O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti magistratura bo`limi Qo`lyozma huquqi udk: Yoriyeva Maftuna Umedovna


Download 18.47 Kb.
bet1/3
Sana21.04.2023
Hajmi18.47 Kb.
#1372321
  1   2   3
Bog'liq
annotatsiyalari


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

Magistratura bo`limi

Qo`lyozma huquqi
UDK:


Yoriyeva Maftuna Umedovna


F.KUPER IJODIDA HINDULAR HAYOTINING AKS ETISHI
Mutaxassislik 70230502-Adabiyotshunoslik (ingliz)
Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan

DISSERTATSIYA

Ilmiy rahbar: f.f.f.d.(PhD)dots Qurbonova N.R.


Buxoro-2023

Magistrlik dissertatsiyasining qisqacha annotatsiyalari


F.Kuper ijodida hindular hayotining ask etishi”
mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi
ANNOTATSIYASI
Ushbu magistrlik dissertatsiyasida Fenimor Kuperning ijodida hindular hayotining aks etishi va XIX asr Amerika adabiyotida romantizmning tutgan o`rnini tahlil qilingan. XIX asr Amerika adabiyotida romantizmning o`rni, romantic adabiyotning o`ziga xos xususiyatlari, Fenimor Kuper ijodi va uning “Pioner” va “Mohikanlarning oxirgisi” asarlarida mahalliy hindularga oq tanli inglizlar munosabati va hind an’analari va yangi dunyo nomutanosibligini tahlil qilingan. Dissertatsiya mavzusi o`ta dolzarb, qiziqarli va ilmiy omma e`tiborini tortadi.
Tayanch so`zlar: XIX asr Amerika adabiyoti, Amerika Romantizmi, romantik adabiyotning o`ziga xos xususiyatlari, Jeyms Fenimor Kuper ijodi va asarlari, “Mohikanlarning oxirgisi” hikoyasi, “Pioner” asari.
Tadqiqot obyektlari: tadqiqotning obyekti sifatida Jeyms Fenimor Kuperning “Mohikanlarning oxirgisi” va “Pioner” asarlari olingan.
Ishning maqsadi: ushbu magistrlik dissertatsiyasining maqsadi Fenimor Kuper ijodiy faoliyati va uning asarlarida mahalliy hindular hayotining aks ettirilishini o`rganish va tahlil qilish maqsad qilib qo`yilgan.
Bularni amalga oshirish uchun bir necha vazifalarni bajarishni o`z oldimizga belgilab qo`yganmiz:
-XIX asr Amerika adabiyoti va unda romantizmning tutgan o`rnini o`rganish;
-Romantizm adabiyotining o`ziga xos xususiyatlarini o`rganish va tahlil qilish;
- Fenimor Kuper hayoti va ijodiy faoliyatini o`rganish;
- Amerika adabiyotida Kuper ijodining o`rni va ahamiyati haqida tushunchaga ega bo`lish;
- Kuperning “Pioner” va “Mohikanlarning oxirgisi” asarlarida mahalliy hindularga nisbatan oq tanlilarning munosabatini tahlil qilish va hind an’analari va yangi dunyo nomutanosibligini tahlil qilish va asarlardan ingliz tilida misollar keltirish.

Download 18.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling