O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti


Sport bayramlariga tayyorgarlik ishlari


Download 0.64 Mb.
bet3/12
Sana04.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1162762
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
sPORT BAYRAMLARI

1.2 Sport bayramlariga tayyorgarlik ishlari
Sport bayrami mazmuni o‘z ichiga:
Tadbirning nomi, qanday sanaga bag‘ishlanishi, qo‘yilgan maqsad va vazifalari uchun aniq vositalar va bayram mazmuni shunga muvofiqlashtiriladi;
O‘tkazish sanasi va joyi;
Bayramga tayyorgarlik rejasini tuzish (ssenariyni tayyorlash maktab masshtabida bo‘lsa 1 oy avval tuziladi);
Bayramni joyini dizayni, o‘tkazish joyida rangbarang-lik, his-hayajon, yuzaga keltiriladigan bayram aurasini, o‘ziga xos muhitni ssenariyda ifodalanishini ahamiyati muhim. Maktab sharoiti, jihozlar, foydalanadigan barcha sport anjomlari qolaversa, qatnashchilarning tayyorgarligi darajasi hisobga olinadi;
Tashkiliy qo‘mita va tarkibidagilarga aniq vazifalar belgilanadi hamda vazifalarni bajarilish muddati aniq ko‘rsatiladi;
Bayramda hakamlik, musobaqa shartlarini bajarish qoidalarini o‘rganish muhimligi e’tiborga olinib, hakamlar uchun ularga maxsus seminarlar tashkillash rejaga kiritiladi;
Bayramni ochilishi, yopilishi, g‘oliblarni taqdirlash;
Bayram ssenariysi bayram mazmuniga kiritiladigan bellashuv shartlarini to‘liq o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi lozim.
Ishtirokchilar paradi va bayramni ochilishi, bayroq ko‘tarish.
Ommaviy chiqishlar, tarkibida - erkin mashqlar, sport turlari bo‘yicha alohida chiqishlar, yakka kurashlardan parchalar, gimnastlar, akrobatlarning mahoratlarini namoyish qilish maqsadidagi ko‘rgazmali nomerlari va h.k.lar.
Ommaviy sport musobaqalari, bellashuvlar.
Ommaviy o‘yinlar, sport ko‘ngil ochishlari, attraksionlar.
Bayramni yakunlash-qatnashchilarni saflash, g‘olib jamoalar va shaxsiy birinchilik g‘oliblarini taqdirlash.
Maktab sport bayramlariga tayyorgarlik ishlari
Sport bayramlari odatda o‘quvchilar hayotida unutilmas voqealardan biri bo‘lib qoladi. Bayram tayyorgarligi jarayoni uzoq muddat talab qiladigan sinfdan tashqari ishlarning etakchi shakllaridan biridir. Ularni tayyorlash o‘tkazish, jismoniy tarbiya mutaxassisini shu tadbirga oid nazariy bilim, amaliy malaka va ko‘nikmalariga bog‘liq. Ta’lim-tarbiya tizimi o‘quv muassasalarida jismoniy tarbiya va sportni ommaviyligiga erishish, jismoniy mashqlar va sportning bir necha turlarini targ‘ibot-tashviqoti, o‘quvchi-yoshlarni jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlariga jalb qilish uchun vosita rolini o‘ynashi va eng asosiysi sog‘lomlashtirishni nazarda tutishi kerak.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling