O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti
Download 0.64 Mb.
|
sPORT BAYRAMLARI
Mavzuli bayramlarni tashkillash
Jismoniy tarbiya va sport bayramlaridan tashqari qator maktablar taqvimning ayrim kunlari uchun himoyachilar kuni, konstitutsiya kuni, hotin-qizlar kuni 8-martga, mustaqilligimiz kuni va h.k.larga bag‘ishlab mavzuli bayramlar tashkillaydilar Bunday bayramlar o‘z mavzusiga muvofiq, alohida jihozlar tayyorgarlik va tashkillashni talab qiladi. Mavzuli bayram ssenariysi dasturi adabiy, badiiy montaj tarzida tashkillanib, dasturni tayyorlash jismoniy tarbiya, musiqa, rasm, adabiyot, fizika fani o‘qituvchilarini jalb qilish hamda faol o‘quvchilar ishtirokida amalga oshiriladi. Bayram nizomi va dasturi ishlab chiqilgandan so‘ng maktab pedagogika kengashi tomonidan sinflar orasida chiroyli sport formasi va uning emblemasining tanlovi uchun konkurs eolon qilinishini foydasi muhim. Bayram kostyumlarini tayyorlash, musobaqalashadigan joyni jihozlash o‘quvchilardan katta ijodiy izlanishni, tikish, bichish, yozish, chizish va boshqa hayotiy zaruriy harakat malakalarini namoyon qilishdek tarbiyaviy vazifalarni hal qilinadi. Maktab ustaxonalari, homiylar, ota-onalar yordamidan unumli foydalana olish, aloqa, muloqot qila bilish, ish bitirish uchun uddaburonlikdek har bir shaxs uchun zaruriy hayotiy saboqlarni olishdek tarbiyaviy jarayon, muhit yuzaga keltiriladiki, unda barcha foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lsin. Maktab sport seksiyalari va jismoniy tarbiya krujoklarida bir necha kun, oy davomida gimnastika va akrobatik chiqishlar tayyorlanadi va ular mashq qilinadi. Erkin bajariladigan, akrobatika mashqlari, yakka kurashlar bo‘yicha bayram chiqishlariga aniqlik kiritiladi. Ashula fani o‘qituvchisi bayram chiqishlari, nomerlari orasidagi pauzalarda, bayram musobaqalarida g‘olib deb eolon qilingandan so‘ng chalinadigan musiqalarni tanlashda; fizika fani o‘qituvchisi ularni magnit tasmasiga yozish, bayramni boshlovchisi uchun mikrafon tayyorlab bayram akustikasini yaratishi jismoniy tarbiya o‘qituvchilari esa sport dasturidagi musobaqalar, ommaviy chiqishlar, jamoalarni chiqishlarini gimnastlar, akrobatlar, yakka kurashchilarni tayyorlashlari va mehnat o‘qituvchilari, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari bilan birga maydonni jihozlash, tozalash, tekkizlash, chizish, bayroq ko‘tarish joyi, bayroqchalar, hakamlar ularni yozuv chizuvi daftarlari, tablolar va h.k.larni tayyorlaydilar. Adabiyot o‘qituvchisi-shiorlar mazmunini tekshirib berish, boshlovchining nutqlari, ochish va yopish marosimlarining matnlari, sheorlar, qo‘shiq ashulalar matnini ko‘rib berishga jalb qilinadi. Qayd qilingan ishlar bayram mavzusidan chetga chiqmaslikni taqozo etadi. Bayramdan oldin kamida 3 marotaba eng asosiy tayyorgarlik-ko‘rik o‘tkazilib, lozim bo‘lgan o‘zgartishlar kiritiladi va jamoalardan qatnashuvchilar ro‘yxati ko‘rsatilgan buyurtmalar olinadi. Bayramni umumiy davomiyligi muddati kichik maktab yoshdagilar uchun 1 soatu 20 minutgacha, o‘rta maktab yoshdagilar uchun 2 soatgacha, katta maktab yoshidagilar uchun 2-2,5 soat davom etishi tavsiya qilinadi. Mavzuga bag‘ishlangan bayram g‘oliblarini taqdirlash homiylar, ota-onalar kengashi, sinflarning uzlari tayyorlagan qimmatbaho sovg‘alar va esdaliklarni har bir musobaqa yakunidan so‘ng g‘oliblarga topshirilishi kerakli natija beradi. Tantanali ochilish va yopilishi parad bilan, paradni boshqaruvchining maktab direktori va tashkiliy qo‘mita a’zolariga raport berish bilan boshlanadi, salomlashishdan so‘ng, tabrik so‘zi, bayroq ko‘tarish, gimn bilan birga ko‘shib bajariladi. Maktabning eng yaxshi sportchilari bayroq ko‘tarishga jalb qilinadi. Paradda yurish boshlanishini, ommaviy chiqishlarni «sahna pardasi»deb foydalaniladi. CHunki chiqishlar, o‘rin almashishlar sinxron tarzda bo‘lishi bayramning tomoshasi sifatiga ijobiy ta’sir qilishi amalda isbotlangan. Bu holat boshlovchi tomonidan navbatdagi chiqishni e’lon qilish bilan amalga oshiriladi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling