O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti


Hindistonda hokimiyat va davlat boshqaruvining tashkil etilishi


Download 58 Kb.
bet6/7
Sana14.05.2023
Hajmi58 Kb.
#1459017
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
diyorr17

2.2 Hindistonda hokimiyat va davlat boshqaruvining tashkil etilishi
Musulmonlar o`rta-sidagi va huquqiy munosabatda qatnashayotgan tomonlardan biri musul-mon bo`lganda ishlar musulmon huquqi asosida ko`rilgan, hindu, braxma-nizm dinidagilarning ishlariga Manu qonunlari va boshqa qonunlar qo`lla-nilgan. Shuningdek, hindlarning oila-nikoh, vorislik munosabatlaridan ke-lib chiqadigan munosabatlar hind huquqi bilan tartibga solingan. Guptalar saltanati davridagi jinoyat huquqi davlat jinoyatlari, mulkka qarshi qara-tilgan jinoyatlar, shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlar uchun javobgarliklar o`rnatgan edi. Jazoning asosiy turi jarima va turma qamog`i hisoblangan. Boburiylar davrida qatl etish jazosi faqat imperator tasdig`i bilan berilishi mumkin edi. Ammo shunga qaramay, bu jazo joylardagi sudlar tomonidan ham berilardi. Bu davrda tan jazolari ham keng yoyildi. Sudlov jarayonida urug`doshlik tuzumining qoldiqlari saqlanib qolgan edi. Masalan, unda suv, o`t, tarozi va zahar bilan sinab ko`rilib, ko`rsatmaning to`g`ri-noto`g`riligi aniqlanardi. Hozirgi Hindistonda ham keng tarqalgan katta bo`linmas oilaning huquqiy asosini Mitakshara huquqi bo`yicha mulk huquqi instituti va ham-vorislik tashkil etadi. Bu ota, bobo va katta bobo tomonidan o`z ota-bobo-laridan meros qilib olingan oilaviy mulkka nisbatan o`g`il, nevara va evara huquqlarida o`z ifodasini topadi. Bunday oilaga faqat hamvorislar emas, balki ularning onalari, o`gay onalari, bolalari (erga tekkan qizlaridan tash-qari), bevalar, vafot etgan hamvorislarning erga tegmagan qizlari ham kir-gan. Shuningdek, boshqa hamvorislarning e`tirozi bo`lmasa, birgalikda ya-shash davomida nikohsiz tug`ilgan bolalar ham, agar boshqa farzandlar bo`lmasa, oilaning a`zosi hisoblangan. Biroq, yuqorida ko`rsatilgan oila a`zolari oila mulkidan faqat ta`minot olish huquqiga ega edi. Mulkdorlar-dan birontasi ham oila mulkidan ko`proq hissa olish huquqiga ega emasdi. O`lgan kishilarning oilaviy mulk huquqi tirik hamvorislarga o`tardi. Mitakshara6 bo`yicha hamvorislar tomonidan katta oila mulkini oila boshqaruvchisining ruxsatisiz, hatto boshqa hamvoris foydasiga yakka tar-tibda begonalashtirilishi mumkin emas edi. Shuningdek, uchinchi shaxslar hamvoris huquqini olishi mumkin emas edi. Biroq, hamvorislar oila mulki-ni begonalashtirish huquqiga ega bo`lmasalar ham, oila mulkini faqat ham-vorislar tomonidan begonalashtirilishiga e`tiroz bildirish huquqiga ega edilar. Ular boshqaruvchidan oila mulkini taqsimlashni va taqsimlash vaq-tida mulkning holati haqida hisobot berishini talab qila olganlar. Hamvoris oila boshlig`i va shu tariqa oilaning bo`linmas mulki boshqaruvchisi bo`lib qolishi mumkin edi (agar bu o`rin bo`sh qolgan bo`lsa va boshqa hamvo-rislar bunga e`tiroz bildirmasa). Barcha hamvorislarning huquqlari teng bo`lgan. Biroq, bunday huquqdan mahrum etiladigan hamvorislar ham nazarda tutilgan. Masalan, aqli zaif, esi past yoki mayib-majruh tug`ilgan kishilar oila mulkidan o`zlariga tegishli hissaning ajratilishini talab qilishi yoki katta oila ishlarini boshqarishi mumkin emas edi.O`rta asrlar Hindistonida oilaviy munosabatlar sohasi bilan ashyo hu-quqining boshqa qator an`anaviy normalari chambarchas bog`liq bo`lgan. Shuni ta`kidlash joizki, keyinchalik mustamlaka o`lkasi bo`lgan Hindiston-da XIV asrda huquq sohalarining kodekslashtirilishi ashyo huquqi norma-lariga taalluqli bo`lmagan. Bu o`z ahamiyatini hozirgi vaqtda ham yo`qot-magan. O`rta asrlar Hindistonida ashyo huquqining muhim institutlaridan biri «benami» mulkchiligi edi. U inglizlardagi ishonib topshirilgan mulk institutiga juda o`xshash bo`lgan. Benami - o`z pullariga, lekin boshqa shaxs nomidan yoki o`z nomidan sotib olingan, biroq boshqa shaxsga uning uchun qandaydir foyda keltirish maqsadini ko`zlamasdan berilgan mulkdir. Benamidan, bir tomondan, mulk egasining mulki miqdorini, boy-ligini yashirish vositasi sifatida foydalanilgan bo`lsa, ikkinchi tomondan, qarindoshlarni, umumiy merosxo`rlarni chalg`itish vositasi sifatida foydalanilgan.Oilaviy munosabatlar sohasi bilan mustahkam bog`liq bo`lgan mulk huquqining yana bir an`anaviy instituti «rejiya» edi. U oilaning bo`linmas mulki hisoblangan. Bu mulk meros bo`yicha oilaning faqat bitta a`zosiga o`tkazilgan. Oilaning boshqa barcha a`zolari ushbu mulkka nisbatan hech qanday huquqlarga ega bo`lmagan. O`rta asrlar Hindistonida xususiy yer egaligining o`sishi sharoitlarida rivojlangan bo`linmas mulk uzoq vaqt mobaynida boshqa, ancha qadimiy hisoblangan katta, bo`linmagan oila mulki bilan birga yashagan. Bo`linmagan, katta hind oilasi mulki bilan oilaning bo`linmas mulki o`rtasidagi farq asosan shundan iboratki, bo`lin-mas mulk hamvorislar o`rtasida taqsimlanmagan. Katta oila a`zolari (ham-vorislar) uni taqsimlanishini, undan birgalikda foydalanishni, uning yago-na egasi tomonidan tasarruf qilinishini taqiqlashni talab qila olmaganlar. Lekin, katta oilaviy taqsimlanmagan mulkchilik ta`siri ostida, ba`zi kasta-lardagi urf-odatlar kuchi bilan hamvorislar ba`zan bo`linmas mulkdan ta`-minot olishni talab qilish huquqiga ega bo`lganlar. Bu huquqdan ko`pincha bo`linmas mulkni ushlab turuvchilarning o`g`illari foydalanishlari mumkin edi. Bo`linmas mulkni meros qilib qoldirishning alohida qoidalari belgi-langandi. U asosan mayorat prinsipi bo`yicha, ya`ni vafot etgan mulk egasining o`g`liga meros qilib qoldirilardi.Hindistonning an`anaviy huquqida rivojlangan o`ziga xos mulkchilik instituti - butlar, sanamlar (xudolar), diniy va xayr-ehson muassasalari, ibodatxonalar mulklari bo`lgan. Bunday mulklar xayr-ehson, sadaqa va qurbonlik qilish natijasida vujudga kelgan. Bunda diniy qurbonliklar va xayr-ehson qilish bir-biriga mos tushgan. Chunki Hindistonda muhtojlarga yordam berish, xayr-sahovat ko`rsatish alohida diniy ish sifatida ko`rilgan. Hindistonda diniy mulk shakllarining keng tarqalishiga ierarxik tashkil qilingan hind cherkovining mavjud emasligi, induizmning ko`p xudoligi, raqobatlashuvchi dinlar (shaynizm, buddizm va boshqalar)ning keng tar-qalganligi yordam bergan. Bu holat o`rta asrlar Hindistonining diniy-ma-daniy birligining mustahkamlanishiga halaqit bermadi. Chunki induizm tabaqa-kasta tashkilotining qattiq qoidalari bilan bir qatorda, maxsus din erkinligiga yo`l qo`yishi, egiluvchanligi, yangi sharoitlarga nisbatan oson moslashuvchanligi bilan ajralib turardi. Diniy mazhablar, odatda, kasta shakllariga ega bo`lib, to`rtta varnaning umumiy tizimiga kirardi.Yuqoridagilar bilan birga, muhtojlarga yordam berish maqsadida kiritilgan diniy mulkchilikning ta`sis etilishi boshqa, amaliy maqsadlarni ham ko`zda tutardi. 7
Bunday mulk, bir tomondan ta`sischining vafotidan so`ng uning avlodlarini va boshqa qarindoshlarini ta`minlash maqsadiga qaratilgan bo`lsa, ikkinchi tomondan, boylar mulkining haqiqiy maqsadla-rini yashirish maqsadiga xizmat qilgan va hokazo. Bu institutning nonor-mal xarakteri shunda ifodalanadiki, bu yerda ishonchli mulk ta`sis etilmay-di, balki o`z huquqlarini qonuniy vakillari - shebaidlar orqali amalga oshi-ruvchi xudo, but-sanam (masalan, oddiy «muqaddas» tosh) mulkdor bo`lib qoladi. Bu mulk abadiy, doimiy hisoblangan. Xayr-ehson hadya qiluvchi tomonidan qaytarib olinishi mumkin emas edi.Xudoga o`tkazilgan mulk «devattaram» (devata - xudo, but, sanam so`zidan) deb atalgan. Odatda ta`sischining o`zi ushbu mulkning tasarruf etuvchisi bo`lgan yoki tasarruf etuvchi - shebait tayinlagan. Shebaitning vazifasi, odatda, maxsus taklif etilgan braxman-pujariaga topshirilgan mul-kni xudo yo`liga xizmat qilishini kuzatib turish edi.Xudolik mulkini boshqaruvchisi yoki boshqaruvchilari keng vakolat-larga ega edi. Agar ta`sischi tomonidan to`g`ridan-to`g`ri taqiqlanmagan bo`lsa, u bu mulkni garovga qo`yishi, sotishi va «xudo-manfaatlari» yo`li-da, masalan, ibodatxonani ta`mirlash uchun uning daromadlarini tasarruf etishi mumkin edi. Bu daromadlarning boshqaruvchi tomonidan o`zlashti-rilishi, agar «xudolik manfaatlari» buzilmagan, masalan, Xudoning «foy-dasiga» xizmat qilishdan voz kechilmagan bo`lsa, qonuniy hisoblangan. Shebait va pujaria mansabi merosiy bo`lishi mumkin edi.O`rta asrlar Hindistonida tarqalgan diniy mulkchilikning yana bir shakli - matxa (diniy monaxlari bo`lmagan monastirni eslatuvchi hind maktabi) foydasiga qurbonlik qilingan mulk edi. Bunday mulk shaklining tarqalishiga Hindistondagi mazhabchilik harakati sabab bo`lgan. Matxalar u yoki bu ta`limotlarni targ`ib qilish, o`z izdoshlarini to`plash maqsad-larida ham tuzilgan. Masalan, o`rta asrlar Hindistonida mazhablar va kas-talar ko`pincha bir-biriga mos tushadi, ko`pincha kasta (mazhab) boshlig`i yoki uning panchayati (o`zini-o`zi boshqarish organi)ning oliy diniy hoki-miyatga ega bo`lgan ilg`or a`zosi-maxant, mazhab boshqaruvchisi, uning mulkini boshqaruvchisi sifatida maydonga chiqadi.Ko`pchilik matxalarning o`z ibodatxonalari mavjud edi. Maxant bir vaqtning o`zida ham shebait, but-sanam mulkini boshqaruvchisi, ham ibo-datxona xizmatchisi bo`lishi mumkin edi. Maxantlarning huquqiy holati mahalliy odatlar bilan belgilangan. Maxant katta huquqlarga ega bo`lib, matxa boshlig`ining merosxo`ri bo`lishi, hatto o`ziga voris tayinlashi, kasta (mazhab) ning panchayatiga boshliq etib saylanishi mumkin edi. Ba`zi yirik matxalar o`zlarining mahalliy bo`limlari - pitxalariga ega edi. Matxalarning diniy ta`sirini siyosiy ahvoldagi hech qanday o`zgarishlar sindira olmagan. Matxalar nafaqat induizmning, balki diniy falsafa, siyosiy fikrlarning ham tarqalishida juda katta rol o`ynaganlar, bu bilan o`rta asr hind jamiyatini birlashtirishda kuchli omil bo`lgan diniy-madaniy aloqalar-ning rivojlanishiga katta hissa qo`shadilar. O`rta asrlar Hindistonida sharhlar qadimgi dxarmashstralar kabi davlat qonunchiligi tomonidan siqib qo`yilmadi. Hind huquqi rivoj-lanishining bu xususiyati bir qator omillar bilan izohlanadi. Shuni ta`kidlash joizki, ba`zi sharhlar hukmdorlar topshirig`i bo`yicha yozilgan va ularning sanksiyasi bilan harakatda edi. Sharhlovchilar orasida yuqori martabali rasmiy kishilar ko`p bo`lgan.O`rta asrlar Hindistonida XIII asrda musulmon bosqinchilari kel-gunga qadar davlat birligi bo`lmagan. Bu narsa huquqning xilma-xilligiga sabab bo`lgan. Nibandxlar adabiyoti - muayyan huquq institutlari bo`yicha sitatalarning tematik to`plamlari dxarmashstralarning turli mualliflari qoi-dalarini ma`lum darajada yagona holga keltirish, bir-biri bilan moslash-tirishga harakat natijasi edi. Bunga yangi huquqiy asarlar yaratish yo`li bilan erishish mumkin edi. Sharhlovchilar dxarmashstralarni tuzuvchi-lardan keyin huquqni hind jamiyatini birlashtirish tendensiyasiga javob beradigan darajada birxillashtirishga harakat qiladilar.Hindiston uzoq vaqt mobaynida induizmning huquqiy, axloqiy, falsa-fiy qarashlar barqarorligi bilan ajralib turadi. Muqaddas deb hisoblangan an`anaviy huquqni rivojlantirish yo`llari haqida ham alohida qarashlar mavjud edi. Sharhlovchilarning faoliyati bu qarashlarga mos tushgan. Chunki ular yangi qonunlar yaratishga da`vo qilmaganlar, o`z oldilariga faqat dxarmashstralar talablarini sharhlashni, ularning ko`rsatmalarini e`lon qilishni maqsad qilib qo`yganlar, xolos.Huquqni birxillashtirishga qaratilgan barcha harakatlarda sharhlov-chilarning fikrlari hamma masalalarda mos kelishi mumkin emas edi. Chunki ular avval turli vaqtlarda odat huquqiga asoslanib yozilgan edi. Ancha keyingi sharhlovchilar ko`pincha ilgarigi sharhlovchilarni faqat ularni inkor qilish uchun eslab o`tardilar. O`rta asrlar Hindistonining turli qismlarida ba`zi sharhlovchilarning obro`-e`tibori tan olinsa, boshqa sharhlovchilarning obro`-e`tibori inkor qilinardi. Bu esa yuqorida ko`rsatil-gan ikki huquqiy maktablarning vujudga kelishiga olib keldi.Qadimgi davrdagidek, o`rta asrlar Hindistonida ham odat huquqi an`anaviy hind huquqining muhim manbalaridan biri bo`lib qolaverdi. Odat huquqi normalaridan keng foydalangan sharhlovchilar nazariy jihat-dan o`zgarmas hisoblangan «muqaddas» dxarmashstralar huquqini yangi sharoitlarga moslashtirdilar. Ko`pincha odatlar sharhlovchilar tomonidan amaldagi hind huquqiga kiritilgan.Hind huquqi asrlar mobaynida ko`p tilli, xilma-xil irqli, tarqoq Hindistonda mahalliy odatlarga, kishilarning o`ziga xos yurish-turishlariga moslashib, huquqni bir butun qilib birlashtirishda muhim o`rin tutadi. Hin-distonning huquq tizimida odatlarning tutgan o`rni haqida dxarmashastra-larning mualliflari to`g`ridan-to`g`ri ko`rsatib o`tadilar. Masalan, VI asrga oid dxarmashastralardan biri - Brixaspatismritida o`rnatilishicha, qadimgi odatlar ularga asoslangan har qanday amaliyotni qonunlashtiradi va sud qarori faqat dxarmashastralarning ko`rsatmalari asosidagina chaqirilishi mumkin emas. Agar dxarmashastralar huquqning mohiyatiga va qadimgi odatlarga zid kelsa, ular odil sudlovga zarar keltirishi mumkin (II, 26-28). Shuningdek, Medxatitxining Manu qonunlariga yozgan sharhlarida ko`rsa-tilganidek, mahalliy odatlarga jiddiy zid kelgan dxarmashastralarga amal qilmaslik lozim edi.Odatlarning o`rta asrlar hind huquqi manbalari orasida tutgan o`rni bu vaqtda Hindistonning rivojlanish xususiyatlari bilan belgilanadi. Turli xil siyosiy elitalar o`rtasidagi urushlar, tarqoqlik an`anaviy huquqning chu-qur diniy-g`oyaviy ildizlariga ta`sir etmadi yoki juda kam ta`sir etdi. Naza-riy jihatdan o`zgarmas bo`lgan diniy-huquqiy tizim turli yo`llar bilan ja-miyat ehtiyojlariga moslashdi. Agar musulmon huquqida bir mazhab bosh-qa mazhabga moslashishda qiyosiy huquq usulidan foydalangan bo`lsa, hind huquqi jamiyat ehtiyojlariga odatlarni o`z huquqiy tizimiga kiritish orqali moslashdi.An`anaviy konsepsiyalarning kundalik amaliyot bilan o`zgarib bori-shi ma`lum darajada «haqiqat prinsiplari»ni dxarmalarning qo`shimcha ko`rsatmalari sifatida qo`llashga yordam berdi. Dxarmashastralarning di-niy nufuziga, ularning an`anaviy huquqiy mavzulariga murojaat qilish xu-susiy huquqni, xususan, nikoh-oila, meros, shaxs huquqiy holati institutla-rini ishlab chiqish bo`yicha sharhlovchilik faoliyatining asosiy yo`nalish-larini belgilab berdi. Dayabxaga ham, Mitakshara ham katta bo`linmas hind oilalari munosabatlarini, shuningdek, ushbu oila a`zolarining boshqa shaxslar bilan va davlat bilan munosabatlarini tartibga solishga bag`ish-langan.Katta, bo`linmas (birlashgan) hind oilasi u yoki bu darajada o`rta asr-lar hind huquqining deyarli barcha normalari mazmunini belgilaydi. Bu vaqtda Hindistonda ham ota liniyasi bo`yicha, ham ona liniyasi bo`yicha oilaviy, uy jamoalari mavjud bo`lishda davom etdi. Ular ikki asosiy bel-gisi: katta oila a`zolarining birgalikdagi mehnati va mehnat mahsulotlari-ning ular o`rtasida teng taqsimlanishi bilan tavsiflanadi. Mulkka birgalikda egalik qilish va xo`jalikni birgalikda yuritish - katta (bo`linmagan) oilaning asosi, an`anaviy huquqning asosiy prinsipi esa - ko`chmas mulk: yer oilada qolishi kerak edi. Ota vafotidan so`ng oila mulki oila boshlig`ining bevosita avlodlariga - o`g`il-larga o`tkazilgan. O`rta asrlar Hindistonida qadimgi dxarmashstralar huquqini qaytadan tahlil qilish, tanqidiy o`rganish, sharhlash, uni yangi sharoitlarga moslash-tirishga qaratilgan jadal jarayon boshlangan. Ko`p sonli huquqiy traktatlar (asarlar)ning, u yoki bu dxarmashstralarga sharhlarning yoki u yoki bu huquqiy masalalar bo`yicha indiuzm dinida e`tibor qozongan kishilarning fikrlari to`plamlari (nibandxlar) ning paydo bo`lishi ushbu jarayonning natijasi bo`ldi. Sharhlar va nibandxlar vaqt o`tishi bilan hind huquqining asosiy manbalari sifatida maydonga chiqa boshlaydi. Digestalar (nibandx-lar) mualliflari va sharhlovchilari tomonidan dxarmashstralar huquqidagi qarama-qarshiliklarni, noaniqliklarni, kamchiliklarning bartaraf etilishi shunga olib keldiki, sudlarda dxarmashstralarni bevosita sharhlash oqi-batda yetarlicha ishonarli va nufuzli deb tan olinmaydigan bo`ldi.Eng dastlabki sharhlovchilardan biri Asaxayya (taxminan VII asrda) bo`lib, u mashhur Narada dxarmashstrasini - Naradab-xaziyani sharhlagan. Yajnavalkaga sharhlardan biri XI asrda Vijna-neshvara tomonidan yozilgan Mitaksharadir. Vijnaneshvara Hindistonda keng tarqalgan ikki hind huquqi maktablaridan biriga ana shunday nom bergan edi. Hind huquqining boshqa maktabi - Dayabxachining asoschisi Jimutavaxan bo`ladi. U XII asrda nibandxa tuzgan edi. Nibandxada meros huquqi va katta ajralmas hind oilasi mulkini taqsimlashning ba`zi masa-lalari Mitaksharaga qaraganda boshqacharoq hal qilingan. Ilk o‘rta asrlardan boshlab dehqonlar jamoalarini asoratga solish, ularni soliqqa tortish jarayoni kuchaygan, xususiy yer egaligining o‘sishi bilan feodal ekspluatatsiyaning turli shakllari vujudga kelgan.Gupta davrida Hindistonning ijtimoiy tuzumi asosan hali quldorlik xarakterini saqlab qolgan edi. Qullar turli irrigatsiya va qurilish ishlarida, qishloq xo‘jaligida hamda ko‘pdan-ko‘pi xizmatkor va malay sifatida uy-ro‘zg‘or ishlarida keng foydalanilardi.O‘rta asrlarning boshlarida hind kastalari ancha evolyutsionlashdi. Braxmanlar va kshatriylar kohin va harbiy tabaqalarga aylanib ketdilar, davlat hokimiyati ularning qo‘lida edi, shu bilan birga ular juda ko‘p qullari bo‘lgan eng yirik yer egalari edilar. Ikkinchi bir o‘rtacha va past darajadagi kastalar vaqt o‘tishi bilan maydalashib bordi. Gupta davrida kastalarning miqdori bir necha o‘n turdan oshdi. Jamiyat-ning shudraga oid eng tuban kastasi «hazarli kishilar» deb atalar edi, chunki ular oliy kasta vakillariga yaqinlashsa, bu oliy zotlarni go‘yo harom qiladi deb hisoblanardi.Eng past kastalarning haq-huquqsizligi, xo‘rlanishi quldorlik tuzumi mafkurasining eng yorqin ifodasi edi, quldorlik tuzumi davrida kishilar, bir tomondan, to‘la huquqli, erkin quldor-hukmdorlarga, ikkinchi tomondan, butunlay haq-huquqsiz, xo‘rlangan, zadalangan qullarga yoki shularga o‘xshab ketadigan kishilarga bo‘lingan edi.Ammo Hindistondagi quldorlik tuzumining yana bir xarakterli xusu-siyati shu ediki, rivojlangan quldorchilik va ekspluatatsiyaning quldorlik tizimi bilan bir qatorda g‘oyat katta iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan jamoa dehqonchiligi ham doim mavjud bo‘lib, yashab kelmoqda edi. Qishloq jamoasi quldorlik tuzumi davrida ham, keyinchalik borib feodalizm davrida ham hind jamiyatining quyi ijtimoiy-iqtisodiy yacheykasi bo‘lib xizmat qildi, bu jamiyat shu yacheyka ustiga qurilgan edi. Har bir qishloq-ning ma’lum miqdorda ekinzor yeri va yaylovi bor edi. Har bir qishloqning tepasida oqsoqol va yana bir necha mansabdor kishi turardi. Qishloq ja-moasi bir necha o‘n yoki bir necha yuz oiladan iborat bo‘lib, hunarmand-chilikning qishloq xo‘jaligi bilan qo‘shilishiga asoslangan boshlang‘ich ishlab chiqarish yacheykasini tashkil qilardi. Quldorlik tuzumi zamirida feodal tuzumi ele-mentlari tashkil topayotgan edi. G‘arbiy Yevropa va Arab xalifaligi mam-lakatlarida ko‘rganimizdek, feodal jamiyatining negizi bo‘lgan juda ko‘p sonli jamoa dehqonchiligining mavjudligi hind jamiyatiga quldorlik tuzu-midan feodal tuzumiga o‘tishni yengillashtirdi. Qullar tez-tez erkinlikka qo‘yib yuboriladigan va muayyan xizmatlarni o‘tash sharti bilan ularga uncha katta bo‘lmagan yer uchastka-lari ajratib beriladigan bo‘ldi. Podsho xo‘jaligidagi yerlarning hammasida qullar ishlamas edi, bu yerlarning talay qismi hosilning bir qismini podsho xo‘jaligiga topshirish sharti bilan ijaraga berilardi. Mayda ijarachilikka o‘tilishiga sabab, manbalarning ko‘rsatishicha, qullarning yetishmasligi edi. Shu bilan bir vaqtda qishloq jamoasining o‘z ichida muhim jarayonlar yuz bermoqda edi. Katta oilalar mayda-mayda oilalarga bo‘li-nib ketdi; katta oilaga qarashli chek yerlar ham parchalanib ketdi; bunda to‘ng‘ich o‘g‘ilga ukalariga qaraganda ko‘proq yer ajratib berilar edi. Od-diy jamoachilarning bir qismi xonavayron bo‘lib, jamoaning ancha boyroq a’zolariga qaram bo‘lib qolardi Bularning hammasi oqibat-natijada feodal qaramligi munosabatlarining o‘rnatilishiga olib keldi. XIII-XVI asrlarda Hindistonda feodal tuzumi o‘ziga xos tarzda rivoj-landi. Bir tomondan, Hindistonda musulmon yer egaligi tizimi qaror topib, shu tufayli butun yerlar davlat boshlig‘i - sultonning mulki hisoblanardi. Kelgindi musulmon feodallari sultonning harbiy xizmatchisi bo‘lib, undan iqta - vaqtincha va umrbod foydalanish uchun yer olardilar. Vaqt o‘tishi bilan kelgindi iqtadorlar ham yerning merosxo‘r egalariga aylanib bordilar, ammo bu jarayon XIV asrning oxirigacha ham tugallanmadi. Yerlarning katta qismi har ikkala din - mahalliy hind dini (eski ibodatxona yer egaligi) hamda yangi, musulmon dinidagi (vaqf yerlari) ruhoniylarning qo‘lida edi. Bu davrda Hindiston feodal tuzumining yana bir xususiyati - jamoachi dehqon xo‘jaliklarining ilgarigidek ustun bo‘lib qolganligidir. Mahalliy hind va kelgindi turk-musulmon feodallarining o‘zlari odatda xo‘jalik bilan shug‘ullanmas, balki qaram dehqonlardan oziq-ovqat rentasi, qisman pul rentasini undirib olardilar. Barshchina ishlari mavjud bo‘lgan joylarda asosan qullar va past tabaqa dehqonlar mehnatidan foydalanilardi.
XIII-XIV asrlarda Hindiston feodal tuzumining xarakterli xususiyati - shahar hayotining ancha intensiv rivojlanishidir. Jagirlarning hajmi har xil bo‘lardi; ularning ko‘pchilik qismi juda katta bo‘lib, ularda bir yo‘la o‘n minglarcha dehqonlar ishlardilar. Aholining asosiy qismini dehqonlar ommasi tashkil qilib, feodal zulmning butun og‘irligi shular zimmasiga tushardi. Qisman natura tarzida, qisman pul rentasi tarzida soliq to‘laydigan jamoachi dehqonlarning ahvoli asosan ilgarigi asrlardagidek qolavergan bo‘lsa ham, Boburiylar davrida har holda Hindistonda muhim iqtisodiy o‘zgarishlar ro‘y berib, bu o‘zgarishlar eski jamoa tizimining buzila boshlanganligidan dalolat berardi. Buning asosiy sababi mamlakatda tovar-pul munosabatlarining rivojla-nishi bo‘ldi.

Xulosa
Hind daryosi, ayniqsa uning yuqori qismi Panjobda ibtidoiy davrdan boshlab oadamlar yashab kelishgan.1920–1922-yillarda arxeologlar Panjob va Maxenjo-Doro yodgorligini topganlar. Tekshirishlardan bu yodgorlik Hind shaharlarining xarobasi bo`lib chiqdi. Bu shaharlarda aholi zich yashagan. Har ikki shahar xarobasini qazigan arxeologlar pishiq va xom g`ishtdan qurilgan 1,2,3 qavatli uy-joy, ibodatxona, hukmdorlar saroyi, omborxona hamda podsho qarorgohlarining qoldiqlarini topganlar. Bu joylardan g`isht yotqizilgan ko`chalar, pishiq g`ishtdan qurilgan quduq va hovuzlar ham topilgan. Shahar sopol quvurlar orqali keladigan suv bilan ta`minlangan.
Shaharda iflos suvlarni tashqariga chiqarib yuboradigan yer osti qurilma inshootlari bo`lgan. Har ikki shaharda zargarlik, me`morchilik, to`qimachilik, kulolchilik, qurolsozlik va hunarmandchilikning boshqa sohalari rivojlangan ekan. Bu davlatning asoschisi Gupta bo`lib, sulola ham shu nom bilan atalgan. Magadxa davlati Guptaning nabirasi Chandragupta I (milodiy 320–335) va uning o`g`li Samudragupta (milodiy 335–380) davrida ancha kuchayib, ular Himolay tog`laridan Madras shahri oralig`idagi yerlarni bosib oldilar. Guptalar sulolasi saltanatining gullab-yashnagan davri Chandragupta II podsholik qilgan 380–415-yillarga to`g`ri keladi. Chandragupta II davrida Hindistonning yerlari Panjob, Hind vohasi hisobiga kengayadi. Bu davrda Hindistonda dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, ayniqsa savdo-sotiq nihoyat darajada rivoj topadi.Chandragupta podsholik qilgan yillar Hindiston tarixida «Guptalarning oltin asri» deb madh etilgan.Chandragupta II vafotidan keyin Hindistonga O`rta Osiyo tomondan kidariylar, eftaliylar va boshqa qabilalarning hujumi boshlanib, ular Panjob va Hind vodiysida o`rnashib qoladilar.Kidariylar va eftaliylar bilan olib bonlgan urushlar natyasida juda ko`p kishilar halok bo`ladi, xo`jalikning hamma tarmoqlari izdan chiqadi.Guptalar mamlakatda markazlashgan davlatlar tuzishga ko`p harakat qiladilar. Lekin bu harakatlar yaxshi natija bermaydi. Shu bilan Hindistonning qadimgi tarixi ham o`z nihoyasiga yetadi.


Download 58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling