O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi


Download 441.5 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi441.5 Kb.
#1379630
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot kadrlar saloxiyati


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI

Sirtqi” bo‘lim
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ikkinchi mutaxassilik” yo‘nalishi
Innovatsion iqtisodiyot
Fanidan
Qayta o‘zlashtirish
Mavzu: Innovatsion iqtisodiyot kadrlar saloxiyati
BAJARDI:556-22 guruh talabasi Zokirov J.

QABUL QILDI: Azimov Yu.





Jizzax_2023
Innovatsion iqtisodiyot kadrlar saloxiyati
Reja:
1. Innovatsiyalarning mohiyati va xususiyatlari.
2. Innovatsiya va tadbirkorlik.
3. Innovatsiya nazariyasining asosiy rivojlanish bosqichlari

Innovatsion mexanizm (ilmiy salohiyat) ning kadrlar tarkibi, ya’ni ilmiy-texnik xodimlar, “tadqiqot – ishlab chiqarish – iste’mol” jarayonini amalga oshiruvchi ilmiy, muhandislik-texnik va boshqa toifadagi xodimlardan tashkil topgan ijtimoiy-professional guruhdir. Ular yagona yakuniy maqsad, mehnat mazmuni, tabiati va sharoitlari, rag‘batlantirish tizimida umumiy xususiyatlar bilan bog‘liq. Ilmiy-texnik xodimlarga doimiy ravishda tadqiqotlar, loyihaviy-konstruktorlik, texnologik, tashkiliy-uslubiy ishlanmalar va ularni amalga oshirish (o‘zlashtirish va tadbiq etish) bilan shug‘ullangan xodimlar kiradi. Innovatsion jarayonga jalb etilgan ilmiy-texnik xodimlar umumiy ishchi tarkibiga kirib, milliy daromad yaratilishida ishtirok etishadi.


Ilmiy-texnik kadrlar tarkibiga ilmiy xodimlar, konstruktorlar, texnologlar, loyihachilar, iqtisodchilar, ITI va KBlarning boshqa toifa mutaxassislari, hamda tajriba-eksperimental korxona va sexlar ishchilari kiradi. Birlashma va korxonalarning ilmiy-texnik bo‘linmalar xodimlarini ham ularning tadqiqot va ishlanmalarda ishtirok etishi darajasini hisobga olgan holda ushbu toifaga kiritish mumkin. 1995 yil Kanberrada (Avstraliya) IHRT (Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti) tomonidan qabul qilingan “Fan va texnika kadrlar resursini o‘lchash bo‘yicha Kanberra qo‘llanmasi” ga muvofiq, ilmiy-texnik kadrlar malaka darajasi, ilm-fan, kasb-hunar sohalari, bandlik toifalari (shu jumladan, ishsizlar va iqtisodda band bo‘lmaganlar), sohalar, hududlar, jins, yosh, milliy kelib chiqishi bo‘yicha tasniflanadi. Bundan tashqari, ularning turli manbalar bo‘yicha kelishi va turli yo‘nalishda, shu jumladan, xorijga, ketishi hisobga olinadi.
Ilmiy-texnik tashkilotlar xodimlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi: ilmiy xodimlar, ilmiy-texnik personal, ilmiy-yordamchi personal, ma’muriy-xo‘jalik personal, ishlab chiqarish personali (tajribaviy va ishlab chiqarish bo‘linmalari bilan). Ilmiy-texnik kadrlar tuzilmasida asosiy bo‘g‘in – ilmiy xodimlar bo‘lib, ular yangi g‘oyalarni ilgari surib, kashfiyotlar qilib, innovatsion yechimlar taklif etib, muhim rol o‘ynaydi. Ilmiy-texnik personalga konstruktorlar, texnologlar, eksperimentchilar va ilmiy xizmat ko‘rsatish, tadqiqotlar natijalarini amalga oshirish bilan shug‘ullanadigan boshqa toifadagi ishchilar kiradi. Ilmiy-yordamchi personal patent xizmatlar, ilmiy-texnik va moliya-tijorat axboroti bo‘linmalari, moliya-iqtisod bo‘linmalari xodimlari, laborantlar, hamda tajribaviy-eksperimental ishlab chiqarish ishchilari, ilmiy jihoz va asboblar sozlovchilari, kompyuterlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassislardan iborat. Ma’muriy-xo‘jalik personalga kotiblar, ish yurituvchilar, referentlar, mashinistkalar, hujjatlarni ko‘paytirish xizmati (kserokopiya va b.) ishchilari kiradi.
Ilmiy-texnik tashkilotlar (shu jumladan, korxona va birlashmalar ilmiy bo‘linmalari) da xodimlarni boshqarish – bu kadrlar rejalashtirilishi, tanlovi xodimlar joyini almashtirish, jamoada o‘zaro munosabatlarning optimal (ratsional) tuzilmasini shakllantirish, xodimlarning motivatsion fe’l-atvorini tartibga solish, jamoada maqbul ma’naviy-psixologik iqlim yaratish, nizoli vaziyatlarni hal etish, mehnatni tashkil etish va rag‘batlantirish funksiyalarini bajarishdir. Innovatsion tashkilotlarda xodimlarni boshqarish funksiya va usullari ko‘p jihatdan innovatsion ishlarning o‘ziga xos xususiyatlari va mazmuniga bog‘liq. Ushbu xususiyatlarga quyidagilar kiradi: bajarilayotgan ishlar noyobligi va betakrorligi, xodimlar bilimdonligi va yuqori malakasi, innovatsion jarayonni informatsion ta’minlash yetishmovchiligi (ayniqsa, dastlabki bosqichlarda), ko‘plab tashkilotlar (shu jumladan, venchur) faoliyat ko‘rsatishi xavfi, innovatsion ishlarni bajaradigan mutaxassislar tarkibida ijtimoiy guruhlar turli-tumanligi. Ushbu xususiyatlarni hisobga olgan holda, xodimlarni boshqarishning ayrim jihatlari quyida keltirilgan.
Innovatsiyalarning mohiyati va xususiyatlari Olimlar, iqtisodiy tarixchilar, iqtisodchilar hamda siyosatchilar har doim turli mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarga qiziqish bildirishgan. Ularning bu sohadagi bahs-munozaralarida texnologiyaning o‘rni doimo ustun bo‘lib kelgan. Iqtisodiy rivojlanishning sabablari va omillarini tahlil qilish davomida, zamonaviy innovatsion iqtisodiy rivojlanish nazariyalari ilk bor XIX asrning o‘rtalaridan boshlanadi. Bular faqat taxminlar edi xolos. 1847-yilda ingliz olimi X. Klark 1793-1847-yillardagi urush o‘rtasida 54 yil o‘tganligini payqadi. Dastlab u bu oraliq tasodifiy emasligini va bunday falokatlarning ma’lum bir sabablari bo‘lishi kerakligini aytadi. Rus iqtisodchisi N.D.Kondratyev dastlab iqtisodiy muhitning uzoq to‘lqinlari muammosiga qiziqib qoldi va ular doirasida innovatsion jarayonlarni tadqiq qildi. N.D.Kondratyev siklli inqirozlarni endogen xarakterga ega bo‘lgan uzoq to‘lqinlar o‘rtasida doimiy bog‘liqlik borligini taklif qildi va keyinchalik isbotlab beradi. N.D.Kondratyev birinchi bo‘lib uzoq to‘lqinlar qonunlari va iqtisodiyotning ish to‘lqinlari sikllari ta’sirining butun tizim ta’siriga ko‘ra iqtisodiyot harakatining ob’ektiv mohiyatini ko‘rsatdi [5.11]. Torshteyn Veblen 1915-yilda mamlakatlarning iqtisodiy nisbiy holatini taqqosladi va dastlabki sanoat yutuqlari bilan bog‘liq kamchiliklarni tahlil qildi [5.11] N.D.Kondratyev nazariyasining asosini ilmiy-texnik taraqqiyotning shakllari nuqtai nazaridan, barcha zamonaviy 6 innovatsion konsepsiyalarning asoschisi hisoblangan avstriyalik iqtisodchi J. Shumpeterning uzoq to‘lqinlarning innovatsion nazariyasi tashkil qiladi. Ijtimoiy fanlarning dastlabki davrlarida u iqtisodiy, sotsiologik va tarixiy g‘oyalarni birlashtirib, uzoq muddatli iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarni o‘rganishda yuqori darajadagi o‘ziga xos yondashuvni yaratdi hamda innovatsiyalarning hal qiluvchi roli va unga ta’sir etuvchi omillariga e’tibor qaratdi. Shunday qilib, u o‘zini o‘sha paytlarda paydo bo‘lgan neoklassika maktabidan uzoqlashtirdi. Chunki Y. Shumpeter: “iqtisodiy hayot o‘ta inertdir ... shuning uchun statik jarayonlar nazariyasi iqtisodiyotning nazariy asosining mohiyatidir ... erishilgan har qanday muvozanatni buzishingiz mumkin ... ” [5.12] kabi fikrlarini aytgan edi. U tushuntirmoqchi bo‘lgan yangilik “energiya manbai” edi. Innovatsiyalarning o‘ziga xos mazmuni J. Shumpeterning so‘zlari bilan aytganda, “o‘zgaradi” va innovatsiyalarning asosiy vazifasi “o‘zgarishlarni boshqarish funksiyasi”dir [5.12]. Bu esa yangilikning umumiy va keng ko‘lamidir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, innovatsiyani “inson faoliyatining turli turlariga ushbu faoliyat samaradorligini oshiradigan yangi elementlarni (turlarni, usullarni) kiritish” deb tushunish mumkin [5.9]. Bunday “innovatsion amaliyot” ming yillar davomida mavjud bo‘lgan bo‘lsa-da, innovatsiyalar faqat XIX asr oxiri XX asr boshlarida, innovatsiya nazariyasining asoslarini shakllantirish davrida maxsus ilmiy o‘rganish mavzusiga aylandi. Innovatsiya" so'zi lotincha innovationem so'zidan kelib chiqqan bo’lib - "o'zgartirish yoki modernizatsiya qilish" ma'nosini anglatuvchi innovare fe'lidan olingan. Shunday qilib, innovatsiyalarning markaziyligi va ahamiyati yangilanish bilan bog'liq. Bunday yangilanish faqatgina odamlar qaror qabul qilish uslubini o'zgartira oladigan, standart usullardan voz kechadigan va mavjud me'yor va qoidalar doirasidan tashqarida tanlov qilishni o'rgangan taqdirdagina bo'lishi mumkin. 7 “Innovatsiya” tushunchasi umumiy toifalarga kiradi. Nihoyatda keng va tarkibiy jihatdan murakkab bo‘lib, uning mazmunini ochib berishga doir ko‘plab yondashuvlar mavjud. Bir tomondan, innovatsiyalarni “o‘zgarishlarning funksiyasi” sifatida ko‘rib chiqish mumkin (1.2-bandga qarang). Umumiy keng yoki falsafiy ma’noda innovatsiya - bu jarayon yoki jarayonlar majmui holatining o‘zgarishidir. Shu bilan birgalikda yangilik hamda rivojlanishning bir bo‘lagi hisoblanadi. Innovatsiya ta’rifidan ko‘rinadiki, undan jamiyat hayotining barcha sohalarida jarayon sifatida foydalanish mumkin. Har bir sohada innovatsion rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Boshqa tomondan, innovatsiya jarayon sifatida innovatsiya mahsulot (yakuniy natija) tushunchasi bilan uzviy bog‘liqdir. Qoida tariqasida mahsulot sifatida innovatsiya so‘zining tor ma’nosida mavzuli segmentlangan sohalarda ko‘rib chiqiladi. E’tibor berilsa, bizning tadqiqotimizning chegaralari iqtisodiy sohada amalga oshirilgan yangiliklardir. Innovatsiyalarning mohiyati Innovatsion konsepsiyani ilmiy muomalaga kiritgan va uning xususiyatlarini keltirgan J. Shumpeter o‘zining “Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” (Theorie der Wirtschaftlichen Entwicklung, 1912) asarida allaqachon klassik bo‘lib qolgan “beshta odatiy o‘zgarishlarni” aniqladi: 1.Iste’molchi hali tanish bo‘lmagan yangi mahsulotni yoki mavjud mahsulotlar uchun yangi sifat darajasini joriy etish. 2.Ilmiy kashfiyotlarga asoslangan mahsulot yoki xom ashyoni tijoratlashtirishning yangi usulini anglatadigan yangi ishlab chiqarish usullarini joriy etish. 3.Ushbu bozor ilgari mavjud bo‘lganligidan qat’iy nazar, ma’lum bir mamlakatning ma’lum bir sohasi tomonidan hali kirib kelmagan yangi bozorning ochilishi. 4.Ushbu manbaning mavjudligidan yoki u yangi yaratilganligidan qat’iy nazar, yana yangi xom ashyo yoki yarim tayyor mahsulotni qo‘lga oling. 8 5.Muayyan sanoatni tashkil qilishdagi o‘zgarishlarni amalga oshirish, xususan, monopol mavqega ega bo‘lish (masalan, trestlarni yaratish orqali) yoki uni yo‘qotish. Ushbu ta’riflarning o‘ziga xos xususiyati va ahamiyati shundaki, J. Shumpeter tomonidan ishlab chiqarish sohasidagi yangiliklarni nafaqat texnologiyada, balki ishlab chiqarishni tashkil etishda hamda tadbirkorning ongli faoliyati natijasi bo‘lgan sifat o‘zgarishlarda ham ko‘rish mumkin. J. Shumpeterning fikriga ko‘ra, innovatsiya - bu tadbirkor tomonidan amalga oshiriladigan ishlab chiqarish sharoitlari va omillarining yangi kombinatsiyasi (“yangi kombinatsiya”). Xalqaro standartlarga muvofiq, innovatsiya quyidagi shakllarda mujassam bo‘lgan yangilikning yakuniy natijasi sifatida belgilanadi: 1. Bozorlarga kiritilgan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotlar yoki xizmatlar. 2. Yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonlar. 3. Ishlab chiqarishni tashkil qilishning amalda qo‘llaniladigan yangi usullari. Ko‘rib chiqilgan yondashuvlarni umumlashtirib, innovatsiyalar quyidagicha tuzilishi mumkin: a) mahsulot yangiliklari (yangi mahsulotlar va xizmatlar); b) innovatsion jarayonlar (mikro darajada - yangi texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni tashkil etish usullari; makro darajada - bozorlar tarkibini o‘zgartirish va yangi bozorlarni yaratish). Shunday qilib, iqtisodiy sohada yaratish faoliyatining yakuniy natijasi sifatida innovatsion mahsulotlar va innovatsion jarayonlar bizning o‘rganishimiz ob’ekti hisoblanadi . 2020-yilning 24-iyulida qabul qilingan “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi qonun muvofiq “innovatsiya — fuqarolik muomalasiga kiritilgan yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan, qo‘llanilishi amaliyotda katta ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishishni ta’minlaydigan yangi ishlanma”. 9 Innovatsion faoliyatni baholash.Innovatsiyalarni yoki innovatsion faoliyatni baholashning ikkita asosiy darajasi mavjud: korxona darajasida va davlat darajasida. Korxona darajasida innovatsion faoliyatni baholash alohida xodimlar darajasiga bevosita bog‘liq; jamoaviy ishlarni baholash kichik va katta bo‘lgan barcha kompaniyalarda amalga oshiriladi. Kompaniyalarning innovatsion faoliyati darajasini baholash hisobotlarni tuzish, seminarlar yoki ichki benchmarking (ya’ni o‘zini benchmark bilan taqqoslash) o‘tkazish, tashqi maslahatchilarni jalb qilish orqali amalga oshirilishi mumkin. Korporativ baholashda kompaniyadagi innovatsiyalarning bir necha jihatlari, xususan, moliyaviy natijalarni baholash, innovatsion jarayonlarning samaradorligi, xodimlarning qaytishi va motivatsiya darajasi, shuningdek iste’molchilar uchun yaratilgan qiymat bilan bog‘liq bo‘lgan muvozanatli ko‘rsatkichlar falsafasidan faol foydalaniladi. Siyosiy darajada innovatsiyalarni baholash ko‘proq ma’lum bir yangiliklarga asoslangan mamlakat yoki mintaqaning raqobatbardosh afzalliklariga qaratilgan. Rivojlanish uchun Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (OECD) tomonidan yaratilgan Oslo qo‘llanmasida (1992) mahsulot va jarayonlar innovatsiyalarini baholash uchun standartlashtirilgan metodologiyalar mavjud. Mazkur Oslo qo‘llanma Frascati (1963) bir hujjatga qo‘shimcha hujjat deb qaraladi ya’ni, tadqiqot va rivojlantirish (R & D) statistika yig‘ish metodologiyasi uchun asos vazifasini bajaradi. Siyosiy darajada innovatsiyalarni baholash ko‘proq ma’lum bir yangiliklarga asoslangan mamlakat yoki mintaqaning raqobatbardosh afzalliklariga qaratilgan. Rivojlanish uchun Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (OECD) tomonidan yaratilgan Oslo qo‘llanmasining (1992) mahsulot va jarayonlar innovatsiyalarini baholash uchun standartlashtirilgan metodologiyalari mavjud. Oslo qo‘llanmasi Frascati qo‘llanmasiga qo‘shimcha hujjat (1963) bo‘lib, tadqiqot va ishlanmalar (R&D) statistikasini yig‘ish metodologiyasi uchun asos sifatida yaratadigan hujjat deb qaraladi.
Innovatsiyalarning yangilikdan farqi shundaki, yangi mahsulot bozorga kiradi, bozor tomonidan qabul qilinadi va kelajakda tijorat qiymatiga ega bo‘ladi. Demak, innovatsiya yangilikni amalda qo‘llashni anglatadi ya’ni, yangi mahsulot yoki texnologiya yaratilsa, mehnatni tashkil etish yoki boshqarishning yangi konsepsiyasi ishlab chiqiladi va hokazo. Bu yangiliklarning barchasi o‘z qo‘llanishini topa olmasa, innovatsiya hisoblanmaydi. Yaratilgan yangiliklar innovatsiyalarning qaysi turiga tegishli bo‘lmasin, ularni birlashtiradigan umumiy xususiyatlar mavjud. Ushbu xususiyatlarni shakllantirsak, ular bir vaqtning o‘zida ko‘rib chiqilayotgan mahsulotlarning (xizmatlar, jarayonlar) innovatsiyalar sifatida tan olinishi uchun xizmat qiladi. Birinchidan, joriy qilingan barcha mahsulotlar, xizmatlar, jarayonlar yangi (yoki sezilarli darajada yaxshilangan) bo‘lishi kerak. Yangilik Innovatsiya 12 Ikkinchidan, yaratilgan mahsulot ishlab chiqarishni tatbiq etish kabi xususiyatga ega bo‘lishi kerak, bu esa ushbu yangilikni aniq mahsulotga o‘tkazish uchun muayyan sharoit va imkoniyatlar mavjudligi bilan belgilanadi. Uchinchidan, yaratilgan mahsulotning ajralmas va eng muhim xususiyati iste’molchilarning ma’lum ehtiyojlari va talablarini qondirish qobiliyatidir. Boshqacha qilib aytganda, yaratilgan mahsulot bozor talabiga mos kelishi, savdoda mavjud bo‘lishi va pirovardida ishlab chiqaruvchiga foyda keltirishi kerak. Yuqoridagi barcha xususiyatlar yangilik uchun bir xil ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaymiz: a) ilmiy-texnik yangilik; b) ishlab chiqarishda qo‘llanilishi; s) tijoratning maqsadga muvofiqligi. Mazkur xususiyatlarning birortasining yo‘q bo‘lishi innovatsiya jarayoniga salbiy ta’sir qiladi.
Download 441.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling