O’zbekiston respublikasi oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi o’zbekiston Milliy Universiteti


Ozodlik harakatlarining asosiy sabbalari haqida


Download 164.1 Kb.
bet6/8
Sana14.05.2023
Hajmi164.1 Kb.
#1459798
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hindiston 19 asr. kurs ishi

2.2. Ozodlik harakatlarining asosiy sabbalari haqida.
Hindistonda miloddan avvalgi 3–1ming yilliklar-dayoq mudofaa, xoʻjalik va turar joy binolari, bogʻ va suv \avzalari boʻlgan yirik sha\arlar (Sang\ol, Lot\al, Mathura, Pataliputra) qurilgan. Miloddan avvalgi 4–2-asrlarda ulkan qalʼa, saroylar (Patali-putradagi podsho Ashoka saroyi), diniy ashyolarga moʻljallangan inshoot – stupalar, memorial ustun (stambxa)lar, gʻor ibodatxonalari (Karlida, miloddan avvalgi 1-asr; Ajantat, miloddan avvalgi 2-asr – milodiy 7-asr) va monastirlar, ehromlar yaratilgan. Milod boshlarida budda ibodatxonalarining yangi turlari (Sangida yer ustiga qurilgan toʻrt kolonnali peshay-vondan iborat kub shaklidagi ibodatxona, 5-asr; Ellorda yaxlit qoyatoshni oʻyib ishlangan ibodatxona, 8-asr) paydo boʻldi. 6–7-asrlarda ibodatxonalarning silliq minora shaklidagi shimoliy (Madya-Pradesh shtatida joylashgan Kxajuraxo ibodatxonalar majmuasidagi Kandarya Maxadeo va Bxubaneshvar shahridagi Mukteshvara ibodatxonalari) va zinasimon minora shaklidagi janubiy (Ma-xabalipuramdagi Dxarmarajaratxa ibo-datxonasi) turlari shakllandi. Shu davrda Banoras shahrida \indular ibodatxonalari qurildi; shaqarda 1500 ga yaqin ibodatxona bor. 13-asrdan Dexli sultonligi davrida yirik saroy ansambllari, masjid, gumbazsimon maqbara, minoralar (Dexdidagi Qutb Minor deb atalgan minorali Quvvatul-Islom masjidi, 1 193 yildan qurila boshlangan) \amda musta\kam qalʼa devorlari bilan oʻralgan shaqarlar (Siri, Jaqonpa-no, Tugʻlaqobod, Feruzobod; ammasi 14-asrda oz. Deqli xududida) qurildi. Boburiylar davlati tashkil boʻlgach, Hindiston meʼmorligi yuksak choʻqqilarga erishdi: sha\ar va qalʼa qurilishi sanʼatining ajoyib namunalari yaratildi (Agra, Ajmer, Ollo\oboddagi qalʼalar, "Fate\pur-Sekri" shaar-qalʼasi, 1569–84), qubbasimon maqbaralar (De\lidagi Xumoyun maqbarasi, 1565; Agra shahri yaqinidagi Tojmahal) qurildi.
Qurilishda marmar eng koʻp ishlatiladigan qurilish materialiga ailandi. Ayni paytda Hindistonning ayrim hududlarida meʼmorlikda mahalliy kolorit saqlanib qoldi (Asarvdagi Dadagarir buloq paviloni, 16-asrda., Datiyadagi Bir Singx Deo saroyi, 17-asr boshi). 16-asrda yaratilgan Haydaroboddagi Chor Minor Zafar arki, uning yaqinidagi Makka masjidi, Ahmadoboddagi chayqalib turadigan minoralar ulkan tarixiy obidalardir. 17-asrda "Marvarid" nomi bilan atalgan masjid, Jahongirshohning marmardan qurilgan maqbarasi, Dehlidagi Rang Mahal saroyi, durlar bilan bezatilgan masjid, sikhlarning Amritsardagi sajdagohi – Oltin ibo-datxona bunyod etildi. Baromi (Roja-sthon), Kanarak (Orissa)10, Kajuraxo (Madhya-Pradesh)dagi ibodatxonalar hind meʼmorligining bebaho yodgorliklariga aylandi. 19-asrda eski shaharlar (Kalkutta, Madras, Bombay) rivojlandi va Yevropa meʼmorligi uslubidagi inshootlar bunyod etildi. Mustaqillikka erishgach, mamlakatni industrlashtirish bilan bogʻliq boʻlgan qurilishlar avj oldi. Yangi shaharlar qurildi (Chandigarx, 1951–56, Le Korbyuzye boshchiligidagi meʼmorlar guruhi; Bxilai, 1963-yildan qurila boshlangan, hind meʼmorlari guruhi). Zamonaviy binolardan yiriklari: Kalkuttadagi bank (1969, meʼmor A.Gupta), M.Gandi muzeyi (1960–63, meʼmor Ch.Korrea), Kanpur shahridagi Texnologiya instituti (1963, meʼmor A.Kanvinde), Bombaydagi "Tojmahal" mehmonxonasi (1975).
Hindiston janubda tosh davriga oid gʻorlardagi rasmlar, qiz-dirilgan loydan tayyorlangan buyumlar, zargarlik bezaklari saqlangan. Mohenjodaro, Xarappa va Hind daryosi havzasining markazlarida miloddan avvalgi 3–2-ming yillikda ilk sinfiy jamiyat sanʼati rivojlandi (hayvon va mifologik obrazlar tasvirlangan boʻrtma muhrtumorlar, haykalcha va boshqalar). Miloddan avvalgi 4–2asrlarda toshdan yodgorliklar tayyorlandi (Didarganjadan topilgan maʼbudalar haykali, Sarnatxadan topilgan "Sherali kaptel"). Milodiy 1– 5-asrlarda Kushon podsholigi davrida Gandxara badiiy maktabiga mansub buddaviy haykallar yasash rivojlandi. 5–7-asrlarda devoriy rassomlik gul-lab yashnadi (Ajantadat gʻor ibodatxonalar). 10– 12-asrlarda bronza haykal-taroshligi keng tarqaldi [raqs tushayo-tgan Shiva (Natarajan) haykalchasi]. 13-asrdan Dehli sultonligi va keyinchalik Boburiylar davlati davrida amaliy bezak sanʼati va kitob mini-atyurasi taraqqiy etdi. Oʻrta asrlarda Hindistonda miniatyura sanʼati rivojlandi. Dastlabki hind miniatyura maktablaridan gujarot maktabi mashhur boʻlgan. 16-asrda miniatyura sanʼatining boburiylar maktabi vujudga keldi. Bu maktab vakillari tasvirning haqqoniy boʻlishiga intildi; tarixiy risolalarga bezaklar yaratish, portret va ani-malistik janrlar keng tarqaldi. mustamlakachilik davrida Hindiston professional sanʼati deyarli rivojlanmadi, xalq hunarmandchiligi (gilam toʻqish, kash-tachilik, toʻqish, fil suyagi va yogʻoch oʻymakorligi, qadama naqsh, tanga zarb qilish va boshqalar) taraqqiy etdi. 19-asr oxi-ridan zamonaviy rassomlik vujudga keldi (R.R.Varma). 20-asr boshlarida, "Bengaliya uygʻonish davri"da koʻp ras-somlar milliy anʼanalarni saqlab qoldilar (rangtasvirchilar A.Tagor, N.Bos, S.Ukil; haykaltarosh V.P.Kar-markar va boshqalar). Hindiston tasviriy sanʼatida turli oqim va maktablar, jumladan modernistik oqim rivojlangan. Ras-somlar D.P.R.Choudxuri, B.N.Jija, S.N.Banerji, haykaltaroshlar K. Sen, Ch. Kar, P. D. Gupta, grafiklar X. Das va boshqa milliy sanʼat anʼanalarida asarlar yaratdilar. Hindistonda amaliy bezak sanʼati ham rivojlangan.
Musiqasi 4 ming yillik tarixga ega boʻlib, dunyoda eng qadimgi va oʻziga xos shakllardan tashkil topgan. Uning ildizlari xalq bayram va diniy marosimlari, Xarappa madaniyati (ayniqsa, Mohenjodaro taraqqiyot davri) bilan bevosita bogʻliq. Hindistonning qadimgi yozma yodgorliklari ("Vedalar" – "Rigveda", "Samaveda", "Atharvaveda" va "Yajur-veda"; miloddan avvalgi 2–1 ming yilliklari)da diniy madhiyalar oʻz aksini topgan. Musiqashunoslar Hindistonda mumtoz musi-qaning yuzaga kelishini bevosita "Sa-maveda" bilan bogʻlashadi. Uning falsafiy-estetik va nazariy mezonlari Bharataning sanskrit tilida yozilgan "Natyashastra" risolasida asoslab berilgan (taxminan milodiy 3–4-asrlar), Matanganing "Brihadeshi" risolasida (5–7-asrlar) hind mumtoz musiqasi haqida batafsil maʼlumotlar berilgan. sharangadevaning "Sangitaratnakar" 7 jildli toʻplamida (13-asr) hind ragalari, ularning parda va ritmik tuzilishi, milliy musiqa sozlari va boshqa masalalar yoritilgan. Ramamatyaning "Svaramelakalanidhi" (16-asr) hamda hind olimlarining boshqa risolalarida musiqiy tovushlar (thath) tizimi koinot quvvati sifatida yuzaga kelgan tovush (nada)lar hamda olam taraqqiyoti mahsuli boʻlmish usullar birlashuvi maʼnosida talqin etiladi. Kosmologik tasavvurlar asosida Kuyesh tizimining 7 ta sayyorasiga nisbat berilgan 7 ta asosiy parda, ular negizida 22 yarim tondan kam boʻlgan interval (shrutilar) tizimi yuzaga kelgan.
13-asrdan boshlab Shimoliy Hindiston musiqa madaniyati Markaziy va Urta Osiyo xalqlarining badiiy anʼanalari, musulmon sanʼati taʼsirida rivojlanib borgan. Buning natijasida hind mumtoz musiqasida 2 asosiy uslub qaror topdi: shimoliy ("hindustani") va janubiy ("karnatak"). Janubiy Hindiston musiqa uslubi (karnatak) asosan anʼanaviy xonan-dalik sanʼati bilan ajralib turadi, unda ragalar negizida diniy qoʻshiqchilik janrlari – kirtan, pada (bastakorlar Purandaradasa, 15–16-asrlar; Kshetrayn, 17-asr), kriti (mumtoz ashulaning asosiy turi; Shyam Shastri, Muttusvami Dikshitar, Tyagaraja ijodida ravnaq topgan, 18–19-asrlar)11, yengil mumtoz musiqa janrlari – tillana (18-asr), javalli (19-asr) va boshqa keng oʻrin olgan.
Shimoliy Hindiston mumtoz musiqasida eng muhim lirik janrlardan "dhrupad" (Svami Haridas, Miyan Tansen, 16–17-asrlar), xonandalikda, soʻngra sozandalikda ham ishqiy va shirin kayfiyatni aks ettiruvchi, virtuozli "xayal" (manbalarda uning asoschisi Amir Xus-rav Dehlaviy hisoblanadi) janrlari keng oʻrin olgan. Mumtoz musiqa sohasida "thumri", "gʻazal", "kavalli", soʻfiyona "kalam", shuningdek, "dadra", "tappa", "tarana"lar ham mavjud.
Hind mumtoz musiqasi, musiqiy folklor, raqs sanʼati shakllari asosida anʼanaviy musiqiy teatr turlari – jatra, yakshagana, tamasha va boshqa tashkil topgan. Mumtoz raqs turlariga bharat natyam, kathakali, kath-ak, manipuri, odissa va boshqa kiradi.
Hind xalq musiqa ijodi turlarining boyligi va rang-barangligi Hindistonda turli millat vakillarining istiqomat qilishi, ular koʻp tillarda soʻzlashuvi bilan belgilanadi. Xalq musiqa cholgʻularidan urma dhol, dholak, damaru, udukkai, puflama kombu, singh, tiruchinnam, karnay, murali, mohori, nagasar, torli-chertma ekta-ra, dutara, tuntune, jantar, torlikamonli kamaycha, banam, sarinda va boshqa keng oʻrin olgan. Professional musiqa sozlaridan vina, setor, sarod, tampura, sarangi, nay, bansuri, sur-nay, shohnay, nagasvaram, fisgarmoniya, pakhovaj, tabla, mridanga, gha-tam va boshqa ommalashgan.
Hindistonda milliy ozodlik harakati va mustamlakachilikka qarshi kurashning kuchayishi (19-asrning 1-yarmi va 20-asrning oʻrtalari) milliy musiqa madaniyatining rivojlanishida muhim davrni boshlab berdi. Rabind-ranat Tagorning ijodi yorqin sahifa boʻlib qoldi. Faol ziyolilar orasida milliy musiqa merosini oʻrganishga qiziqish kuchaydi. Yangi oʻquv yurtlari ochildi, jamoa tashkilotlari tashkil etildi: Madras (hozirgi Chennay)da musiqa akademiyasi (1928), Kerala sanʼat markazi (1930), Xalq sanʼatini saqlash Bengaliya jamiyati (1932), Dehlidagi Gandharva Mahavidyalay musiqa instituti (1939) va boshqa Vishnu Narayyana Bhatkhande, Vishnu Digam-bar Paluskar, Chinnasvami Mudalyar, Subbarama Dikshitar kabi musiqashunos olimlar hind musiqa madaniyatini rivojlantirishda oʻz ilmiy asarlari bilan katta hissa qoʻshdilar.
Hindiston mustaqillikni qoʻlga kiritgach (1947), hind musiqasining rivojlanishida yangi davr boshlandi. Teatrlarda yangi musiqali spektakllar qoʻyildi (Shila Vatsning "Qotgan yer", Gʻulom Haydarning "Boʻysunmas Pan-job", S.Shankarning "Poyezd", G.D.Madgulkarning "Ram haqida qissa" va boshqalar). Kino musiqasi kompozitorlik ijodini rivojlantirishda muhim omil boʻlib qoldi, unda milliy va Gʻarbiy Yevropa maktablarining uslubiy omillari uygʻunlashgan. natijada kompozitorlar tomonidan kino uchun xalqqa manzur kuy va qoʻshiqlar yaratildi. 1960–90 yillarda A.Vishvas, H.Kumar, S.Choudhuri, R.Barman, Ravi, Naushad, Xayyom, Madan Mohan kabi kompozitorlar kinomusiqa janrida ijod qilishgan, hozirgi kunda Shankar va Jeykishan, Lakshmikant Pyarelal, S.D.Barman, Anu Malik kabi kompozitorlar bu sohada faol ijod qilmoqda. Ular bastalagan kuy va qoʻshiqlarni Talat Mahmud, Gita Datt, Shamshod Begum, Manna Dey, Lata Mangeshkar, Muham-mad Rafi, Mukesh, Asha Bhonsle, Usha Mangeshkar, shuningdek, Kumar Sanu, Alka, Yagnik, Anuradha Paud-val, Sonu Nigam, Udit Narayyan, B.Subramaniam, Kavita Krishna Murthi, Ar Rahmon Hariharan, Adnan Sami va boshqa ijro etishgan.
Mumtoz musiqa ijrochiligida Ravi Shankar (setor), Bismilloh Xon, Ali Akbar Xon, Amjat Ali (sarod), Hariprasad Chaurasiya (nay), Pandit Ram Narayyan (sarangi), Pandit S.R.Vyas va Malikarjun Mansur (xonanda-raga), Subbulakshmi, Kishori Amonkar, Sandhya Mukerji (xonanda-raga), Mukesh Sharma (sarod), Irshad Xan (setor va surbahor), ustad Zokir Huseyn va Ilmas Huseyn Xon (tabla), Jagjit Singh (xonan-da-gʻazal), Gʻulom Ali (xonanda-gʻazal), Gulfam Ahmad (sarod va rabab) va boshqa mashhur.
Hindistonda musiqa maktablari va kollejlari, universitetlarda musiqa fakultetlari mavjud. Musiqa sanʼati sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlari, sanʼatkorlarning ijrochilik faoliyatini muvofiklashti-ruvchi tashkilotlar, musiqa sanʼatiga oid konferensiya, forum, festivallarni tashkil etuvchi idoralar faoliyat koʻrsatmokda; bular orasida – Dehli musiqa, raqs va drama akademiyasi (Sangit Natak Akademi), Bombay ijrochilik sanʼati milliy markazi, Chennay musiqa akademiyasi mashhur. Milliy musiqa madaniyatining turli xil shakllarini targʻibot etishda Umumhindiston radiosi bosh vazifani bajarmoqda.
Hindistonda xalq teatr tomoshalari qadim zamonlardayoq paydo boʻlgan. Ular qabilalarning turli urf-odatlari, oʻyin va raqslari asosida vujudga kelgan. Xalqteatrining asosiy shakllari \ozirgacha yetib keyagan. Aksariyat teatr tomoshalarining asosini qadimgi ind epik dostonlar – "Ramayana" va "Ma-habharata"tn olib oʻynaladigan sa\-nalar tashkil qilgan. Uning eng koʻp tarqalgan syujeti dostonlar qahramonlari – Rama va Krishna hayotidan olingan lavhalardan iborat. Anʼanaviy teatrlarning yorqin va taʼsirli vositalaridan biri raqsning bharat-natyam, kat\akaliy, kathak, manipuriy kabi turlaridir. Janubiy Hindistondagi koʻp geatrlarning xoreografik asosini bharat-natyam va kathakaliy, Shimoliy Hindistondagi tsatrlar xoreografik asosini kathak va manipuriy tashkil qiladi. Gʻarbiy Bengaliya va Oris-sada jatra lirik dramasi mashhur. Bunda tomoshalar ochiq joyda oʻtkazilgan, sahna va dekorapiyalar boʻlmagan. Xalq teatrlari Hindistonning boshqa rayonlari – Maharashtra (tomosha)12, Kashmir (joshi), Rojasthon (svangi)da ham boʻlgan. Hind mumtoz teatri taraqqiyo-tida xalq teatrlarining taʼsiri kuchli boʻldi. Uning gullagan davri Bxasa, Kalidasa va Shudraka ijodi bilan bogliq. 12 – 13-asrlarda Hindiston mumtoz dramasi tanazzulga uchradi. 16-asrda Mala-bar sohillarida spektakllar tunda bayramlarda qoʻyiladigan diniy mavzudagi teatr paydo boʻldi. Bu teatrning sodda turi – tulal 18-asrgacha saqlandi. 19-asrning 2-yarmida milliy ozodlik harakatining kuchayishi, milliy ongning oʻsishi Yevropa tipilagi teatrni vujudga keltirdi. Bengal, hind, marath tillarida dramaturgiya yaratildi. 1872-yil bengal dramaturgi G.Ghosh Milliy teatrga asos soldi. U hind teatr sanʼati taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatdi. 19-asrning 2-yarmi – 20-asrning 1-yarmida hind teatrida yangi shakllarning paydo boʻlishi hind yozuvchisi R.Tagor nomi bilan bogʻliq. 20-asrning 40-yillari professional va havaskor teatr jamoalari vujudga keldi; ular Xalq teatrlari assotsiatsiyasi (1943-yil asos solingan)ga birlashdilar. Mustamlakachilik tuzumining soʻnggi yillari mustamlakachilikni qoralovchi teatr tomoshalarining turli shakllari paydo boʻldi. Hindiston mustaqillikka erishgach, milliy madaniyat, jumladan, teatr sanʼati rivoj topdi. 1953-yilda Musiqa, raqs va drama akademiyasining ochilishi katta ahamiyatga ega boʻldi. Kalkuttada "Bohurupiy", "Star", "Rangmahal", "Mi-nerva", Teatr markazi, "Tarun opera", Dehlida "Yangi teatr", Bombayda "Dramatik Vint" teatrlari mashhur. Shuningdek, Ollohobod, Chennay, Bano-ras, Puna va boshqa shaharlarda ham doimiy teatrlar mavjud. Qoʻgʻirchoq teatri ham teatr tomoshalarining eng qadimgi turlaridan biridir. Soya teatri keng tarqalgan.
Hindistonda birinchi film 1912-yilda ishlangan ("Roja Xarishchandra", rejissor D.G.Pxalke). Dastlabki ovozli kino 1931-yil ekranga chiqdi ("Dunyo nuri", rejissor A.Iraniy). 1930-yillarda, milliy ozodlik harakati avj olgan davrda ilgʻor ijtimoiy goyalar bilan sugʻorilgan "Devdas" (1935, rejissor P.S. Baruat), "Kutmagan edilar" (1936), "Qoʻshnilar" (1939, ikkalasining rejissor V.Shantaram) kabi s|>ilmlar yaratildi. 1947-yil Axborot va radioeshittirish vazirligi huzurida kinematografiya boʻlimi tashkil etildi. Xalq hayetini haqqoniy aks ettirgan filmlar paydo boʻldi ("Yer farzandlari", 1946, rejissor Xoʻja Ahmad Abbos; "Mazlumlar", 1949, rejissor N.Ghosh). 1950-yillarda zamonning muhim ijtimoiy masalalariga bagishlangan "Daydi" (1951, rejissor R.Kapur). "Ikki bigha yer" (1953, rejissor B.Roy), "Yoʻldosh" (1953, rejissor X.A.Abbos) yaratildi. Rejissor S.Reyning "Yoʻldagi qoʻshiq" (1955), "Yengilmaganlar" (1957), "Apulning dunyosi" (1959)dan iborat kinotrilogiyasi jahon kino sanʼatida muhim voqea boʻldi. Usha davrda rejissor G.Datt "Qogʻoz gullar", "Chanqoqlik", "Oy nuri" filmlarini yaratdi. 1960-yillarda koʻngilochar musiqali filmlar yara-tadigan Bombay studiyasidan farqli oʻlaroq real voqelikni aks ettiruvchi filmlar tayyorlaydigan Kalkutta kino maktabi vujudga keldi ("Xor", 1975; "Parashuram", 1978, ikkalasining rejissor M.Sen; "Raqib", 1970; "Uzoq momaqaldiroq" 1973, ikkalasining rejissor S.Rey; "Mantxan", 1977, rejissor Sh.Benegal)13. 1970-yillarda rejissor Ya.Chop-raning "Shoʻʼla", "Qayerdadir, qachondir", produser R.Kapurning "Bobbi", rejissor R.Reddining "Dafn marosimi" filmlari ekranga chiqdi. 1980-yillarda rejissor M.Kumarning "Inqilob", rejissor B.R.Chopraning "Yonayotgan poyezd", rejissor A.Gopalakrishnanning "Yuzma-yuz", rejissor G.Aravindoning "Oridad" filmlari shuhrat qozondi. 1990-yillarda rejissor A.Chopraning "Dsvona dil", produser M.Kumarning "Be-tob", "Yarador" kabi vatanparvarlik goyalari bilan sugorilgan filmlari ekrapga chiqli. Kino aktyorlaridan B.Saxni, D.Ananl, D.Kumar, M.Kumari, Raj, Rishi va Karishma Kapurlar (q Kapurlar tiasi), S.Nirgis, A.Bachchan, Amirxon, Shohruhxon, Salmanxon, R.Mukerji, A.Patel, M.Dikshid va boshqa mashhur. Hindistonda hujjatli filmlar ham chiqarilali. 1960-yil Puna shahrida Kinematografiya instituti ochilgan. 1954-yildan Bombayda xar yili Butun Hindiston kinofestivali oʻtkaziladi. Hiid kino sanʼati vakillari Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining Toshkentdagi kinofsstinallarida faol qatnashib, koʻplab mukofotlarni qoʻlga kiritganlar. Hindistonda yiliga 1000 dan ortiq film yaratiladi va u jahonda yaratilayotgan filmlarning 14% ni tashkil etadi.
Oʻzbekiston bilan Hindiston oʻrtasidagi munosabatlar bir necha ming yillik tarixga ega. 1991-yil Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, Hindiston Oʻzbekiston mustaqilligini tan olib, 1992-yil diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi va ikki mamlakat oʻrtasida teng huquqli aloqalar yoʻlga qoʻyildi.


Xulosa.
Ushbu kurs ishi mavzusni atroflicha o’rganib chiqib ushbu xulosaga keldik.
Birinchidan, XX asrning birinchi yarmidagi Hindiston tarixi birinchi navbatda hind xalqining Angliyaning mustamlakachilik hukmronligiga qarshi milliy-ozodlik kurashi bilan bog’liq bo‘ldi. Ushbu kurashning natijasi 1947 yilda mamlakat mustaqilligini qo’lga kiritishdi. Hindiston Milliy Kongressi (Kongress, INK) bu kurashda boshqa siyosiy kuchlar ishtirokida hal qiluvchi rol o’ynadi. Mamlakat ozodligi yo‘lida ko‘plab marifatparvar-ziyolilar qatnashib, yurt taraqqiyotini ko‘rsatishga urindilar va buning ustidan chiqdilar.
Angliya mustamlakachiligining haqiqiy asosini iqtisodiy ekspluatatsiya va irqiy kamsitish tashkil etgan. Hindistondagi ijtimoiy-iqtisodiy voqealar rivoji, chet ellik ozchiliklarining ustunligi va hindlarning aksariyat qismining iqtisodiy manfaatlariga beparvoligi bilan baholash mumkin. Bundan tashqari, XX asr arafasida mamlakatni ocharchilik qamrab oldi. O’n millionlab odamlar bundan aziyat chekishgan. Bundan tashqari, shu bilan birga, vabo epidemiyasi boshlanib, undan olti milliondan ortiq odam vafot etdi. Hind xalqining ayanchli ahvolini nafaqat hindlar, balki ko’plab xorijiy tadqiqotchilar ham tasdiqladilar. Amerikalik tarixchi Uill Dyurant “Hindistondagi dahshatli qashshoqlik chet el hukumatining siyosatidir, uni oqlash mumkin emas. Angliyaning Hindistondagi hukmronligi falokat va jinoyat ekanligi to’g’risida ko’plab dalillar mavjud”. Bu musulmon hukmronligidan (Boburiylar) butunlay farq qiladi, deb yozgan Dyurant. Musulmon bosqinchilar qolish uchun kelishdi va ularning avlodlari Hindistonni o’z uyi deb atashdi. Ular soliq sifatida olgan narsalarini Hindistonda hunarmandchilikni, qishloq xo’jaligini va boshqa sohalarni rivojlantirishga, adabiyot va san’atni boyitishda sarfladilar. “Agar Angliya ham xuddi shunday yo’l tutganida, Hindiston bugun obod mamlakat bo’lar edi. Ammo uning hozirgi talon-taroj qilinishiumuman chidab bo’lmas holatdir. Britaniya yil sayin eng buyuk va muloyim xalqlardan birini yo’q qilmoqda”
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

Download 164.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling