O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti


Qadimgi Hindistonning ijtimoiy tuzumi va madaniyat


Download 58 Kb.
bet4/7
Sana14.05.2023
Hajmi58 Kb.
#1459017
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
diyorr17

Qadimgi Hindistonning ijtimoiy tuzumi va madaniyat
Hindistondagi davlatlarning ijtimoiy tuzumi. Ma`lumki, miloddan avvalgi III ming yillikning ikkinchi yarmida Qadimgi Panjob va Hind daryosi vodiysida tepasida podsho turgan davlatlar vujudga kelgan.O`sha vaqtdayoq aholi orasidan podsho boshliq oliy mansabdagi boy-badavlat aslzodalar ajralib chiqqanlar. Hunarmandlar, mayda savdogarlar, kichik yerli dehqonlar aholining o`rta tabaqasini tashkil etgan. Endrgina paydo bo`layotgan qullar va qashshoq kishilar aholining quyi tabaqasini tashkil etgan. Podsho mamlakatning mutlaq hokimi bo`lib, u qarigan va o`lgan taqdirda uning taxti, mamlakat va uning mol-mulki o`g`illari va aka-ukalariga meros bo`lib qolgan.Miloddan avvalgi I mingyillik o`rtalariga kelib Shimoliy Hindistonda 20 dan ortiq katta-kichik davlatlar tashkil topadi. Shimoliy Hindistondagi Magadxa, Koshala, Nand, Maurya, Kushon kabi yirik davlatlar podsho boshqaradigan davlatlar bo`lgan. Bunday davlatni monarxiya deyilgan.Shimoliy Hindistonda Vridji va Malla kabi davlatlar ham bor ediki, bu davlatni oqsuyak-zodagonlar kengashi va xalq yig`ini tomonidan saylab qo`yiladigan hokimlar boshqarganlar. Bunday davlatni respublika deyilgan.
Qadimgi Hindistonda toifachilik tuzumi. Hindistonning qadimgi solnomalari Veda kabi diniy to`plamlarida aholi bir-biridan farq qiladigan turli toifa – varna-kastalarga bo`linganligi ta`kidlanadi. Shulardan birinchisi oliy varna-kastaga mansub bo`lgan braxmanlar bo`lgan. Braxmanlar toifasiga yirik yer egalari, ruhoniy-kohinlar, amaldorlar va aslzodalar a`zo bo`lishgan.
Ular oliy xudo Braxmaning og`zidan yaratilgan ekan. Ikkinchi varna-kasta kshatriyalar bo`lib, ular xudo Braxmaning yelkasidan vujudga kelgan ekanlar. Kshatriyalar toifasiga harbiy sarkardalar va jangchilar kirganlar.Aholining eng ko`p qismini tashkil etgan hunarmandlar, mayda savdogarlar, dehqon va dehqon jamoalari uchinchi toifa – varni-vayshilarni tashkil etgan. Ular xudo Braxmaning qovurg`asidan paydo bo`lgan ekanlar.Hindiston aholisining eng quyi tabaqasi shudralar bo`lgan. Ular Braxmaning tovonidan paydo bo`lgan ekan. Shudralar ajnabiyyot o`lkaning odamlari, o`z urug`-qabilalaridan ajralib ko`chib kelganlar hisobiga to`ldirib turilgan. Ular zoti past kishilar hisoblanib, chang-tuproqqa belanib yashashga mahkum etilgan ekanlar. Ular jamoalarga aralashtirilmagan, biron-bir xizmat va vazifaga tayin etilmagan.Hindistonda to`rt varna-toifaning birortasiga kirmagan kishilar ham boiishgan. Ular «chandallar» – toza suvni harom qiluvchilar edilar. Ulardan hazar qilinib, ular jamoat binolariga, ibodatxonalarga hatto quduqlar yoniga ham yaqinlashtirilmaganlar. Chandallar, ya`ni hazar qilinganlar eng og`ir va iflos ishlarni – axlatlarni olish, iflos joylarni tozalash, o`lgan hayvonlar terisini shilish kabi ishlarni bajarganlar.Vedada aytilishicha, odam qaysi toifadan bo`yi o`sha toifada qolar ekan. Hindistonda qadim zamonlardayoq adolatparvar kishilar ham yetishib chiqqanlar. Ular o`sha vaqtda ijtimoiy tuzumga, diniy e`tiqodlarga va odamlarni toifalarga bo`linishiga qarshi chiqqanlar. 3. Yozuv va adabiyot. Hind vohasi va Panjobda yashagan hind xalqlarining eng qadimgi ajdodlari o`z yozuvlariga ega bo`lganlar. Arxeologlar Xarappa va Moxendjo-Dorodan hayvon va qandaydir rasm-belgilar tushirilgan muhrlar va sopol idishlarning parchalarini topganlar. Tilshunos olimlar Hind vohasidagi yozuvlarni tekshirib ko`rganlar. Ba`zi tilshunoslar hind yozuvi 400 belgi-rasmdan iborat desalar, boshqalari 250 va yana o`zgalari 300 belgi-rasmdan iborat deb o`ylaydilar. Ammo hanuzgacha qadimgi hind yozuvlari to`liq o`rganilmagan. Qadimgi Hindistonda xalq og`zaki ijodi va uning davomi hisoblangan yozma adabiyot ham erta rivoj topgan. Ular maqol, matal, ertak, hikoya, doston, qo `shiqlar va ajoyib afsonalar yaratganlar.Vedalar – jinlar, qo`shiqlar, afsunkor va diniy duolardan iborat katta to`plamdir.Qadimgi Hind adabiyotining eng nodir asarlari qatoriga «Maxabxarata», «Ramayana», «Pancha tatra», «Kalila va Dimna» kabi asarlarni kiritish mumkin.«Ramayana» dostonida o`gay onasining bergan azoblariga chiday olmagan shahzoda Ramaning o`z shahri Ayodxiyani tashlab ketib, o`zga yurtlarda boshidan kechirgan sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi. U yozgan drama asarlaridan eng mashhuri «Shakuntala» dir.Hindistonda ilmiy bilimlarning rivojlanishi. Hindistonda aniq fanlaiga ham katta e`tibor berganlar. Hindistonda geografiya, tarix, astranomiya, matematika fanlari ham rivoj topgan edi. Hind faylasuflari Charvak degan ta`limot yaratganlar. Bu ta`limotga ko`ra ilmning bosh manbai – tajribadir deyiladi.Hindiston shaxmat o`yinining ham vatanidir. Hind astronomlari va matematiklari bir yilni 360 kunga, uni 12 oyga bo`lib, 5 kunini bayram hisoblaganlar. Ularning hisobida bir yil 365 kunga teng bo`lgan. Ular quyosh va suv soatlarini kashf etib, ulardan foydalanganlar.Astronom Aryabxata V asrdayoq Yerni sharsimon ekanligini va yerning o`ziga tortish qonunini, ayni paytda u o`z o`qi atrofida aylanishini ham aytgan.Hindistonda tabobat ilmi ham ancha rivoj topgan edi. Tabiblar tomir harakatiga qarab kasalliklarni aniqlaganlar. Bemorlarni shifobaxsh o`simlik, ho`l meva, hayvon a`zolari va boshqa narsalardan tayyorlangan sodda va murakkab dorilar bilan davolaganlar. Bu jihatdan muhr va tangalar sirtiga tushirilgan Tosh darvoza rasmlari Ashoka davrida tosh ustun ustiga o`rnatilgan 4 sher haykali kishini hayratga soladi. Gumbazli binolar va tog` qoyalarini o`yib ishlangan binolar o`zining go`zalligi bilan ajralib turadi. Hindistonda mustaqillik o`rnatilishi va e`lon qilinishi munosabati bilan tosh ustun ustiga o`rnatilgan qadimgi to`rt sher haykali, bugungi kunda bizdagi Xumo qushi kabi Hindistonning davlat ramziga aylantirilgan.Diniy e`tiqod. Qadimgi Hindistonda juda ko`p urug`, qabila va elatlar yashaganlar. Ularning xo`jaligi, turmush tarzi har xil bo`lganligi uchun diniy e`tiqodlari ham turlicha bo`lgan. Hindistonda yashagan aholi ko`p zamonlar tabiat hodisalariga, ajdodlari ruhiga tog`-toshlarga, hayvonlarga, suv va daraxtlarga sig`inish uzoq davom etgan. Ularda oy, quyosh va olovga sig`inish keng tarqalgan edi. Hindlarda Agni olov, Indra momaqaldiroq, Aditinani esa hosildorlik xudosi deb bilganlar.Hindistonda diniy e`tiqodlarning kelib chiqishi ham boshqa xalqlar kabi ularning turmush tarzi va xo`jaligi bilan bog`liq ekan.Davlatlar vujudga kelishi munosabati bilan Hindistonning ko`p joylarida Braxman dini keng yoyilgan. Bu din miloddan avvalgi IX–VIII asrda vujudga kelib, uning xudosi Braxma bo`lgan. Bu dinning ruhoniylari braxmanlar deyilgan. Ularning ta`limoti bo`yicha Braxma olam va odamni yaratuvchisi hisoblangan. Aditinani «hammaning onasi», «hamma narsaning mohiyati», «abadiyat», «yaratilgan va yaratuvchi» kabi nomlar bilan ulug`laganlar. Dastlab momaqaldiroq, hosildorlik xudosi hisoblangan Indra keyinchalik hokim, hukmdor va podsholar homiysiga aylangan. 3
Keyinchalik Indra so`zining o`zi ham podsho, hokim, hukmdor kabi ma`noni anglata boshlagan.Hindistondagi diniy e`tiqodlardan yana biri buddizm bo`lgan. Bu din miloddan avvalgi VII–VI asrlarda vujudga kelgan. Uning asoschisi shahzoda Siddhartha Gautama bo`lgan. U Budda– «Ma`rifatparvar» laqabi bilan o`z ta`limotini mamlakat bo`ylab 40 yil targ`ib qilgan. U braxmanlikdagi kasta-tabaqalarga bo`linishni qoralab, jamiyatdagi barcha kishilar xudo oldida teng huquqqa egadirlar, deb ta`lim bergan. Keyinchalik buddiylik davlat dini darajasiga ko`tarilib, avval Turonning janubiy hududlari, keyin Xitoy va Markaziy Osiyoga yoyiladi.Shunday qilib, Qadimgi Hindiston xalqlari o`zlariga xos boy madaniyat yaratganlar. Keyinchalik hind madaniyatidan jahon xalqlari bahra olganlar. Faqat vayronalik keltiruvchi bu urushlarning tugatilishidan aholining deyarli barcha qatlamlari manfaatdor edi.Jamiyatdagi ko‗pchilik qatlam va guruhlarning kuchli davlat sari intilishlari mamlakatning birlashishi uchun qulay sharoitni yuzaga keltirdi. O`rta asrlarda Hindiston jamiyatining sekin va notekis rivojlanishi ushbu davlatni davrlarga bo`lishni ancha murakkablashtiradi. Qadimgi Hindiston davridayoq feodal munosabatlarni eslatuvchi ba`zi institutlarni uchratish mumkin edi. Masalan, Hindistonda yirik xususiy yer egaligi, qa-ram dehqonlarning ekspluatatsiya qilinishi va hokazolar qadimgi davrda-yoq mavjud bo`lgan. Qulchilik esa nafaqat o`rta asrlarda, balki undan keyin ham yo`qolmagan.V-VII asrlar Hindiston tarixida shartli ravishda o`rta asrlarning bosh-lanish davri hisoblanadi. Lekin bu vaqtda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy tuzumida tubdan o`zgarishlar yuz bermagan edi. Masalan, qadimgi davrda-gi Mauriylar imperiyasiga o`xshagan yirik davlatlar tashkil topmagan edi. O`rta asrlarda Hindiston siyosiy jihatdan tarqoq bo`lgan. U IV asrning boshlarida bir necha o`nlab mayda va yirikroq davlatlardan iborat bo`lib, bu davlatlar tepasida kichik-kichik podsholar - rojalar turardi. Ular o`rtasida tinimsiz o`zaro urushlar bo`lib turardi. 320 yilda shi-moliy Hindistonning rojalaridan biri Chandragupta I (320-340 yillar) teva-rak-atrofdagi podsholarni o`ziga bo`ysundirib, Gang daryosi havzasida xiyla katta bir davlat tuzdi, bu davlat Gupta davlati deb atalib, VI asrning boshigacha yashadi. U V asrdayoq tushkunlikka uchraydi, buning asosiy sababi mehnatkash omma ahvolining og`irligi edi. Gupta podsholigiga uzil-kesil zarba bergan narsa ko`chmanchi eftalitlar, ya`ni oq gunnlarning bostirib kirishi bo`ldi, ular V asrning oxiri - VI asrning boshlarida shimoliy chegarani yorib o`tib, Shimoliy Hindistonning ko`pgina shahar va qishloq-larini nihoyatda vayron va xarob qilib tashladi. 530 yilda oq gunnlar pod-sho Guptaning vassali roja Yasodxarma tomonidan tor-mor qilindi. Gunn-larni yenggandan keyin, Yasodxarma Gupta sulolasiga itoat qilishdan bosh tortib, o`zi maxaroja unvonini oldi. Lekin unga Gupta davlati hududining bir qismigina bo`ysundi.VII asrning boshlarida Xarsha (606-647 yillar) davlati burmuncha vaqtgacha yuksalib bordi. Xarsha Kanauja knyazligining rojasi edi, so`ng-ra u butun Shimoliy Hindistonni o`ziga bo`ysundirdi. Xarsha davlati Gang daryosi vodiysi bo`ylab Sharqiy Panjobdan to Bengaliya qo`ltig`igacha bo`lgan hududni o`z ichiga oldi. Markaziy Hindistonning knyazlari ham Xarshaga vassal qaramlikda edi. Hammasi bo`lib 40 tacha knyaz unga qa-ram edi. Xarsha imperiyasi uzoq umr ko`rmadi. Uning hokimiyati feodal-lashuv jarayonining kuchayishi, o`z vassallari - rojalar qudratining tobora ortib borishi natijasida zaiflashdi; bu rojalar pirovardida butunlay mustaqil bo`lib, markazga itoat etmay qo`ydi. Xarsha vafotidan keyin uning davlati parchalanib ketdi. Uzoq vaqtgacha Hindiston chet el bosqinchilariga qarshilik ko`rsata olmaydigan tarqoq bir mamlakat bo`lib keldi.Shiddatli va shafqatsiz o`zaro urushlar mamlakatni og`ir ahvolga so-lib qo`ydi hamda musulmon istilochilarini Hindistonning shimoliy qismini bosib olishini yengillashtirdi. Natijada Hindistonning shimoliga juda ko`p musulmonlar - xurosonliklar, turk va afg`onlar borib o`rnashdi. Shimoliy-Sharqiy Hindiston (hozirgi Pokiston) aholisining bir qismi islom dinini qabul qilib, bora-bora istilochilar bilan aralashib ketdi.XII asr oxirlarida Hindistonga Fazna istilochilari hal qiluvchi hujum qildi. 1175 yilda Fazna hokimi Muhammad Guriy Panjobga bostirib kirib, uni egallagach, sharqqa qarab siljishni davom ettirdi. 90-yillarda u Jamna bilan Gang daryolari o`rtasidagi butun yerlarni, so`ngra esa Bengaliyani bosib oldi, Guriy vafotidan (1206 yildan) keyin uning noibi Qutbiddin Oy-bek Faznadan ajralib chiqib, Hindistonning shimolida (hozirgi Hindiston Respublikasining poytaxti Dehlini markaz qilib) mustaqil davlat tuzdi. Yangi davlat poytaxt shaharning nomi bilan Dehli sultonligi deb yuritila-digan bo`ldi.

Download 58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling