O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti


II bob. O`rta asrlarda Hindiston davlati va huquqi


Download 58 Kb.
bet5/7
Sana14.05.2023
Hajmi58 Kb.
#1459017
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
diyorr17

II bob. O`rta asrlarda Hindiston davlati va huquqi
2.1 O`rta asrlarda Hindiston davlatining siyosati
1206 yilda G’azna sultonlaridan mustaqil bo`lib olgan Dehli sultonligi XIII va XIV asr davomida ancha katta davlat sifatida yashadi.Dehli sultonligi ayniqsa XIII asr oxiri va XIV asr boshlarida ken-gaydi, bu vaqtda uning tarkibiga Shimoliy Hindistondan tashqari Markaziy Hindiston viloyatlari va Dekan yassi tog`ligidagi ko`pchilik davlatlar ki-rardi. Dekan 1306-1310 yillarda sulton Oloviddin Xiljiy tomonidan bosib olindi. Navbatdagi sultonlardan biri - Muhammad Tug`laq (1325-1351 yil-lar) deyarli butun Hindistonni bo`ysundirib, hatto Eron bilan Xitoyni zabt etishni orzu qilgan edi. Ammo sultonlikning kengayishi mustahkam xarak-terga ega emas edi. XIV asr o`rtalarida Dehli ajralib chiqdi, ko`p o`tmay Dehlidan shimoldagi ko`pgina viloyatlar, shu jumladan, Bengaliya ajralib ketdi. Dehli sultonligi tarkibiga kirgan ko`pchilik viloyatlar XIV asrning ikkinchi yarmida mustaqil davlatga aylanib oldi. Sulton Dehlining o`zida uncha mustahkam hokimiyatga ega emasdi, chunki u yerda feodallarning turli guruhlari o`rtasida hokimiyat uchun uzluksiz kurash borardi.XIV asrda Hindiston tamomila tarqoq feodal davlat edi. Juda ko`p musulmon va hind feodal davlatlari bir-birlari bilan uzluksiz kurash olib borardilar. Shafqatsiz feodal ekspluatatsiyasi va to`xtovsiz ichki feodal urushlari. 70-yillarda Dehli sultoni o`z qo`lida qolgan ozgina yerlarni ham himoya qilishga qodir emasdi. Markaziy hokimiyatning zaifligi Hindiston-ni yangi chet el hujumlariga qarshilik ko`rsata olmaydigan qilib qo`ydi. XIV asrning oxirida Dehli sultonligi Amir Temur qo`shinlari tomonidan qaqshatqich zarbaga uchradi. Ammo Temur Hindistonni birlashtirish va hatto uni O`rta Osiyodagi o`z yerlari bilan biror darajada mustahkam bog`-lash maqsadini qo`ymagan edi. Boshqa yurishlar bilan band bo`lgan Te-mur Hindistonni o`z holicha tashlab qo`ya qoldi. Temur vafotidan keyin Hindiston o`zining mustaqil davlatini tuzishi mumkindek tuyuldi, biroq bu yerdagi iqtisodiy inqiroz bunga halaqit bergan edi. To`g`ri, XIV-XV asr-larda Hindistonning janubida ancha yirik davlatlar - Baxmani va Vijayana-gar mavjud edi. Lekin ular ham uzoq yashamadi va tez orada bir necha mayda knyazliklarga ajralib ketdi. XVI asrda Hindistonda yevropaliklar paydo bo`ldi. Portugallar yevropaliklar ichida Hindistonni mustamlakachi-lik ekspluatatsiyasiga birinchi bo`lib duchor qildilar. Keyinchalik, XVI asr oxiri XVII asr boshlarida ularga gollandlar va inglizlar kelib qo`shildilar. XV asr mobaynida Dehli sultonligi buyuk davlat bo`lmay qolgan edi. Dehli shahri va uning atrofidagi yerlar hukmroni Dehlining buyuk sultoni degan dabdabali unvonga ega bo`lsa ham, Shimoliy Hindistondagi oddiy davlat - knyazliklardan biri edi. Eng yirik davlat - qo`shni Bengaliya knyazligi edi, biroq u ham loaqal Shimoliy Hindiston uchun gegemonik rolini o`z zimmasiga ololmas edi.1526 yilda Temurning evarasi - amir Bobur afg`on tog` yo`llari orqa-li Hindistonga kirib bordi. U Dehlini bosib olib, o`zini Hindiston imperatori (to`g`rirog`i - shoh) deb e`lon qildi. Bobur bu yerda Hindiston va Afg`oniston yerlaridan iborat katta bir davlatga asos soldi. Bu davlat ko`pgina tarixiy, shuningdek, huquqiy-tarixiy adabiyotlarda Buyuk mo`g`ullar im-periyasi deb noto`g`ri yuritiladi. Chunki uning asoschisi Bobur o`zbek shoiri va yozuvchisi, sarkarda va davlat arbobi bo`lib, uni mo`g`ullar avlo-diga hech qanday aloqasi yo`q. Shuning uchun Bobur asos solgan ushbu sulolani Boburiylar saltanati deb atash haqiqatga yaqindir. Bundan tash-qari, Boburning avlodlari o`zlarini «mo`g`ullar» deb emas, «Boburiy mirzolar» deb atashgan.Bobur va uning vorislari davrida Hindiston har tomonlama ravnaq topdi. Lekin Boburiylarning so`nggi vakili Avrangzeb vafotidan so`ng bu saltanat ayrim parchalarga bo`linib ketdi va tez orada Yevropa mustamla-kachilari tomonidan asoratga solindi. Shu tariqa, Hindistonning o`rta asr-lardagi rivojlanishi ham nihoyasiga yetdi.Umuman, o`rta asrlarda Hindiston davlati va huquqi tarixini quyidagi davrlarga bo`lib o`rganish mumkin:
1) Hind feodal davlatining tashkil topishi davri (IV-X asrlar);
2) Dehli sultonligi va Boburiylar saltanati davri (X-XVI asrlar);
3) Hind feodal davlatining inqirozi va Angliya hukmronli-gining o`rnatilishi davri. Garchand, Hindistonning o`rta asrlarda davrlarga bo`linishi masalasida yagona fikr bo`lmasa-da, uni yana quyidagicha davr-larga bo`lish ham mumkin:
1) ilk o`rta asrlar (VI-X asrlar);
2) rivojlangan o`rta asrlar (X-XVI asrlar);
3) kechki o`rta asrlar (XVI asrdan keyingi davr).
Hindiston ijtimoiy tuzumining xususiyatlari Ilk o`rta asrlardan boshlab dehqonlar jamoalarini asoratga solish, ularni soliqqa tortish jarayoni kuchaygan, xususiy yer egaligining o`sishi bilan feodal ekspluatatsiyaning turli shakllari vujudga kelgan.Gupta davrida Hindistonning ijtimoiy tuzumi asosan hali quldorlik xarakterini saqlab qolgan edi. Qullar turli irrigatsiya va qurilish ishlarida, qishloq xo`jaligida hamda ko`pdan-ko`pi xizmatkor va malay sifatida uy-ro`zg`or ishlarida keng foydalanilardi. Qullar bozori keng yo`lga qo`yil-gunicha davom etmoqda edi. 4Qullar Osiyodangina emas, hattoki Afrikadan ham keltirilardi. Hind jamiyatida quldorlikka xos alomatlarning mavjudligi aholining kastalarga (tabaqalarga) bo`linishida ham namoyon bo`lgan edi, bu bo`li-nish Gupta davrida ham saqlanib, yanada rivojlanmoqda edi. Qadimiy kas-talarning to`rtta asosiy turi - braxmanlar (kohinlar), kshatriylar (jangchi-lar), vayshiylar (dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar) va shudralar (sobiq qullarning va har toifadagi qaram kishilarning eng past tabaqasi bo`lib, bular «kishi hazar qiladigan» ishlarni bajaruvchi kishilar edi) - hali juda qadim zamonlarda tarkib topgan hind jamiyati ijtimoiy tuzilishining turli bosqichlarini ifoda etardi. O`rta asrlarning boshlarida hind kastalari ancha evolyutsionlashdi. Braxmanlar va kshatriylar kohin va harbiy tabaqalarga aylanib ketdilar, davlat hokimiyati ularning qo`lida edi, shu bilan birga ular juda ko`p qullari bo`lgan eng yirik yer egalari edilar. Ikkinchi bir o`rtacha va past darajadagi kastalar vaqt o`tishi bilan maydalashib bordi. Gupta davrida kastalarning miqdori bir necha o`n turdan oshdi. Jamiyat-ning shudraga oid eng tuban kastasi «hazarli kishilar» deb atalar edi, chun-ki ular oliy kasta vakillariga yaqinlashsa, bu oliy zotlarni go`yo harom qiladi deb hisoblanardi.Eng past kastalarning haq-huquqsizligi, xo`rlanishi quldorlik tuzumi mafkurasining eng yorqin ifodasi edi, quldorlik tuzumi davrida kishilar, bir tomondan, to`la huquqli, erkin quldor-hukmdorlarga, ikkinchi tomondan, butunlay haq-huquqsiz, xo`rlangan, zadalangan qullarga yoki shularga o`xshab ketadigan kishilarga bo`lingan edi. Ammo Hindistondagi quldorlik tuzumining yana bir xarakterli xusu-siyati shu ediki, rivojlangan quldorchilik va ekspluatatsiyaning quldorlik tizimi bilan bir qatorda g`oyat katta iqtisodiy ahamiyatga ega bo`lgan ja-moa dehqonchiligi ham doim mavjud bo`lib, yashab kelmoqda edi. Qish-loq jamoasi quldorlik tuzumi davrida ham, keyinchalik borib feodalizm davrida ham hind jamiyatining quyi ijtimoiy-iqtisodiy yacheykasi bo`lib xizmat qildi, bu jamiyat shu yacheyka ustiga qurilgan edi. Har bir qishloq-ning ma`lum miqdorda ekinzor yeri va yaylovi bor edi. Har bir qishloqning tepasida oqsoqol va yana bir necha mansabdor kishi turardi. Qishloq ja-moasi bir necha o`n yoki bir necha yuz oiladan iborat bo`lib, hunarmand-chilikning qishloq xo`jaligi bilan qo`shilishiga asoslangan boshlang`ich ishlab chiqarish yacheykasini tashkil qilardi. Gupta podsholarining iqtiso-diy qudrati birinchi navbatda behisob dehqon jamoalarini ekspluatatsiya qilishga asoslangan edi.Biroq, Gupta davri quldorlik tizimining tushkunlikka yuz tuta boshla-ganligi bilan tavsiflanadi. Quldorlik tuzumi zamirida feodal tuzumi ele-mentlari tashkil topayotgan edi. G`arbiy Yevropa va Arab xalifaligi mam-lakatlarida ko`rganimizdek, feodal jamiyatining negizi bo`lgan juda ko`p sonli jamoa dehqonchiligining mavjudligi hind jamiyatiga quldorlik tuzu-midan feodal tuzumiga o`tishni yengillashtirdi. Gupta davrida quldorchilik tugatilib, feodalizm tug`ila boshlaganligini bir qancha faktlardan ko`rishi-miz mumkin. Qullar tez-tez erkinlikka qo`yib yuboriladigan va muayyan xizmatlarni o`tash sharti bilan ularga uncha katta bo`lmagan yer uchastka-lari ajratib beriladigan bo`ldi. Podsho xo`jaligidagi yerlarning hammasida qullar ishlamas edi, bu yerlarning talay qismi hosilning bir qismini podsho xo`jaligiga topshirish sharti bilan ijaraga berilardi. Mayda ijarachilikka o`tilishiga sabab, manbalarning ko`rsatishicha, qullarning yetishmasligi edi. Shu bilan bir vaqtda qishloq jamoasining o`z ichida muhim jarayonlar yuz bermoqda edi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning o`sishi va ishlab chiqarish qurollari-ning takomillashishi natijasida kichikroq oilaning kuchi bilan ham xo`jalik yuritish mumkin bo`lib qoldi. Katta oilalar mayda-mayda oilalarga bo`li-nib ketdi; katta oilaga qarashli chek yerlar ham parchalanib ketdi; bunda to`ng`ich o`g`ilga ukalariga qaraganda ko`proq yer ajratib berilar edi. Od-diy jamoachilarning bir qismi xonavayron bo`lib, jamoaning ancha boyroq a`zolariga qaram bo`lib qolardi. Jamoa ichida ekspluatatorlar qatlami bunyodga kelar edi, bularning juda ko`p mol-hayvonlari va mehnat qurol-lari bo`lib, xonavayron bo`lgan jamoachilarni ekspluatatsiya qilar edilar. Bularning hammasi oqibat-natijada feodal qaramligi munosabatlarining o`rnatilishiga olib keldi. XIII-XVI asrlarda Hindistonda feodal tuzumi o`ziga xos tarzda rivoj-landi. Bir tomondan, Hindistonda musulmon yer egaligi tizimi qaror topib, shu tufayli butun yerlar davlat boshlig`i - sultonning mulki hisoblanardi. Kelgindi musulmon feodallari sultonning harbiy xizmatchisi bo`lib, undan iqta - vaqtincha va umrbod foydalanish uchun yer olardilar. Ular aholidan (dehqonlardan) renta undirib olish huquqiga ega edilar. Ikkinchi tomon-dan, mamlakatda mahalliy feodallar - knyazlar (rojalar) saqlanib qolgandi. Ular o`z viloyatlarini amalda mustaqil ravishda boshqarib, sultonga muay-yan miqdorda boj to`lardilar. O`rta va mayda hind feodallari - rojaputlar va boshqalar - qisman meros bo`lib qolgan feodal mulkchiligi huquqi asosida, qisman harbiy xizmatni o`tab turgan paytida vaqtincha beriladigan in`om tariqasidagi yerga egalik qilardilar. Vaqt o`tishi bilan kelgindi iqtadorlar ham yerning merosxo`r egalariga aylanib bordilar, ammo bu jarayon XIV asrning oxirigacha ham tugallanmadi. Yerlarning katta qismi har ikkala din - mahalliy hind dini (eski ibodatxona yer egaligi) hamda yangi, musulmon dinidagi (vaqf yerlari) ruhoniylarning qo`lida edi.Bu davrda Hindiston feodal tuzumining yana bir xususiyati - jamoachi dehqon xo`jaliklarining ilgarigidek ustun bo`lib qolganligidir. Mahalliy hind va kelgindi turk-musulmon feodallarining o`zlari odatda xo`jalik bilan shug`ullanmas, balki qaram dehqonlardan oziq-ovqat rentasi, qisman pul rentasini undirib olardilar. Barshchina ishlari mavjud bo`lgan joylarda asosan qullar va past tabaqa dehqonlar mehnatidan foydalanilardi.XIII-XIV asrlarda Hindiston feodal tuzumining xarakterli xususiyati - shahar hayotining ancha intensiv rivojlanishidir. Qadimgi tarix davrida-yoq mavjud bo`lgan shaharlar qatoriga sultonlar va ularning nabiralari - feodallarning rezidentsiyasi sifatida vujudga kelgan ko`pgina yangi shaharlar qo`shildi. Dehli shahrining o`zi ana shunday feodal-poytaxt shahri uchun misol bo`la oladi. Bu yerda juda ko`plab saroy ahli va xizmatchilari, askarlar, amaldorlar va shu singarilardan tashqari, ko`pgina hunarmandlar va savdogarlar yashab, ular sulton saroyi hamda poytaxtdagi boshqa feodallarning iqtisodiy ehtiyojlarini qondirdilar.Agrar munosabatlar ilgari Dehli sultonligida qanday rivojlangan bo`lsa, Boburiylar davrida ham xuddi shunday yo`nalishda rivojlanaverdi, ammo ularning Hindistonning yangi yerlarini bosib olishi natijasida yerga davlatning feodal usulida egalik qilishi yanada kuchaydi. Imperator hamma yerlarning oliy egasi deb hisoblanardi. Aslida u yerlarning bir qis-migagina egalik qilardi. Imperatorga tegishli yerlar mamlakatdagi ekin ekiladigan hamma yerlarning taxminan sakkizdan bir qismiga teng edi. Ana shu yerlardan olinadigan daromad shoh saroyi va shoh qo`shin-lari harajatlari uchun asosiy manba bo`lib xizmat qilardi. Qolgan yerlarni imperator asosan feodal zodagonlariga, ko`proq musulmonlarga jagirlar sifatida bo`lib berar edi. Jagirning ma`nosi harbiy xizmat o`talayotgan muddatda beriladigan va meros bo`lib qoladigan yer demakdir. Jagir egasi - jagirdor rasman o`ziga qarashli yerlarda yashovchi aholidan feodal ren-tasi yig`ish huquqinigina olardi. Amalda esa jagirdor mehnatkash aholi ustidan hukmdlorlik qilar, aholiga o`zi xohlaganicha turli soliqlar solar va oddiy xalqni har xil ishlarni bajarishga majbur qilar edilar. Jagirlarning hajmi har xil bo`lardi; ularning ko`pchilik qismi juda katta bo`lib, ularda bir yo`la o`n minglarcha dehqonlar ishlardilar.Feodal yer egaligining asosiy shakli bo`lgan jagir bilan bir qatorda mamlakatdagi yerga egalik qilishning ilgari tarkib topgan va yangidan ri-vojlanayotgan boshqa shakllari ham bor edi. Jumladan, Boburiylar davlati-da hind feodallari bosib oluvchilarga bo`ysunish va ularga muntazam boj to`lash sharti bilan yerga egalik qilishni saqlab qolgan edilar. Mahalliy beklar va qabilalarning rahbarlari - zamindorlar kelgindi zabtchilar uchun aholidan soliq to`plash huquqini olgan edilar. Zamindorlar vazifasi meros bo`lib o`tadi deb e`lon qilinganligi sababli, zamindorlar vaqt o`tishi bilan soliq yig`iladigan ana shu yerlarni ham o`z yer mulklarining bir turi deb hisoblay boshladilar. Yer mulki asosan, musulmonlar qo`liga o`tgan bo`-lsa, savdo, sudxo`rlik operatsiyalari va ayniqsa hunarmandchilik mahalliy hind aholisi qo`lida qoldi. Musulmon savdogarlari qadimdan beri O`rta Osiyo va Yaqin Sharq bilan savdo aloqalari qilib kelayotganliklari sababli quruqlikda va qisman dengiz orqali tashqi savdodagina hindlardan ustun turardilar.Aholining asosiy qismini dehqonlar ommasi tashkil qilib, feodal zulmning butun og`irligi shular zimmasiga tushardi. Qisman natura tarzi-da, qisman pul rentasi tarzida soliq to`laydigan jamoachi dehqonlarning ahvoli asosan ilgarigi asrlardagidek qolavergan bo`lsa ham, Boburiylar davrida har holda Hindistonda muhim iqtisodiy o`zgarishlar ro`y berib, bu o`zgarishlar eski jamoa tizimining buzila boshlanganligidan dalolat berar-di. Buning asosiy sababi mamlakatda tovar-pul munosabatlarining rivojla-nishi bo`ldi. Ayni vaqda Hindistonda shaharlar rivojlandi, sanoat ishlab chiqarishi o`sdi; rivojlanayotgan shaharlar qishloq xo`jalik mahsulotlariga tobora ko`proq ehtiyoj sezdilar. Bularning hammasi mayda qishloqlarning biqiqligini ko`p jihatdan yo`qotgan edi. Dehqon jamoalari tobora ko`proq bozor munosabatlariga jalb qilindilar.
Shuning natijasida jamoalar ichida dehqonlarning turli guruhlari o`rtasida tengsizlik kelib chiqdi. Jamoa zodagonlari (oqsoqol, mirza, ma-halliy do`konchi va boshqalar) jamoaning chek yerlariga ega bo`lgan a`zo-lari bilan birgalikda dehqon kambag`allariga qarama-qarshi turardilar. Kambag`allarining katta qismi «moxov» kastalari deb ataladigan past taba-qa vakillaridan iborat edi. Bu kambag`allar batraklar sifatida ekspluatat-siya qilinardilar. Kambag`al dehqonlar, shuningdek, ip yigirish va gazlama to`qish bilan shug`ullanardilar. Patriarxal-jamoa tartiblarining yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi va feodal ekspluatatsiyasining o`sishi sharoitida hind qishlog`ining qashshoqlashuvi keyinchalik ko`plab keng xalq harakatlarini keltirib chiqardiki, bu harakatlar oqibat natijada Boburiylar davlatini inqirozga olib keldi.Hindistonda hokimiyat va davlat boshqaruvining tashkil etilishi: Milodning IV asrlari boshlariga qadar Hindiston bir necha mustaqil davlatlardan iborat bo`lib, har bir davlat boshida mamlakatini to`la egallagan podsholar – Maxarajalar turgan. IV asrning boshlarida shimoliy Hindiston, Gang va Hind daryolari havzasini birlashtirgan juda katta imperiya - Guptalar dav-lati vujudga keladi. Bu boshida hindlar turgan oxirgi saltanat bo`lib, VI asrlargacha hukm suradi. Hindiston VI-XII asrlarda bir-biri bilan iqtisodiy aloqada bo`lgan ko`p sonli davlatlar - knyazliklarning yig`indisidan iborat bo`lib, dastlabki davrlarda ushbu davlatlarda urug`doshchilik munosabat-larining ko`pgina qoldiqlari saqlanib qolgan edi. Bu davlatlar tepasida kichik-kichik podsholar-rojalar turar edi, ular hukmron tabaqalarga – brax-manlar tabaqasiga (kohinlarga) va kshatriylar tabaqasiga (harbiy zodagon-larga) suyanar edi. Vaqti-vaqti bilan bu davlatlar urushlar natijasida hukmdorlar tomonidan ancha yirikroq davlatlarga birlashtirilib turardi.VII asrda rivojlangan Xarsha, Chalukilar davlatlari, VIII asrdagi Gudjara-Pratixarlar davlatlari ana shunday davlatlar bo`lgan. Lekin ular ham qabilaviy podsholiklar yig`indisidan iborat primitiv davlatlar edi. Ularning chegaralari doimo o`zgarib turardi hamda muntazam ma`muriy apparati tashkil etilmagandi. Bu davlatlar tepasida maxarajalar - buyuk knyazlar turardi. Ba`zi mayda podsholiklarda podsholar saylab qo`yilardi. Maxarajalarga maslahatchilar yordam berardi. Maslahatchilar mantri-parishad deb ataluvchi maslahatchi organ tarkibiga kirardilar. Davlat apparatida muhim o`rin harbiylarga va soliq yig`uvchilarga tegishli edi.An`anaviy siyosiy tarqoqlik, markaziy davlat apparatining kuchsiz-ligi o`rta asrlar Hindistoni uchun xos bo`lgan belgi edi. Bu hind jamiyati jamoaviy tashkilotlarining mustahkamligi, barqaror mavjudligi va o`z-o`zidan rivojlanishi bilan ham tavsiflanadi.Hindiston musulmonlar tomonidan bosib olingandan so`ng ma`lum darajada davlat birligiga erishilgan. Musulmonlarning Hindistondagi bos-qinchilik urushlari XII asrdayoq boshlangan edi. Bosib olingan hind yerlari dastlab Guriylar davlati tarkibiga kiritilgan, so`ngra esa XIII asrdan Dehli sultonligi nomini olgan mustaqil davlatga ajratilgan. 1229 yilda Dehli sul-tonligi Bog`dod xalifasi tomonidan mustaqil davlat sifatida tan olingan. Biroq Dehli hukmdorlarining boshqa musulmon dunyosi bilan mustahkam aloqalari uzilib qolmagan. Dehli sultonlari u yoki bu chet el hukmdorlari-ning - turklar, tojiklar, forslarning gumashtalari bo`lib qolaverganlar.XVI asrning boshida Hindiston Bobur qo`shinlari tomonidan bosib olingan. Yuqorida aytganimizdek, tarixda noto`g`ri nom bilan yuritiladi-gan «Buyuk mo`g`ullar imperiyasi» vujudga kelgan. Bu aslida Boburiylar saltanati edi. XVI asrning oxiri - XVII asrda ushbu davlat juda ravnaq topgan.Dehli sultonligida ham, Boburiylar saltanatida ham monarxiya bosh-qaruv tizimiga asoslangan davlat hokimiyati organlari musulmon davlati-ning islom diniy ta`limoti asosida tashkil etilgan edi. Bu ta`limotga asosan Allohga ishonuvchi barcha musulmonlar bitta boshliqqa ega bo`lishi kerak. Musulmon davlati bevosita Alloh tomonidan boshqarilmaydi. Balki Alloh qonunlari asosida uning yerdagi vakili tomonidan yoki ko`p hollarda ruhoniylar kengashi tomonidan boshqariladi, bu kengash islom dinining o`ziga xos qoidalariga ega bo`ladi. Rasman musulmon hukmdorlarining vakolatlari ana shu qoidalar asosida belgilanadi. Lekin amalda bu vakolatlar hukmdorlar va zodagonlar o`rtasidagi hokimiyat uchun tinimsiz kurashlar natijasida belgilanar edi. Masalan, Dehli sultonligida musulmon zodagonlarining kuch-qudrati Nasriddin Mahmud (1246-1265 yillar) hukmronligi davrida sultonlar mavqeining mustahkamlanishi bilan almashgan. Muhammad Tug`loq (1325-1351 yillar) o`z tanga pullariga «Sulton - xudoning soyasi» deb yozdirib qo`y-gan edi. Bobokalonimiz Bobur esa ilohiy huquqlarga ega bo`lgan podshoh unvonini olgan edi.Davlat boshlig`i (sulton, podshoh)ning hokimiyati merosiy bo`lgan. U o`ziga taxt vorisi tayinlashi mumkin edi. Qur`onda hukmdorlarning maj-buriyatlari sanab o`tilgan. Ulardan birinchisi islomni himoya qilish, jumla-dan, diniy urf-odatlarni qo`llab-quvvatlash va bid`atchilarni ta`qib qilish hisoblangan. Musulmon hukmdorlar bu talablarga bosib olingan Hindis-tonda har doim amal qilavermaganlar. Chunki hayot ko`pincha ularni ma`-lum yon berishlar qilishga, din erkinligi siyosatini yuritishga majbur qilar-di.Musulmon hukmdorlari oliy qonun chiqarish va sud hokimiyatiga ega edi. Musulmon davlatida davlat boshlig`idan keyin ikkinchi shaxs - oliy chinovnik - vazir bo`lgan. U harbiy va moliyaviy idoraga rahbarlik qilgan. Uning asosiy majburiyati sultonning buyruqlarini hayotga tadbiq qilish edi. Vazirlar ko`pincha butun hokimiyatni o`z qo`llarida to`plardilar. Dehli sultonligida ham, Buyuk Boburiylar saltanatida ham markaziy boshqaruvni maxsus hukumat idoralari - devonlar amalga oshirgan. De-vonlar boshqaruvning turli sohalarini idora qilganlar, turli ma`lumotlarni saqlovchi maxsus kitoblar yuritganlar, umumdavlat ahamiyatiga ega bo`l-gan statistik ma`lumotlar to`plaganlar.Harbiy mahkama musulmon davlati mexanizmida alohida o`rinni egallardi. U harbiy kuchlarni, yollanma qo`shinlar sonini, sulton yoki pod-shohning shaxsiy qo`riqchilarini, yer va pul mukofotlarini, gornizonlarning joylashgan joyini hisobga olish bilan shug`ullanardi. Bu mahkamaning bosh intendanti va xazinachisi Boburiylar saltanatida jagirlar berilishini nazorat qilgan, ko`riklarda qo`shinlar hisobini, uning qurollanishini tek-shirgan. Moliya mahkamasi davlat xazinasiga soliqlar, o`lponlar va boshqa tushumlarning kelib tushishini va hisobga olinishini nazorat qilgan.Barcha davlat xizmatchilarining tayinlanishini va ularga davlat xazi-nasidan mablag`lar hamda yerlar berilishini maxsus mahkama amalga oshirgan. Bu mahkama tepasida XVI asrda mirsamana turardi. U bir vaqt-ning o`zida podshohlik ustaxonalari va omborxonalarini ham yuritardi.Davlatning yana bir muhim mahkamasi - Sadr-us-sudur bo`lgan. U o`ziga xos din va sud bosh boshqarmasi hisoblangan. Unga bevosita podshohning o`zi yoki uning tomonidan tayinlangan maxsus vakil boshchilik qilgan. Qozilar xuddi shu mahkama tomonidan tayinlanardi.Dehli sultonligida ham, Boburiylar saltanatida ham saroy mansab-dorlari va davlat mansabdorlari funksiyalari o`rtasida aniq chegaralar yo`q edi. Dehli sultonligining saroyi mamlakat siyosiy hayotining va imperiya boshqaruvining markazi bo`lgan. Saroyda saroy boshqaruvchisi - vakildor alohida o`rin tutardi. U sultonning oilasiga va yaqinlariga qilinadigan xizmatlarni uyushtirgan, ularning ovqatlanishini ta`minlagan, sultonning xizmatkorlarini boshqargan. Boburiylar saltanatida barcha saroy xizmat-chilari harbiy unvon va darajaga ega bo`lganlar. Ular ko`pincha davlat mansabdorlari faoliyati ustidan nazorat qilib turganlar. Markaziy bosh-qaruvda podshohning shaxsiy kotibi katta rol o`ynardi. U podshoh farmon-larini ko`rib chiquvchi maxsus amaldor edi.Dehli sultonligi va Boburiylar saltanati davlat mexanizmining umu-miy belgilari ular o`rtasidagi farqlarni istisno qilmagan. Har ikki davlat o`z vaqtida o`ziga xos davlat organlari, mansabdor shaxslari va siyosiy rejimi bilan ajralib turgan. Dehli sultonligining hukmdorlari bosib olingan mam-lakatlarda o`z hokimiyatini xalq va isyonchi hind hukmdorlari qarshiligini bostirishning qattiq usullari bilan o`rnatganlar. Sultonlar harbiy kuchlarga suyanib, bo`ysunmagan kishilarning mol-mulklarini musodara qilganlar, o`zlarini o`ldirganlar. Islom (sunniylik oqimi) davlat dini, fors tili esa - sud ishlarini yuritish tili bo`lib qolgan. Boburiylar hukmronligi mutlaqo bosh-qacha yo`ldan bordi. Masalan, Boburning nevarasi shoh Akbar o`zidan oldin o`tgan shohlardan boshqacha yo`l tutib, hind feodallarini o`z xizma-tiga tortishga harakat qilgan edi. Shuningdek, u hind savdogarlariga doim homiylik qilib kelgan edi. Induizmga e`tiqod qiluvchilarga nisbatan diniy ta`qib ham Akbar davrida to`xtatildi. Hind aholisi juz`yadan, ya`ni hindlarni kamsituvchi, jon boshiga soli-nadigan og`ir soliqlardan ozod qilingan edi, bundan oldin esa bu soliqdan faqat musulmonlargina ozod edi. Akbar din erkinligi to`g`risida farmon chiqarib, avvallari majburiy ravishda islom diniga kiritilgan hindlarga o`z-larining ilgarigi dinlariga bemalol qaytishga ruxsat etgan edi. Akbar pod-sholik qilgan davr har ikkala lager - musulmon va hind feodallari muayyan darajada jipslashgan davr bo`ldi. Bu davrda juda katta miqdordagi yerlar nafaqat musulmon ruhoniylariga, balki induslarning ibodatxonalariga ham berildi. Shaharlarga nisbatan siyosatda ham ba`zi o`zgarishlar yuz berdi. Masalan, Akbar davridan boshlab ma`muriy va soliq apparatidagi oliy ma-nsablarga savdogarlardan, hunarmandlardan va past tabaqadan shaxslar tayinlana boshlandi.Boburiy hukmdorlar sunniylik oqimining xanafiylar mazhabidan bo`-lganliklari uchun boshqaruv va sud ishlarini yuritishda mahalliy sharoit-larni hisobga olishni talab qilardilar. Akbarning bu yo`ldagi siyosatini uning vorislari - o`g`li Jahongir (1605-1627 yillar) va nabirasi shoh Jahon (1627-1658 yillar) davom ettirdi.Qadimgi Hindistondayoq ma`muriy bo`linishning joriy qilinishi jamoachi dehqonlardan soliq va o`lpon-lar undirish maqsadiga bo`ysundirilgan edi. Masalan, Gupta va Xarsha imperiyalari provinsiyalarga bo`linib, ularni chegara vi-loyatlarining boshliqlari yoki noiblar boshqarardilar. Provinsiyalar okrug-larga bo`lingandi. Eng kichik ma`muriy birlik qishloq jamoasi edi.Musulmon hukmdorlari yangi ma`muriy-hududiy bo`linishni joriy qilganlar. Dehli sultonligi 23 ta provinsiyaga bo`lingan. Yirik provinsiya-lar shiki (viloyat)larga bo`lingan edi. Undan keyingi ma`muriy-hududiy birlik - pargana (tuman) bo`lgan. Uning tarkibiga bir qancha qishloqlar va patta - bir-ikki qishloq kirgan. Boburiylar saltanati Akbar podsholigi davrida 15 ta viloyatga bo`linib, har bir viloyatga shoh noibi - hakam (gubernator) boshliq qilib qo`yilgan edi. Shuningdek, har bir viloyatga foujarlar - harbiy boshliqlar, gumashtalar - soliq yig`uvchilar va kutvollar - shahar boshliqlari tayinlanardi.Dehli sultonligida ham, Boburiylar saltanatida ham ma`lum darajada braxman-kshatriylarning yuqori tabaqasi boshchiligidagi jamoalarning o`zini o`zi boshqaruvi saqlanib qolgan edi. Musulmon hukmdorlari hind jamoalarini, ayniqsa yirik jamoalarni to`liq bo`ysundira olmaganlar. Masa-lan, Boburiylar mahalliy hukmron urug`larning egaliklarini tan olmagan-lar. Lekin amalda pargana va patta singari ma`muriy birliklar urug`larning egaliklari bilan mos tushgan.Hind jamoalari tepasida mukkadamlar, chaudxrlar (dohiylar) tur-gan. Ular hukmron bo`lgan kastalarning boshliqlari edilar. Jamoalar tarki-bida bir nechta qishloqlar bo`lardi. Qishloq tepasida xuta turgan. Mukka-damlar, chaudxrlar, xutalar markaziy apparatning mansabdorlari emas, so-liq to`lovchilarning vakillari edi. Jamoa mansablari meros bo`lib o`tardi, shuningdek merosxo`rlar o`rtasida taqsimlanardi. Bu vaqtda jamoa ken-gashlari - panchayatlar ham mavjud edi. Panchayatlar okrugda, qishloqda hukmron bo`lgan kastalarning vakillaridan iborat tarkibda bo`lardi.usulmon hukmron rejimining musathkamligi uning armiyasining jangovarligini belgilagan. Musul-monlardan iborat otliq askarlar armiyaning asosiy kuchi bo`lgan. Saroy qo`riqchilariga va boshqa saralab olingan qo`shinlarga alohida o`rin ajratil-gan edi. Dehli sultonligining armiyasi o`nlik tizimi asosida tashkil etilgan edi. Harbiy va fuqarolik chini harbiylarning soniga qarab belgilangan. Amir yuzta chavandozga, malik - mingta chavandozga, xon - o`n mingta chavandozga qo`mondonlik qilardi.Boburiylar saltanatida qo`shinlar soni yollanma askarlar hisobiga an-cha ko`paytirilgan edi. YOllanma askarlarga bevosita xazinadan haq to`la-nardi. Yollanma askarlar alohida imtiyozli mavqega ega edilar. Ular bevo-sita podshohga itoat etardilar. Shunisi diqqatga sazovorki, qudratli yer ega-liklari o`zlarining harbiy qo`shinlariga ega edilar. Yirik hind jamoalari o`z hududlarini va huquqlarini qo`lga qurol olib birgalikda himoya qilardilar.Barcha musulmon davlatlarida sud ishlarini yuritish Qur`on qoidalari asosida amalga oshirilgan. Bunga ko`ra, sud ma`muriyatdan ajratilgan va davlat boshlig`i tomonidan tayinlangan qo-zilar tomonidan amalga oshirilar edi. 5
Sud tizimida sud mansabdorlarining pog`onama-pog`ona bo`ysunishi, fuqarolik va jinoiy sud ishlarini yuritish o`rtasidagi farq ham mavjud emas edi. Qozilar ishlarni yakka o`zlari ko`rib hal qilganlar. Mahalliy qishloq, kastaga oid jamoalarning barqarorligi maxsus panchayatlar sudlarining mavjudligini belgilagan. Panchayatlar sudlari muhim vakolatlarga ega edilar. Ular jamoalarning yerlarini taqsim-laganlar, kastalar o`rtasidagi munosabatlarni tartibga solganlar, kastaga oid va oilaviy tartib-qoidalarga rioya qilinishini kuzatib turganlar. O`rta asrlarda Hindistonning huquqiy tizimi musulmon huquqi ta`siri ostida muhim o`zgarishlarga uchradi. Hindistonda musulmon hukmronligi o`rnatil-gandan keyin mahalliy huquq va dxarmashastra huquqining qo`llanishi ham shaxslar doirasi jihatidan, ham bu huquq normalari bilan tartibga soli-nadigan munosabatlar doirasi jihatidan qisqardi. Jinoyat ishlari musulmon huquqi normalari asosida musulmon sudyalari - qozilar tomonidan hal eti-lishi lozim edi. Musulmon huquqi hududiy xarakter kasb etib, bosib olin-gan hududlar aholisining barchasiga qo`llanilardi. Musulmon huquqi nor-malari o`zining eskirgan kontsepsiyalari, sun`iy, kam samarali dalillar tizimi bilan 1832 yilda mustamlakachi davlat tomonidan musulmon huquqi normalarining barcha nomusulmonlarga nisbatan qo`llashning bekor qili-nishi haqidagi qonun qabul qilinguncha qaror harakatda bo`ldi. Din bilan bog`liq hisoblangan barcha munosabatlar - nikoh-oila munosabatlari, meros, diniy muassasalar faoliyati alohida huquqiy tizimlar bilan, ya`ni musulmonlar haqidagi ishlar musulmon huquqi bilan, induizm dinidagi kishilar haqidagi ishlar hind huquqi bilan tartibga solingan. Bun-dan tashqari, musulmon bosqinchiligi kasta va jamoa tartiblariga kam ta`sir etgan. Bu yerda panchayat, kasta sudlari harakat qilavergan. Ular jinoiy ishlarni ham mahalliy odat huquqi asosida ko`rib hal qilardilar. O`rta asrlar Hindistonida qadimgi dxarmashstralar huquqini qaytadan tahlil qilish, tanqidiy o`rganish, sharhlash, uni yangi sharoitlarga moslash-tirishga qaratilgan jadal jarayon boshlangan. Ko`p sonli huquqiy traktatlar (asarlar)ning, u yoki bu dxarmashstralarga sharhlarning yoki u yoki bu huquqiy masalalar bo`yicha indiuzm dinida e`tibor qozongan kishilarning fikrlari to`plamlari (nibandxlar) ning paydo bo`lishi ushbu jarayonning natijasi bo`ldi. Sharhlar va nibandxlar vaqt o`tishi bilan hind huquqining asosiy manbalari sifatida maydonga chiqa boshlaydi. Digestalar (nibandx-lar) mualliflari va sharhlovchilari tomonidan dxarmashstralar huquqidagi qarama-qarshiliklarni, noaniqliklarni, kamchiliklarning bartaraf etilishi shunga olib keldiki, sudlarda dxarmashstralarni bevosita sharhlash oqi-batda yetarlicha ishonarli va nufuzli deb tan olinmaydigan bo`ldi. Hindistonda yuz yillab.

Download 58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling