8-variant Sadriddin Ayniyning ilmiy tadqiqotlari Fitrat dramalari tahlili
Download 40.5 Kb.
|
8-variant AF
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suygan choqlarda
- Buzilgan olkaga
- Kuz yomgiri
- Men shoirmi
- Vijdon erki
- Bir tutam sochlaring
8-variant 1. Sadriddin Ayniyning ilmiy tadqiqotlari 2. Fitrat dramalari tahlili 3. Cho’lponning ijtimoiy ruhdagi she’rlari tahlili Javoblar. 1. XX asr oʻzbek va tojik adabiyoti taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan atoqli adib, olim va jamoat arbobi Sadriddin Saidmurodzoda Ayniy 1878 yilning 15 aprelida Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumanidagi Soktare qishlogʻida dunyoga kelgan. Olti yoshidan maktabga qatnay boshlagan Sadriddin 1890 yilda Buxoroga kelib Mir Arab, Badalbek, Olimxon, Hoji Zohid, Koʻkaldosh madrasalarida tahsil oladi. yangi usul maktablarida muallimlik qiladi. Buxorolik ulkan maʼrifatparvar Ahmad Donish hamda koʻplab maʼrifatparvarlar asarlari uning dunyoqarashiga sezilarli taʼsir koʻrsatadi. Madrasa tahsili tugagach, Ayniy Buxoroda yangi usuldagi maktablar ochadi, ular uchun oʻquv qoʻllanmalar, xalqni ilm-maʼrifatga chaqiruvchi sheʼr va hikoyalardan iborat “Tahsib us-siyobon” – “Yoshlar tarbiyasi” (1909) darsligini tuzadi. “Yosh buxoroliklar” harakatida faol qatnashadi. Sadriddin Ayniy zullisonayn ijodkor boʻlib oktyabr toʻntarishidan keyin oʻzbek va tojik tillarida daʼvatkor sheʼrlar, marshlar yaratadi, ularni “Inqilob uchqunlari” (1923) toʻplamida nashr etadi. Yozuvchi “Buxoro jallodlari” (1922) qissasida amir amaldorlarining dahshatli jabr-zulmini, gunohsiz kishilarning qatl etilishlari, “Odina” (1927) qissasida esa mehnatkash xalqning ogʻir qismati va fojiali hayotini jonli tasvirlab berdi. S. Ayniyning dastlabki “Doxunda” romani 1929–1930 yillarda yaratilgan. Unda maʼrifatga intilgan yosh yigitning hayot yoʻli umumlashtirilgan. Keyingi “Qullar” romani 1934 yilda Toshkentda oʻzbek tilida, 1935 yilda esa Dushanbeda tojik tilida nashr qilindi. “Sudxoʻrning oʻlimi” (1937) qissasining bosh qahramoni Qori Ishkamba jahon adabiyotidagi Plyushkin va Gobsek kabi mumtoz obrazlar bilan bir qatorda turadi. Ikkinchi jahon urushi yillarida S. Ayniy “Marshi intiqom”, “Muqanna qoʻzgʻoloni”, “Temur Malik” kabi vatanparvarlik ruhidagi ilmiy va badiiy asarlarini yaratdi. U xalq ijodidan, folklor asarlaridan keng foydalangan holda “Yetti boshli dev” asarini yozdi. Yigirmanchi yillarda eʼlon qilingan qator hajviy asarlari, “Yana bu qaysi goʻrdan chiqdi”, “Puling halol boʻlsa, toʻy qil” (1924), “Mashrab bobo”, “Ye, toʻnim” (1925), “Bilganim yoʻq”, “Kengash” (1926) kabi oʻzbekcha feletonlari, hajviy sheʼr va maqolalari, ayniqsa, “Sudxoʻrning oʻlimi” (1939) hajviy qissasi yozuvchining mohir satirik ham ekanligini koʻrsatadi. S. Ayniyning Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda yaratgan asarlari orasida toʻrt jildlik “Esdaliklar”i (1949–1954) alohida ajralib turadi. “Esdaliklar”, “Sudxoʻrning oʻlimi” qissalari, shuningdek, “Doxunda” va “Qullar” romanlari bolgar, nemis, polyak, venger, xitoy, fransuz, rumin, hind, chex va boshqa tillarga tarjima qilingan. S. Ayniy zukko olim, tarixchi va adabiyotshunos sifatida oʻzbek va tojik adabiyoti tarixi borasida salmoqli ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordi. Uning Oʻrta Osiyolik buyuk shoir, olim va mutafakkirlar – Rudakiy, Saʼdiy, Ibn Sino, Vasfiy, Bedil, Alisher Navoiy, Ahmad Donish kabi siymolar haqida yozgan ilmiy asarlari nihoyatda qimmatli. Ana shunday salmoqli tadqiqotlari uchun unga filologiya fanlari doktori ilmiy darajasi berilgan. Adib Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining faxriy aʼzosi, Tojikiston Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib saylandi. Bir necha yillar Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat dorilfununining professori, Tojikiston Fanlar akademiyasi tashkil topgan kundan boshlab uning prezidenti sifatida xizmat qilgan. Sadriddin Ayniy 1954 yilning 15 iyulida Dushanbe shahrida vafot etdi. Vafotidan keyin Oʻzbekiston va Tojikistondagi bir qator shahar, tumanlar, qishloqlar, koʻchalar, maktablar, kutubxonalar, sanʼat va madaniyat muassasalariga Sadriddin Ayniy nomi berildi. Samarqandda Ayniy yodgorlik uy-muzeyi ochildi. Vatan va xalq oldidagi unutilmas xizmatlari inobatga olinib, 2001 yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.
“Abulfayzxon” nainki Fitrat ijodi, balki umuman, o’zbek dramaturgiyasidagi shoh asarlardan biridir. Tragediya badiiy jihatdan teran. U obrazlar tizimidagi puxtalik, kompozitsion qurilishdagi uyg’unlik, badiiy tildagi jozibasi bilan ajralib turadi. Qahramon fikri va harakatidagi emotsionallik, g’oyaning asardagi obrazlilik zamirida sizib chiqishi, shakl va mazmundagi muxtasar tutum xarakterlar pafosi bilan to’yingan holda ajib bir badiiy yaxlitlik kasb etadi. Asarning yetakchi g’oyaviy-badiiy maqsadi zo’ravonlik, o’zgalarni qullarcha itoatda tutish, taxt va mansab dunyosi barcha razilliklar manbaidir degan muammoni yoritishga qaratilgan. Dramada Buxorodagi Ashtarxoniylar sulolasining oxirgi namoyandasi Abulfayzxon hokimoyatining tanazzuli va mang’itlar sulolasining hokimiyatga kelishi aks ettirildi. Abulfayzxon” dramasida Fitrat ezgulik, insof, adolat va shaxs erkini ulug’ladi. Bu qadriyatlarni hokimiyat uchun turli-tuman, yolg’on-yashiq va chirkin vositalarga keskin qarama-qarshi qo’ydi. Fitrat XX asr o’zbek adabiyoti taraqqiyotida alohida o’zrin tutadi. U milliy uyg’onish adabiyotining jarchisi va asoschilaridan biri, jadidchilik harakatining ulkan arbobidir. U yangi zamon she’riyatida barmoq vaznini mustahkamladi, erk va istiqlol g’oyalarini kuyladi. Vatan ozodligi, yurt istiqboliga bag’ishlangan maqollari bilan o’zbek publitsistikasining tamal toshini qo’ydi. Hali hikoyachilik janr sifatida yetarlicha to’liq shakllanib ulgurmagan bir davrda “qiyomat” singari asari bilan bu janrning qaror topishiga katta hissa qo’shdi. Dramalari bilan o’zbek adabiyotiga ko’plab yangi qahramonlar kirib keldi. Ular qatag’on davrining badiiy solnomalari sifatida adabiyotdan mustahkam o’rin egalladi. 3. Xayol- Xayol va haqiqat... Ular har doim ham bir-biriga uyg'un bo'lavermaydi. Ko'pincha xayolimizdagi narsalar haqiqatda buning aksi bo'lib chiqadi. Chindan ham, xayol shirin, xayol sururbaxsh, xayol go'zaldir. Haqiqat esa achchiq, qo'pol va qo'rqinchli. Shu boisdan har bir inson o'zining xayolot dunyosida qurgan go'zal olamida yashaydi va bu olamning yolg'onligini bilsa-da, undan voz kechgisi kelmaydi... Suygan choqlarda- Ishq va Oshiqlik... Bu so'zlarni ta'riflamoqqa, uning mazmunini sharh etmoqqa zabonlar zabun-u qalamlar ojiz. Oshiqning ishq makon etgan ko'nglidan qanday hislar kechishini hech kim mukammal tasvirlab berolmaydi. Uni faqat chinakam oshiqlargina his etishi mumkin. Mazkur she'rni oshiq yurakning ko'ngil rozlari sifatida qabul etish mumkin. Buzilgan o'lkaga- Cho‘lponning mazkur she’ri bolsheviklar qirg‘ini, sho‘ro mustamlakachilari tomonidan o‘lkamizning vayronaga, o‘likxonaga aylantirilgani haqida bo'lib, unda yurtimiz boshiga tushgan musibatlar o'ta haqqoniy va ayni paytda ta'sirchan qilib tasvirlangan. Binafsha- Ushbu she'rda Cho'lponning buyuk va xassos qalbini ko'rgandek bo'lasiz. She'r hamdardlik hislariga to'la bo'lib, uni o'qigach, shoir "Binafsha" so'zi ostiga qanday mazmunni berkitganini bilib olishingiz mumkin. Kuz yomg'iri- She’rning yozilish tarixini shunday tasavvur etamiz: Cho‘lpon Moskvadagi bekatlarning birida, ehtimol, tramvayning kelishini kutib turganida kuz yomg‘iri asta yog‘a boshlaydi. Shoir yomg‘ir tomchilarining daraxt yaproqlarini yuvib, so‘ng yerga to‘kilayotgani va chuqurcha hosil qilayotganini ko‘radi. Chuqurchaga tushayotgan yangi tomchilar uni ko‘pirtirib yuboradi. Chuqurcha shoir tasavvurida jajji bir ko'lchaga aylanadi. Xayolning bu erkin o‘yinidan zavqlangan shoir bunday falsafiy xulosaga keladi... Men shoirmi- Cho‘lponning «Men shoirmi?» deb nomlangan she’ri 20-yillarda Toshkentdagi O‘lka o‘zbek bilim yurti o‘qituvchilarining iltimosi bilan shoirning lirik tarjimayi holi sifatida yozilgan. Cho‘lpon bu «lirik tarjimayi holi»da, o‘qituvchilar xohlaganidek, o‘z hayot yo‘lini emas, balki o'ziga xos shoirona o'ylari va kechinmalarini tasvirlagan. Xazon- Mazkur she'rda o‘zbek kuzining go‘zal manzarasi chizilgan bo'lib, unda Cho‘lpon takrir san’atidan mohirona foydalanadiki, har bir so‘zning ma’no va tovush sig‘imlari favqulodda kengayib ketgandek bo‘ladi. Bor-yo‘g‘i ikki obraz-"gezargan tuproq" bilan "qizorgan yaproq" obrazlari kuzning o‘zbek diyoriga o‘ziga xos xislatlari bilan kirib kelayotganini yaqqol ko‘rsatadi. Bu satrlardan oqib turgan musiqadan kuzning sokin va mungli kuylari eshitilgandek bo‘ladi. Vijdon erki- Zulm-keng ma’noli tushuncha. Mustamlakachilik davrida el-yurt boshiga tushgan barcha savdolarni faqat bir so‘z bilan-"zulm" so‘zi bilan ifodalash mumkin. Zulmning turlari va pog‘onalari ko‘p. Agar zolim insofsiz va odamlik siyohidan mahrum bo‘lgan bo‘lsa, uning zulmiga bo‘yin egmaslikning iloji yo‘q. Ammo har qanday zulm jismga egalik qilsa-da, qalb va vijdonga egalik qilolmaydi. Yong'in- Biz bu she’rni o‘qir ekanmiz, 20-yillarda mustamlakachi bolsheviklar tufayli o‘zbek yurti va o‘zbek xalqining boshiga tushgan falokatlarni ko‘rgandek bo‘lamiz. Shoir bu balo-ofatlarni keltirgan, o‘lkamizni vayron etib, daryo-daryo qonlarni oqizgan yovuzlarni la’natlamaydi, ularga g‘azab va nafrat toshlarini otmaydi, balki mudhish tarixning shohidi sifatida yuragidan oqib turgan ko‘z yoshlari bilan tarix sahifalariga qayd etadi. Bir tutam sochlaring- Ushbu she'r avtobiografik mazmunga ega. Shoir ushbu she’rda muhabbat va vafo mavzuyini ruhiy kurashlar, ziddiyatli tuyg‘u va kechinmalar to‘lqinida yoritgan. Qisqa qilib aytganda, bu she’rda muhabbat dramasi haqqoniy hayotiy hodisa tasviri orqali ochiladi. Cho‘lpon bu she’ri bilan har qanday muhabbat ham chin muhabbat emas, modomiki, hayotda tabiiy gullar bilan birga, qog‘oz gullar ham mavjud ekan, chin muhabbat bilan birga, soxta muhabbat ham bo‘lishi mumkin, degan fikrni ilgari suradi. Download 40.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling