O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Termiz muhandislik-texnologiya instituti Sanoat texnologiyalari fakulteti Korxona iqtisodiyoti va menejmenti fanidan kurs ishi mavzu: Korxona bozor iqtisodiyotining xo‘jalik


Download 0.94 Mb.
bet7/10
Sana21.04.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1371771
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O

birinchi guruh - umumlashtiruvchi va qiymat ko’rsatkichlari bo’lib, ular
asosiy fondlarning turli guruhlarini dinamika va statikada baholash, tahlil qilish,
zahiralarni aniqlash va bashorat qilish imkonini yaratadi. Bunday ko’rsatkichlarga
fond qaytimi, fond sig’imi, fond rentabelligi va boshqalarni kiritish mumkin.
82
ikkinchi guruh - xususiy va natural ko’rsatkichlar bo’lib, ko’proq asosiy
ishlab chiqarish fondlarining faol qismi - ishchilar, mashina va asbob-uskunalardan
foydalanish bilan bog’liq.
Ko’rsatkichlarning bu guruhi tarkibiga quyidagilar kiradi:
* asosiy ishlab chiqarish fondlari(mashina va asbob-uskunalar)dan ekstensiv
foydalanish koeffitsienti, ulardan vaqt bo’yicha foydalanganlik darajasini aks ettiradi;
* asosiy ishlab chiqarish fondlari(mashina va asbob-uskunalar)dan intensiv
foydalanish koeffitsienti, ulardan quvvat bo’yicha foydalanganlik (unumdorlik)
darajasini aks ettiradi;
* asosiy ishlab chiqarish fondlaridan integral foydalanish koeffitsient
barcha
ekstensiv va intensiv omillardan birgalikda foydalanishni hisobga oladi.
Ko’rsatilgan ko’rsatkichlarning har biri amaliyotda mustaqil ma’noga ega
bo’lib, turli maqsadlarga erishish uchun foydalaniladi. Masalan, asosiy ishlab
chiqarish fondlaridan vaqt bo’yicha qanday foydalanilganligini (ekstensiv
foydalanish) baholash asbob-uskunalarning smenalik koeffitsienti, uskunalarni
koeffitsienti, smena davomida uskunalarning bekor turib qolishi, uskunalardan
smenalarda foydalanish koeffitsienti kabi ko’rsatkichlar qo’llaniladi.
Asbob-uskunalardan ekstensiv foydalanish koeffitsienti mazkur uskunalardan
amalda haqiqiy foydalanilgan vaqtning ulardan reja bo’yicha foydalanish muddatiga
nisbati orqali aniqlanadi.
реж
хак
t
t
К
экс =
Bu erda:
txak – uskunalardan haqiqiy foydalanilgan vaqt, soatlar;
tr
ej – uskunalarning normaga asosan foydalanish muddati, soatlar.
Misol. Agar 8 soatlik smena mobaynida ta’mirlash uchun 1 soat rejalashtirilib,
amalda 5 soat sarflangan bo’lsa, u holda ekstensiv foydalanish koeffitsienti 0,71
(5/(8-1)) ni tashkil qiladi. Bu esa asbob-uskunalardan smena davomida faqat 71 %
foydalanilganligini anglatadi.
Korxonalarda bunday uskunalarning bir emas, bir nechta – o’nta yoki
yuztasidan foydalaniladi. Shu munosabat bilan uskunalarning smenalik koeffitsienti -
sutka davomida mashina-smenalarning o’rnatilgan uskunalarning umumiy soni yoki
ishchi o’rinlariga nisbatini aniqlash zaruriyati tug’iladi. Bu holda smenalilik
koeffitsienti quyidagi formula asosida aniqlanadi:
КО
МС
К
см
=
Bu erda:
MS - sutka davomida haqiqiy ishlangan mashina-smenalar yig’indisi;
Ko - o’rnatilgan asbob-uskunalarning umumiy soni.
Misol. Korxonada 200 dona metall qirquvchi stanok sutka mobaynida 360
mashina-smena, 60 ta temir presslovchi stanok 50 mashina-smena, 40 ta quyuv
stanoklari esa 30 mashina-smena ishlagan. Ushbu holda barcha stanoklardan
foydalanishning smenalilik koeffitsienti quyidagicha topiladi:
83
1,47
200 60 40
360 50 30
=
+ +
+ +
=
Ксм
Uskunalarning smenalilik koeffitsientini aniqlashning yana bir yo’li bo’lib,
unga ko’ra korxonalarning bir emas, ikki yoki uch smenada ishlashi va bunda
uskunalarning barchasidan ham to’liq foydalanilmasligi ko’zda tutiladi. Masalan,
tsexda 270 dona uskuna o’rnatilgan bo’lib, birinchi smenada ulardan 200 tasi,
ikkinchi smenada esa 190 tasi ishlagan. Bu holda uskunalarningsmenalilik
koeffitsienti 1,44 (200+190)/270) ni tashkil qiladi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling