O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti


Download 138.4 Kb.
bet1/6
Sana30.04.2023
Hajmi138.4 Kb.
#1409592
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs 25


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

IQTISODIYOT” KAFEDRASI


IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN




KURS ISHI
Mavzu: MARKETING, UNING VAZIFASI, QOIDALARI
VA BOZOR TIZIMIDAGI O’RNI

Bajardi: O’ralova Muxlisa To’ychi qizi


“Byudjet hisobi va g’aznachilik” fakulteti
Baholash ishi yo’nalishi 1-kurs BBI-70

Ilmiy rahbar: ass. Rayimnazarov S. D.




TOSHKENT-2023
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………….……………………………3
1. Marketing tushunchasi va uning mohiyati……….………………………….…...5
2. Marketingning funksiyalari va vazifalari…….……………………………..……8
3. Strategik marketing….………………………………………………………….11
4. O’zbekistonda marketing tizimining rivojlanish istiqbollari…………….….….14
XULOSA…………………………………………………………………………17
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI……………………….…18

KIRISH
Hozirgi kunda marketingni hammamiz yaxshi tushunib olishimiz kerak. Chunki barchamiz ish qidirganimizda, xayriya uchun mablag’ to’plaganimizda, mashina sotganimizda marketing bilan shug’ullanamiz. Bozor haqida ham, ya’ni u nima ekanligini, u yerda kim ishlashini, qanday ishlashini va bozorda qanday ehtiyojlar bor ekanligini bilishimiz zarur.Ya’ni biz marketingni, shuningdek, fuqarolik va iste’molchilik rolimizni yaxshi tushunishimiz kerak. Marketingni bilish bizga shaxsiy telefon, mashina, kompyuter yoki har qanday narsa sotib olishimizdan qat’iy nazar, iste’molchi sifatida o’zimizni yanada oqilona tutishimizga imkon beradi. Marketing chakana sotuvchilar, sotuvchilar, reklama beruvchilar, marketing tadqiqotchilari, brend va yangi mahsulot menejerlari kabi bozor mutaxassislari uchun asos bo’lgan fanlardan biri hisoblanadi. Ular bozorni qanday ta’riflash va uni qanday segmentlarga ajratishni; bozor doirasida iste’molchilarning takliflari, afzalliklari va talablarini qanday baholashni; maqsadli bozor uchun kerakli bo’lgan iste’mol xususiyatlariga ega mahsulotni qanday loyihalash va sinovlardan o’tkazishni; mahsulot qiymati haqidagi g’oyani iste’molchiga qanday qilib uning narxi orqali yetkazishni; tovarni namunali va yaxshi namoyish qilish uchun malakali vositachilarni qanday tanlab olish zarurligini; iste’molchilar ushbu mahsulot haqida xabar topishlari, ma’lumotga ega bo’lishlari va sotib olishni xohlashlari uchun uni qanday qilib reklama qilishni bilishlari kerak.
Marketing bozorda muvaffaqiyatli faoliyat olib borishning jahon tajribasi xazinalaridan hisoblanadi. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 28-yanvar kuni 2022-2026-yillarga mo’ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risidagi farmonni imzoladi.1 Shuni aytishimiz lozim-ki, ushbu strategiyalarda belgilab qo’yilgan maqsadlar va vazifalarning ijrosi bugungi kunning hayotiy va ijtimoiy zaruratidir. Shu jumladan iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o’sish sur’atlarini taminlash, milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash, iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni ko’paytirish, mamlakat eksport salohiyatini oshirish, mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish uchun sharoitlar yaratish kabi islohotlar ham ko’zda tutilgan.
Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarning hozirgi davrida ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish tashkilotlarida marketing faoliyatini tashkil qilish va uni samarali boshqarishga e’tibor kuchayib bormoqda. Mavzuning dolzarbligi ham xizmat ko’rsatish va ishlab chiqarish sohalarida marketing faoliyatini tashkil etish va uni samarali boshqarish zarurligidan kelib chiqadi.



Download 138.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling