O’zbекisтоn rеspubliкаsi оliy та’liм, fan vа innovatsiyalar vazir


Saljuqiy davlatining tashkil topishi


Download 263.49 Kb.
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi263.49 Kb.
#1416011
1   2   3
Bog'liq
Nozima

Saljuqiy davlatining tashkil topishi
saljuqiylar podshosi Kay-Xusrav II tangasi, Sivas, 1240-1
Saljuqiylar davlatida, ayniqsa, Buyuk saljuqiylardan Toʻgʻrulbek, Alp Arslon, Malikshoh, Sanjar davrlarida iqtisodiy va madaniy hayotda katta koʻtarilish yuz bergan. Hunarmandchilik taraqqiy qilgan: toʻqimachilik, kulollik, zargarlik, oynasozlik, temirchilik, koʻnchilik va gilam toʻqish rivojlangan. Buyuk ipak puli ulkan saltanatning markaziy shaharlari orqali oʻtgan. Sharqiy Yevropa, Vizantiya, Hindiston, Xitoy mamlakatlari bilan savdo aloqalari gurkirab rivojlangan. Malikshoh Sharq va Gʻarb oʻrtasidagi savdoni jonlantirish uchun Xuroson va Iroq savdogarlarini boj toʻlovidan ozod qilgan. Kaspiy dengizi orqali Turkistonga neft mahsulotlari keltirilgan. Ichki savdo ham rivojlangan. Mamlakatda sof oltindan zarb etilgan dinor (kizil dinor) joriy etilgan. Bundan tashqari, mahalliy dinor (rukniy) va mis dirhamlar ham boʻlgan.
Saljuqiylar davlatida ilm-fan va madaniyat rivojlangan. Ayniqsa, Eron, Iroq va Movarounnahrda madaniy yuksalish yuqori boʻlgan. Nishopur, Isfahon, Basra, Hirot, Marv, Buxoro, Samarqandda madrasalar bunyod qilingan. Xususan, buyuk vazir Nizomulmulk qurdirgan Bagʻdoddagi Nizomiya madrasasi (1067) butun jahonga mashhur boʻlgan. Nizomulmulk davlatni boshqarish asoslari haqida "Siyosatnoma" asarini yaratgan. Munajjim va riyoziyotchi olim Umar Xayyom loyihasiga koʻra, Isfahonda rasadxona kurilgan. U Malikshoh topshirigʻiga koʻra, rasadxonada kuzatuv ishlarini olib borgan va sosoniylarning shamsiy taqvimini isloh etib, Yangi taqvim ("Malikshoh taqvimi" yoxud "Jalol erasi") ni tuzgan (1079). Nizomiy Ganjaviy, Jaloliddin Rumiy, Saʼdiy Sheroziy, Umar Xayyom fors sheʼriyatining soʻnmas durdonalarini yaratishgan. Muhammad Gʻazoliy, Farididdin Attor, Xoja Yusuf Hamadoniy kabi islom ulamolari va soʻfiylar ijod kilishgan.
Saljuqiylar davlatida riyoziyot va ilmi nujum (Bahovuddin Abubakr Marvaziy, Sharafiddin Tusiy, Abulhasan Ali Marvaziy, Abulhotam Muzaffar Isfizoriy, Zahiriddin Gʻaznaviy), tibbiyot va kimyo (Ismoil Jurjoniy, Faxriddin Roziy), tarix (Zahriddin Nishopuriy, Sadriddin Husayniy, Anushirvon Koshoniy, Abu Bakr Ravondiy), adabiyot (adib Sobir Termiziy, Nosir Xusrav, Anvariy, Asiriddin Axsikatiy, Rafʼiy Marvaziy va boshqalar) sohalariga oid koʻplab bebaho asarlar yaratilgan. Bu davrda Nishopur, Marv, Isfahon, Ray, Hamadon kabi poytaxt shaharlar, shuningdek, Buxoro, Samarqand, Termizda koʻplab meʼmoriy yodgorliklar qurilgan. Marv gullab yashnagan, u "Marvi Shohijahon" — "Shaharlar shohi" deb ulugʻlangan. Tarixchi va sayyoh Yoqut Hamaviy Marvda boʻlganida bu yerda 10 ta yirik kutubxona borligini koʻrgan va ulardan foydalangan. Termiz yaqinidagi Paygʻambarorolda Zulkifl majmuasi (11—12-asrlar), Sulton Saodat meʼmoriy majmui (11 — 18-asrlar), Jarqoʻrgʻon minorasi (1109), Marvda Sulton Sanjar maqbarasi (12-asr) va boshqa meʼmoriy obidalar qurilgan. Saljuqiylarning Koʻniya sultonligida ham madaniyat taraqqiy etgan. Kichik Osiyoning islomlashish jarayoni kuchayib, tasavvufning mavlaviylik, bektoshiya kabi tariqatlari shakllangan, axiylik (javonmardlik) va qalandarlik kuchaygan. Jaloliddin Rumiy, Yunus Emro (1240—1320), Xoja Bektosh Vali (1248—1338), Sadriddin Koʻnyoviy, Shahobiddin Suhravardiy singari mashhur mutasavviflar yetishib chiqqan. Koʻniya (Ikoniy), Sivas, Qaysariya, Nikeya sh.lari yirik madaniy markazlar hisoblangan. Bu paytda "Oʻgʻuznoma" dostonining yozma varianti shakllangan, latifaaa Xoʻja Nasriddin (Afandi) obrazi (Turkiston va Anadoluda) yaratilgan.

Download 263.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling