O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti «kimyoviy texnologiya»


REKTIFIKASIYA JARAYONIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR


Download 1.1 Mb.
bet11/16
Sana06.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1171736
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16

1.5 REKTIFIKASIYA JARAYONIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR


Suyuq aralashmalarni rektifikasiyalash yo’li bilan ajratish jarayonining samaradorligi quyidagi asosiy omillarga bog’liq bo’ladi:



  1. Suyuqlik va bug’ fazalarining o’zaro ta’siri uchun kolonnaning yuqori qismini flegma bilan ta’minlash usullari;

  2. Kolonnaning pastki qismiga issiqlikni berish usullari;

  3. Rektifikasion kolonnaga kiritilayotgan xom ashyoning harorati;

  4. Bosimning rektifikasiya jarayoniga ta’siri;

  5. Rektifikasion kolonnaga suv bug’ining kiritilishi.

Rektifikasion kolonnaning normal ishlashini ta’minlash uchun uning yuqorigi qismidan, bug’larni qisman kondensasiyalash va flegma oqimini tashkil etish maqsadida, ma’lum mikdordagi issiqlik uzatiladi. Sanoat amaliyotida kolonnaning yuqorigi qismidan issiqlik uzatishning uch xil asosi foydalaniladi: yuzali parsial kondensator, suyuqlikning sovuq holatda sochib berilishi, suyuqlikning sirkulyasiya yo’li bilan sochib berilishi.
Parsial kondensator. Ushbu usul qo’llanilganda, kolonnaning yuqorigi tarelkasidan chiqayotgan bug’lar parsial kondensatorga kiradi va u yerda qisman kondensasiyaga uchraydi. Kondensatorda hosil bo’lgan flegma oqimi to’g’ridan-to’g’ri kolonnaning yuqorigi tarelkasiga oqib tushadi, rektifikat bug’lari esa uskunadan tashqariga uzatiladi. Kolonnaning yuqorigi qismini suyuqlik bilan ta’minlash usulida rektifikat bug’lari va flegma oqimi o’zaro muvozanat holatida bo’ladi, ya’ni parsial kondensator bitta nazariy tarelkaga ekvivalent bo’ladi. Rektifikasion kolonnalarning ish unumdorligi kichik bo’lgan sharoitlarda, ularning ustki qismidan issiqlikni uzatish uchun parsial kondensator ishlatiladi.
Suyuqlikning sovuq holatda sochib berilishi. Issiqlik uzatishning ushbu usuli neft va gazni qayta ishlash korxonalarida eng ko’p qo’llaniladi. Bug’lar oqimi kolonnaning yuqorigi tarelkasidan kondensatorga yuboriladi, u yerda bug’lar to’la kondensasiyalanadi va soviydi. Hosil bo’lgan sovuq suyuqlik ikki qismga ajraladi: rektifikat oqimi, yuqorigi tarelkaga qaytarilayotgan sovuq suyuqlik (flegma) oqimi. Flegma oqimi pastki tarelkadan ko’tarilayotgan bug’lar bilan kontaktga uchraydi. Natijada bug’lar soviydi va qisman kondensasiyaga uchrab, suyuqlikning pastga qarab yo’nalgan oqimini tashkil qiladi. Ushbu oqimning miqdori rektifikasiyalash jarayonini ta’minlaydi. Kolonnaning yuqorigi qismiga kirayotgan suyuqlik to’la bug’lanadi va rektifikat bug’lari bilan birgalikda kondensatorga kiradi, u yerda esa bug’lar o’z issiqligini sovituvchi agentga beradi. Shunday qilib, ma’lum miqdordagi sovuq suyuqlik kolonnaning yuqorigi tarelkasi va kondensator o’rtasida doimo sirkulyasiya qilib, issiqlikni tashuvchi agent vazifasini bajaradi.
Issiqlikni uzatishning ushbu usilidan foydalanilganda, ishlatishga qulaylik yaratish maqsadida kondensator-sovitgichni rektifikasion kolonnaning xohlagan balandligiga moslab o’rnatish imkoniyati yuzaga chiqadi. Biroq issiqlikni uzatish uchun nasos o’rnatilishi kerak bo’ladi hamda kolonnaning yuqorigi qismiga suyuqlikni uzatish uchun qo’shimcha energiya sarflanadi.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling