O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Termiz muhandislik-texnologiya instituti Sanoat texnologiyalari fakulteti Korxona iqtisodiyoti va menejmenti fanidan kurs ishi mavzu: Korxona bozor iqtisodiyotining xo‘jalik


Korxonaning ishlab chiqarish quvvati


Download 0.94 Mb.
bet9/10
Sana21.04.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1371771
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O

7.4. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati
Asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmi va ulardan foydalanish darajasi
korxonaning ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilaydi. U ishlab chiqarish
dasturini asoslashda katta rol o’ynaydi hamda korxonaning belgilangan nomenklatura
va sifatli mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha potentsial imkoniyatlarini tavsiflaydi.
Bundan kelib chiqadiki, ishlab chiqarish quvvati – bu, ma’lum bir vaqt
davomida ilg’or texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil
85
qilishning ilg’or sharoitlarida ishlab chiqarish mumkin bo’lgan mahsulotlarning
maksimal darajasidir. U qoidaga ko’ra, ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining
natural ko’rinishda, ushbu korxonaning ixtisoslashganligi va mahsulotning alohida
turlari o’rtasidagi o’zaro nisbatiga ko’ra aniqlanadi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati ilg’or (asosiy) tsexlar quvvati bilan,
tsexlar quvvati bosh uchastkalar quvvati bilan, uchastkalar quvvati esa bosh
uskunalar quvvatiga asosan aniqlanadi. Korxona ishlab chiqarish quvvati kattaligini
belgilab beruvchi ko’rsatkichlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
* uskunalar tarkibi va turlar bo’yicha soni;
* uskuna, agregat va dastgohlardan foydalanishning texnik-iqtisodiy norma
(normativ) lari;
* uskunalarning ishlash vaqti fondi;
* ishchilar soni;
* ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va assortimenti (turlari va
xilma-xilligi).
Korxona ishlab chiqarish quvvatining boshlang’ich (yil boshida), yakuniy (yil
oxirida), o’rtacha yillik hamda loyiha quvvati turlari mavjud. Loyiha quvvati qurilish
loyihasida ko’zda tutilgan bo’ladi. Qayta tiklash, kengaytirish va texnik jihatdan
qayta qurollantirish davomida loyiha quvvati kattalashtirilishi mumkin. Shu sababli
amaliyotda loyiha quvvati ko’pincha korxonaning amaldagi quvvati bilan
solishtiriladi. Korxonaning amaldagi quvvati korxona ishlab chiqarish dasturini
tayyorlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Korxona ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda zahiradagi uskunalardan
tashqari, barcha o’rnatilgan uskunalar hisobga olinadi. Ba’zi bir tsexlarda (yig’uv,
quyuv va boshqa tsexlarda) ishlab chiqarish quvvati ishlab chiqarish maydonlariga
asosan hisoblanadi.
Ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda mahsulot birligiga sarflanuvchi vaqt
normasi yoki har bir uskunaning unumdorlik normalari muhim ahamiyatga ega
bo’lib, ular ilg’or hamda progressiv bo’lishi talab qilinadi.
Korxona bosh bo’g’inining (asosiy tsexining) ishlab chiqarish quvvati quyidagi
formula asosida hisoblanadi:
т
макс
ФМ
n
М = ×
Bu erda:
M -tsex yoki uchaskaning qabul qilingan o’lchov birligidagi ishlab chiqarish
quvvati;
n - tsex yoki uchastkadagi ilg’or uskunalar soni;
Fmaks –bosh uskunadan foydalanish mumkin bo’lgan maksimal muddat, soat;
Mt –bosh uskunada mahsulot tayyorlashning progressiv mehnat sig’imi, soat.
Amaliyotda ishlab chiqarish quvvati va uskunalarning yuklanishini hisoblashda
ba’zida xatolar, ular o’rtasidagi farqni sezmaslik hollari ham uchrab turadi. Korxona
quvvati asosiy ishlab chiqarish fondlari, yangi texnika va aniqlangan zahiralardan
foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarish mumkin bo’lgan maksimal darajani
tavsiflaydi, uskunalarning yuklanishni hisoblash natijalari esa, ushbu quvvatlardan
rejadagi davrda foydalanishning darajasini aniqlaydi.
Demak, ular o’rtasidagi printsipial farq shundaki, birinchi holatda korxona
ishlab chiqarishi mumkin bo’lgan mahsulotlarning maksimal darajasi aniqlansa,
ikkinchi holda mazkur davr mobaynida uskunalardan qanchalik foydalanilishi
aniqlanadi.
Ishlab chiqarish dasturining korxonada mavjud bo’lgan quvvatlarga mos
kelishini aniqlash uchun, o’rtacha yillik ishlab chiqarish quvvati hisoblab topiladi.
Uni hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
12 12

М n1 М n
Мн +

М =
ыр.йил

2
в× - л×
Bu erda:
Mo’r.yil – korxonaning o’rtacha yillik quvvati;
Mn – korxonaning yil boshidagi quvvati;
M
v – yil mobaynida kiritiluvchi quvvati;
Ml – yil davomida ishlab chiqarishdan chiqariluvchi (yo’q qilinuvchi) quvvat;
n1 , n2 – ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirishdan yoki tugatilgan ishlab
chiqarish quvvatlari yo’q qilingandan to yil oxirigacha o’tgan to’liq oylar soni.
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilash bilan bog’liq
bo’lgan mazkur chora-tadbirlar, ko’pincha ishlab chiqarish quvvatlari balansini
tuzish yo’li bilan amalga oshirilib, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari va ularni
ta’minlash manbalariga bo’lgan ehtiyoji aniqlanadi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling