O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti “iqtisodiyot” fakulteti
Download 98,67 Kb.
|
Pul tizimi evolyutsiyasi va uning turlari
Pulning muomala vositasi bozor ishtirokchilari o‘rtasida tovarlarni oldi – sotdisi va xizmatlarni ko‘rsatish jarayonida namoyon bo‘ladi. Ushbu jarayonda pul vositachi rolini bajaradi. Pulning muomala vositasi funksiyasini bajarishining bir sharti mavjudki, u ham bo‘lsa, tovarlarni sotib olish va xizmatlarni ko‘rsatish uchun to‘lov bir vaqtda amalga oshiriladi. Pulning ushbu funksiyasini bajarishda bevosita naqd pullar ishtirok etishi talab etiladi.
Ayirboshlash jarayonida tovarlar bir marta qatnashib muomala maydonini tark etsa, pul muomala vositasi funksiyasi yordamida ushbu jarayonga qayta – qayta kelaveradi. Iqtisodiyotda pulning banklar orqali aylanish tezligi qancha yuqori bo‘lsa, tovarlarni sotib olish uchun muomalaga zarur bo‘lgan pul massasiga talab shuncha pasayadi. Pulning muomala vositasi funksiyasi o‘zaro iqtisodiy munosabatlarda ishtirok etayotgan tomonlarning faoliyati ustidan nazorat vositasi sifatida maydonga chiqadi. Markazdan rejalashtirish davrida pulning muomala vositasi bir muncha chegaralangan edi. Natijada, odamlarning qo‘lida naqd pullar bo‘lishiga qaramasdan o‘zlari istagan tovarlarni sotib ololmasdi yoki sotib olishga imkoniyat bo‘lmagan. Bozor munosabatalarining takomillashuvi va rivojlangan mamlakatlarda fan – texnika taraqqiyotining taboro jadallashib borishi pulning muomala vositasi funksiyasining ahamiyatini bir qadar pasayishiga sabab bo‘lmoqda. Chunki, mamlakat pul oboroti tarkibida naqd pul bilan amalga oshirilayotgan hisob – kitoblarning ulushi kamayib bormoqda. Naqd pullar asosan aholi tomonidan foydalanishi, keyingi yillarda plastik kartochkalarning ko‘plab turlari joriy etilishi, hisob – kitoblarda naqd pulsiz to‘lovlar hajmining ortib borishi kabi holatlar pulning muomala vositasi funksiyasining ahamiyatini pasayishiga olib kelmoqda. Masalan, 1994 – 1997 yillarda Angliya va Fransiyada 10%, Kanada va Germaniyada 7%, AQShda 2% ishchi xodimlargina ish haqlarini naqd pulda olishgan. Tovarlar sotilganda va xizmatlar ko‘rsatilganda, ular uchun to‘lov kechiktirib amalga oshirilgan barcha holatlarda pul to‘lov vositasi funksiyasini bajaradi. Demak, sotilgan tovar va ko‘rsatilgan xizmatlar to‘lov jarayonida uzilish bo‘lmasa, pul muomala vositasini bajaradi, agar ushbu jarayon ma’lum davrga uzilishi, ya’ni to‘lov kechikkan holatlarning barchasida, pul avtomatik tarzda, o‘zining to‘lov vositasi funksiyasini bajaradi. Download 98,67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling