O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti


Kalsiy yetishmovchiligiga sabablari


Download 67.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana01.05.2023
Hajmi67.51 Kb.
#1420083
1   2
Bog'liq
BOLALARDA VITAMIN YETISHMOVCHILIGINING OQIBATLARI

Kalsiy yetishmovchiligiga sabablari
Bola organizmida kalsiyning normal ko‘rsatkichda bo‘lishi uchun, ovqat ratsionida
kunlik kalsiyning dozasi 500-1000 mg bo‘lishi kerak. Ko‘krak yoshidagi bolalar
kalsiyning yetarli miqdorini ona sutidan olishadi va bu davrda qo‘shimcha ravishda
kalsiy preparatlaridan ham foydalanish kerak bo‘ladi. Qonda kalsiyning sezilarli
darajada kamayishi bolalar raxiti va uning asoratlariga olib keladi. Yuqorida
aytganimizdek emizikli bolalar kalsiyni ona sutidan qabul qilishadi, demak ona
iste’mol qilayotgan mahsulotlar kalsiyga boy bo‘lishi zarur.
Bolalikning birinchi yilida kalsiy faqatgina, ovqat bilan kam miqdorda tushganligi
sababli defitsitga uchramaydi, balki bola organizmida D3 vitamini yetishmasligi
hisobiga ham kelib chiqadi. D3 vitamini kalsiyning so‘rilishida muhim rol
o‘ynaydi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ko‘rsatmasiga binoan har bir


ko‘krak yoshidagi bola kuz-qish mavsumida qo‘shimcha ravishda, eritma
ko‘rinishida D3 vitaminini qabul qilishi lozim. Bahor-yoz mavsumida D3 vitamini
bola organizmida mustaqil ravishda quyosh nuri ta’sirida sintezlanadi. Bu davrda
qo‘shimcha vitamin qabul qilish organizmda uning miqdori oshishiga olib keladi,
ya’ni gipervitaminoz holati kelib chiqishi mumkin.
Bolalikning keyingi davrlarida gipokalsiyemiya ko‘pincha oshqozon ichak trakti
kasalliklari (gastrit, kolit, ichaklar dizbiozi va boshqalar), ayrim dori preparatlarini
qabul qilish oqibatida oshqozonning so‘rish funksiyasini buzilishi
(antadsidlar, sorbentlar) natijasida kelib chiqadi.
O‘QING: Qiz bolalarda vulvit kasalligi – sabablari, belgilari, turlari va davolash
usullari
Kalsiyning yoshga bog‘liq holda normal miqdori

Tug‘ilgandan 6 oygacha – 400-500 mg;

7 oydan 1 yoshgacha – 700-700 mg;

1 yoshdan 10 yoshgacha – 700-900 mg.
Alimentar yo‘l (ovqatlanish) bilan organizmda kalsiy to‘planib qolmaydi. Chunki
ortiqcha kalsiy ichak va buyraklar orqali tashqariga chiqarib turiladi. Qo‘shimcha
ravishda qabul qilinayotgan ortiqcha kalsiy buyraklarda to‘planib qoladi va tosh
hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin.


Foto: Shutterstock.com
Gipokalsiyemiyaning klinik ko‘rinishi
Hali yurishni o‘rganmagan bolakaylarda kalsiy defitsitini faqatgina shifokor
aniqlay oladi. Emizikli bolalarda kalsiy yetishmovchiligining ilk belgilari
quyidagilar bo‘lishi mumkin:

Juda ko‘p terlash, ayniqsa boshning tepa qismida;

Boshning yostiq bilan ko‘p kontakda bo‘ladigan sohalarida soch to‘kilishi;

Tremor (tirishish) holati – yig‘laganda iyak sohasi;

Baland shovqinlar eshitganda bezovtalanish va yig‘lash.
Agar kalsiy yetishmovchiligi bolaning o‘tirish va yurishni boshlagan davriga
to‘g‘ri kelsa, unda umurtqalarda patologik qiyshiqliklar va egriliklar kelib chiqadi.
Bolalikning keyingi davrlarida gipokalsiyemiyada suyaklar sinuvchanligi oshishi,
tirnoqlarning ko‘chib tushishi, og‘iz burchagida yorilishlar, talvasalar, anemiyalar,
bo‘g‘imlarning deformatsiyalari ko‘zga tashlanadi.
Organizmda kalsiy yetishmayotganini va talvasa holatlari boshlanayotganini ba’zi
bir testlar yordamida aniqlab olsa bo‘ladi:

Agar bolakayning og‘iz burchagiga barmoq uchi bilan yengil tegilsa,
bolaning og‘zi qaltiraydi, bu esa kalsiy yetishmovchiligidan dalolat beradi;



Agar bolakayning yelka suyagining o‘rta uchdan bir qismi qo‘l bilan siqilsa,
bolakayning barmoqlari tirishadi. Bu holat bola organizmida kalsiy
yetishmovchiligining og‘ir darajasidan darak beradi.
Kalsiy yetishmovchiligining oqibatlari
Kalsiy bola rivojlanishi va normal o‘sishi uchun kerak bo‘lgan element. Uning
ozuqa bilan kam tushishi yoki oshqozon ichaklardan so‘rilishining buzilishi
bolalarda raxit kasalligiga olib keladi. Kasallikning bir necha bosqichlari bor va
ularning har biri turlicha ko‘rinishda namoyon bo‘ladi – raxit kasalligining erta
bosqichlarida bolakaylarda kalsiy yetishmovchiligining umumiy belgilari namoyon
bo‘ladi: teri gipergidrozi (ko‘p terlash), giperqo‘zg‘aluvchanlik (tirishishlar,
talvasalar), uzoq muddat kontakt natijasida soch to‘kilishi. Kasallikning bu
bosqichida suyak tizimi tomonidan deformatsiyalar kuzatilmaydi.
O‘QING: Bolalarda ich ketishi (diareya) – sabablari, turlari, klinik ko‘rinishlari,
diagnostikasi va davolash usullari
Maxsus davo choralari ko‘rilmaganda raxit avj olib keyingi darajalariga o‘tib
ketadi. Bunda birinchi navbatda dispeptik sindromlar yuzaga keladi (qayt
qilish, ishtahaning pasayishi, ich kelishining buzilishi) va suyakdagi o‘zgarishlar.
Shu bilan birga qorin old devori mushaklarining tonusi pasayishi natijasida –
“baqa” qorni ko‘rinishida bo‘lishi. Suyak tizimi tomonidan bolalarda kalla
chanog‘ining assimetrikligi, liqildiqlarning yopilmasligi, liqildoqlar cheti yumshab
qolishi, to‘sh suyagi deformatsiyalari (voronkasimon ko‘krak), umurtqa
pog‘onasidagi qiyshiqliklar (kifoz, skolioz), oyoqlarning deformatsiyalari (X yoki
O simon oyoq) kabi o‘zgarishlar yaqqol namoyon bo‘ladi.
Kasallikni e’tibordan chetda qoldirib vaqtida davo muolajalari ko‘rilmasa,
bolaning nogironligiga va jismoniy-ruhiy jihatdan ortda qolishiga olib kelishi
mumkin. Raxit kasalligining eng ko‘p uchraydigan asorati: umurtqa pog‘onasining
qo‘pol deformatsiyasi va qiyshiqligi, katta kalla chanog‘i, ta’m bilishda
o‘zgarishlar, ya’ni adashtirib qo‘yishlar, oyoqlarning qiyshayishi natijasida


yurishdagi o‘zgarishlar, ko‘krak qafasi va to‘sh suyagi deformatsiyasi, yurak va
o‘pkaning normal funksiyasi buzilishi, yassi chanoq (qiz
bolalarda kelajakda farzand dunyoga keltirishda qiyinchilik tug‘diradi), ko‘ruv
o‘tkirligining buzilishi (miopiya) kabilar.
Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarda kalsiy yetishmovchiligi suyaklarning tez-
tez sinishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bunga bo‘g‘imlaragi deformatsiyalar va
anemiya holatlari ham qo‘shiladi.
Kalsiy yetishmovchiligi diagnostikasi
Raxitning ilk belgilari yoki talvasalar boshlanganini sezsangiz darhol shifokorga
murojaat qiling. Kalsiy miqdorini tekshirish uchun:

Umumiy qon analizi, undagi gemoglobin miqdori;

Bolalarda siydik orqali Sulkovich sinamasi o‘tkazish yo‘li bilan siydik bilan
ajralib chiqayotgan kalsiy miqdori o‘rganish;

Periferik venoz qondagi kalsiy miqdorini tekshirish – 6 oygacha bo‘lgan
bolalarda normal ko‘rsatkich 2,25-2,5 mmol/l bo‘ladi.
Bolalarda kalsiy yetishmovchiligini davolash va profilaktikasi
Ayolning homiladorlik vaqtida va farzand dunyoga keltirgandan keyin ham
iste’mol qilayotgan mahsulotlari tarkibida kalsiy miqdori yetarlicha bo‘lishi kerak.
Bolalarda
kalsiy
yetishmovchiligining
profilaktikasi,
uning
ona qornidaligi vaqtidan boshlanishi kerak. Har bir homilador ayol
homiladorlikning 28-32 haftasidan boshlab har kuni D3 vitaminini, 6-8 hafta
davomida qabul qilishi zarur. Bolaning sog‘lom dunyoga kelganda ham
profilaktika maqsadida 2-3 oyligidan boshlab D3 vitaminini qabul qilib turishi
kerak. Kuz-qish mavsumida har bir sog‘lom tug‘ilgan bolakaylarga profilaktik
doza, ya’ni 500 XB da D3 vitamini berilishi raxit kasalligining kelib chiqmasligini
ta’minlaydi. Preparatlarni tanlash va ularning dozalarini shifokor belgilaydi. Sun’iy


ovqatlanishga o‘tgan bolalarga esa alohida jihatlariga qarab D3 vitamini berishda
istisnolar bo‘lishi ham mumkin.
O‘QING: Bolalarda asakridoz – sabablari, belgilari, asoratlari, tashxislash va
davolash usullari
D3 vitaminining ta’sir effekti, organizmga yetarlicha kalsiy elementi
tushgandagina bilinadi. Bolalar ovqatlanish tarkibida albatta sut mahsulotlari
(pishloq, tvorog, yogurt, sut), quruq mevalar, sutli shokolad
kabi oziqaviy moddalar bo‘lishi lozim. D vitamini tayyor holda sariyog‘, mol jigari
va tuxum sarig‘ida ko‘p saqlanadi. Bundan tashqari, raxitning erta bosqichlarida
bolalar mushaklarining tonusini oshiruvchi va ichaklar funksiyasini
normallashtiruvchi chora tadbirlar ham o‘tkazilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi,
masalan turli xil vannalar qabul qilish, ochiq havoda sayr qilish, davolovchi
gimnastika va massajlar. Agar ichaklar normal mikroflorasi
buzilib, disbioz holatlari kelib chiqqan bo‘lsa, probiotiklar tavsiya qilinishi ham
mumkin.
Organizmga kalsiy elementi ovqat bilan yetarlicha tushmasa, sun’iy kalsiy
saqlovchi preparatlar berish mumkin, faqatgina shifokor tavsiyasiga binoan.


Kalsiyning organizmda so‘rilishini oshiruvchi modda – baliq yog‘ining kapsula
ko‘rinishidagi preparatlaridan ham foydalansa bo‘ladi. Kasliy yetishmovchiligini
mustaqil ravishda, o‘z boshimchalik bilan davolash og‘ir asoratlarga olib kelishi
mumkin: ich qotishidan tortib buyrak yetishmovchiligigacha, natijada bolalik
davrida siydik tosh kasalliklari paydo bo‘lishi xavfi mavjud. Bolalaringizni normal
o‘sishi va sog‘lom yetilishi uchun har oyda bir marotaba oilaviy shifokoringiz
bilan maslahatlashib turing! Salomat bo‘ling.
Avitaminoz - keng tarqalgan atama. Bugungi kunda ko'p odamlar beri-beri
kasalligi
haqida
deyarli
hamma
eshitgan.
Tibbiyot vitamin yetishmovchiligi holatini ikkita patologik holatini ajratadi:
Avitaminoz - tanada biron bir vitamin yo'q bo'lganda (bir vaqtning o'zida bir
nechta vitaminlar mavjud bo'lmagan avitaminoz turi, poliavitaminoz deb ataladi);
Gipovitaminoz - organizmda biron bir vitamin yetishmasligi. Odamlar orasida bu
ikki holat odatda farq qilmaydi va vitaminlarning yetishmasligi deb ataladi.
Darhaqiqat, bugungi kunda avitaminoz turidagi vitamin yetishmasligi nisbatan
kam uchraydi, ko'pincha zamonaviy odamlar gipovitaminoz bilan kurashishlariga
to'g'ri keladi.
Vitaminlar nima?
Vitaminlar bu - odamlar uchun muhim bo'lgan organik past molekulyar
moddalardir. Kam molekulyar birikmalar kimyoviy jihatdan beqaror, shuning
uchun ko'pgina vitaminlar, masalan, qizdirilganda yoki havo bilan aloqa qilganda
oksidlanish jarayonida osonlikcha yo'q bo’ladi. Shu bilan birga, vitaminlar turli xil
metabolik jarayonlarda ishtirok etadi va ularning yetishmasligi yoki yo'qligi
metabolik kasalliklarga va jiddiy patologiyalarning rivojlanishiga olib keladi.


Vitaminlar
tanamizga
bir
necha
usul
bilan
kiradi:
-
iste'mol
qilingan
oziq-ovqat
bilan;
- normal ichak mikroflorasi tomonidan ishlab chiqarilgan;
- D vitamini terida ultrabinafsha nurlanish ta'sirida sintezlanadi.
Vitamin yetishmovchiligi belgilari
Vitamin yetishmovchiligining namoyon bo'lishi (gipovitaminoz) qanday vitamin
yetishmasligiga
bog'liq.
Vitamin A (retinol) yetishmovchiligi - birinchi navbatda oftalmologik va
dermatologik patologiyalar ko'rinishida namoyon bo'ladi. "Shapko’rlik" rivojlanadi
- yetarli yorug'lik bo'lmasa, ko’rish qobiliyati buziladi. Yorqin kun yorug'ligi
yomon qabul qilinadi. Konyunktiva ta'sirlanadi (konyunktivit rivojlanadi) va shox
parda (u yumshaydi, teshilishi mumkin). 
Teri
quriydi va infeksiyaga qarshi
himoyasiz bo'ladi (furunkulyoz rivojlanadi). A vitamini yetishmasligida nafas olish
yo'llari kasalliklarini (rinit, bronxit) rivojlanish ehtimoli ham oshadi.
Vitamin B1 (tiamin) yetishmovchiligi - beri-beri kasalligi deb ataladigan alomatlar
majmuasi shaklida namoyon bo'ladi. Eng tipik 
asab
kasalliklari quyidagilardir:
bosh og'rig'i, charchoq, aqliy va umumiy zaiflik, yurish paytida noaniqlik,
karaxtlik va bo’g’imlar tortishishi hissi. Yurakdagi og'riq, taxikardiya, ko'ngil


aynish, ich qotishi va boshqa ba'zi bir ko'rinishlarning paydo bo'lishi ham mumkin.
Vitamin B2 (riboflavin) yetishmovchiligi - lablarning shikastlanishida namoyon
bo'ladi (lablar yorilib, og'iz burchaklarida yoriqlar paydo bo'ladi), og'iz shilliq
qavati zararlanadi (stomatit rivojlanadi). Quruq teri ham kuzatiladi; vazn yo'qotish
va 
anemiya
 mumkin.
Vitamin B6 yetishmovchiligi - teri va nevrologik tizimiga ta’sir qiladi. Eng tipik
alomatlar terining qurishi, seboreik dermatoz (bosh terisi, yuz, bo'yin), tilning
qizarishi, og'iz burchaklaridagi yoriqlar, uyquchanlik va bo’g’imlar tortishishi
hissiyotlari (qo'llar va oyoqlar), kamqonlik va kichik bolalarda tutilish bo'lishi
mumkin.
Vitamin B12 yetishmovchiligi - anemiyaning keng tarqalgan sabablaridan biri
bo'lib, uning fonida ko'pincha umumiy zaiflik, terining rangarligi, nafas qisilishi,
taxikardiya,
bosh
aylanishi
kabi
alomatlar
kuzatiladi.
Vitamin C (askorbin kislota) - yetishmovchiligi kasalligi tarixda qoraquloq (milk
kasalligi) kasalligi deb atalgan. Odatiy alomatlar: tish go'shtining qizarishi,
shishishi va qon ketishi (og'ir holatda tishlar tushishi mumkin), mushaklarning
kuchsizligi, yurish paytida oyoqlarning og'rig'i va terida ko'karishlar.
Vitamin D yetishmovchiligi - raxit va osteoporozni keltirib chiqarishi mumkin,
chunki bu suyak to'qimalarida o'zgarishlarga olib keladi. Suyaklarning
deformatsiyasi bolalarda kuzatilishi mumkin, kattalar (ayniqsa qarilikda) ko'pincha
sinishdan aziyat chekadi. Boshqa ko'rinishlar: zaiflik, charchoqning kuchayishi,
qo'l va oyoqlarda mushak tortishishi, uyqusizlik, vazn yo'qotish va ishtahani
yo'qotish.
Vitamin E yetishmovchiligi - gemolizni (qizil qon hujayralarining parchalanishini)


keltirib chiqaradi, bu esa reproduktiv funksiya buzilishiga olib keladi. Asosiy
alomatlar: mushaklarning distrofiyasi, harakatlarning muvofiqlashtirilish
imkoniyati sustligi, ko'rishning buzilishi. Teri elastikligini
yo'qotadi, 
sochlar
xiralashadi
va
sinishni
boshlaydi.
Vitamin K yetishmovchiligi - qon ketishining buzilishiga va qon ketishining
kuchayishiga olib keladi (burun, teri osti va oshqozon-ichak organlaridan qon
ketishi mumkin).

Document Outline

  • FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
  • SIRTQI BO’LIM
    • Kalsiyning yoshga bog‘liq holda normal miqdori
    • Gipokalsiyemiyaning klinik ko‘rinishi
    • Kalsiy yetishmovchiligining oqibatlari
    • Kalsiy yetishmovchiligi diagnostikasi
    • Bolalarda kalsiy yetishmovchiligini davolash va profilaktikasi

Download 67.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling