda qayta ko‘rib chiqiladi;
normativ-huquqiy hujjat loyihasida yangi turdagi litsenziyalanadigan faoliyat yo‘nalishi yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni yoxud faoliyatni boshlashning xabardor qilish tartibini joriy etish nazarda tutilayotganda ushbu tartib-taomilning tartibga solish ta’sirini baholash majburiy hisoblanadi;
yangi turdagi litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va faoliyatni boshlashning xabardor qilish tartibini joriy etishni hamda ularni tartibga solish shakllarini o‘zgartirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining ijobiy xulosalari mavjud bo‘lgandagina, shuningdek, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan holda Adliya vazirligiga kiritiladi.
15. Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini kompleks va tizimli isloh qilishning ikkinchi bosqichini amalga oshirish uchun:
a) uch oy muddatda “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi va “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunlarni birlashtirish yo‘li bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi yaxlit qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor etish tartib-taomillaridan o‘tishning yagona va shaffof tartibini o‘rnatish;
litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni rasmiylashtiradigan, kelishadigan hamda xabarnomalarni qabul qiladigan vakolatli organ va tashkilotlarning vakolatlarini belgilash;
litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish jarayonida vakolatli organ va tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladigan jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va manfaatlari himoyasining yagona tizimini joriy qilish;
litsenziyalanadigan faoliyat turlari, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar, shuningdek, vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat va harakatlar ro‘yxatini tasdiqlash;
litsenziya shartnomasini rasmiylashtirish amaliyotidan voz kechgan holda, litsenziya talab va shartlarini qonun hujjatlarida belgilash;
yuridik shaxslarning filial va vakolatxonalari tomonidan litsenziyalanadigan, ruxsatnoma olish yoki xabardor qilish talab etiladigan faoliyat turlarini amalga oshirish tartibini aniqlashtirish;
litsenziyani chaqirib olish tartibini va ushbu tartibga asosan chaqirib olinishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlarini aniq belgilash;
“xavfni tahlil etish” tizimini joriy qilish orqali litsenziya va ruxsat berishga doir talab va shartlarga rioya qilish ahvolini nazorat qilish;
b) 2021-yil 1-fevralga qadar Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va vakolatli organlar bilan birgalikda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi qonun hujjatlarini tizimlashtirish maqsadida ularning pasportlarini ishlab chiqish va kodifikatsiyalash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
16. Adliya vazirligi quyidagilarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Bosh prokuratura bilan birgalikda uch oy muddatda yuridik va jismoniy shaxslarning litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar olinishi hamda xabardor qilinishi shart bo‘lgan faoliyat bilan litsenziyasiz yoki ruxsatnomasiz yoxud xabarnoma yubormasdan shug‘ullanganligi, shuningdek, xabardor qilish tartibida faoliyat yuritish uchun belgilangan talab va shartlarning bajarilganligi yuzasidan vakolatli organga yolg‘on yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar berganligi uchun javobgarlikni belgilovchi qonun loyihasini;
2020-yil 1-dekabrga qadar tegishli huquqbuzarlik holatlarini aniqlab, tegishli vakolatli organlarga xabar yuborgan jismoniy shaxslarni rag‘batlantirish tartibini;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni.
17. Ushbu Farmonda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
a) Bosh vazir o‘rinbosari J. Qo‘chqorov ayrim turdagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari o‘rniga xabardor qilish tartibi joriy etilishi munosabati bilan tegishli qonun qabul qilinganidan so‘ng xabardor qilish tartibi bo‘yicha nizomlar qisqa muddatlarda tasdiqlanishini ta’minlasin;
b) Adliya vazirligi (Davletov):
vakolatli organlar bilan bevosita va onlayn videoaloqa tizimi orqali uchrashuvlar tashkil etish grafigini tasdiqlasin;
tasdiqlangan grafikka asosan vakolatli organlarga mazkur Farmonda nazarda tutilgan tartiblarni va “Litsenziya” axborot tizimining ishlash tamoyillarini tushuntirib borsin;
vakolatli organlarga tegishli loyihalarni tayyorlashda amaliy yordam ko‘rsatsin;
v) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov):
Adliya vazirligi bilan birgalikda litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni taqdim etadigan va kelishish jarayonlarida ishtirok etadigan barcha davlat organlari idoraviy axborot tizimlarining “Litsenziya” axborot tizimi bilan integratsiyalashuvini ta’minlash choralarini ko‘rsin;
“Litsenziya” axborot tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlasin hamda Davlat xizmatlari agentligi tomonidan “Litsenziya” axborot tizimi faoliyatida nuqson va nosozliklar aniqlanganida, Agentlik talabnomasiga asosan ularni uch kunda bartaraf etib borilishini ta’minlasin;
g) vakolatli organlar:
ikki oy muddatda “Litsenziya” axborot tizimiga ulanish va o‘zlarining elektron tizimlarini integratsiya qilish, tegishli infratuzilmani yaratish hamda o‘z elektron bazalarini shakllantirish choralarini ko‘rsin;
amaldagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi hamda xabardor etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqsin;
mazkur Farmon qabul qilinguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlari bilan tashkil etilgan va litsenziyalanadigan faoliyat bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarga ularning murojaatlariga asosan belgilangan tartibda litsenziyalar berilishini ta’minlasin;
d) Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev):
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan birgalikda litsenziyalash, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan tizimli nazoratni o‘rnatsin;
belgilangan muddatlarga rioya qilmaslik oqibatida avtomatik tarzda litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar, shu jumladan ularni idoralararo kelishuvda ijobiy xulosalar berilishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlarni tahlil qilsin, korrupsiyaviy holatlar yuzaga kelishining oldini olish choralarini ko‘rsin;
e) Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sharipov) litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berish va xabardor qilish jarayonida asossiz rad etish yoki harakatsizlik orqali bozorlarga yangi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kirishiga (faoliyat yuritishiga) to‘siq qo‘yish yo‘li bilan raqobat cheklanishining oldini olsin, ruxsat etish tartib-taomillari uchun davlat boji va yig‘imlar miqdori shakllantirilishining asosliligini nazorat qilsin;
j) Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Kasimov) vakolatli organlar tomonidan litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjati mavjud subyektlar faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlar litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat talablari doirasida amalga oshirilishi ustidan nazoratni olib borsin;
z) Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev) O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari, mahalliy va xorijiy ekspertlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qilgan holda mazkur Farmonda belgilangan chora-tadbirlarni aholi orasida keng yoritish choralarini ko‘rsin.
18. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling