O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Sanoat namunalari deb tan olinadigan obektlar


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/17
Sana08.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1178150
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI SANOAT MULK5424

Sanoat namunalari deb tan olinadigan obektlar: 
Sanoat namunasi inson ijodiy faoliyati yo‘nalishining amalga oshishi bo‘lib, 
aniq maqsad va iste’molchilar doirasiga ega. Ta’rifiga ko‘ra sanoat namunalariga 
qandaydir bir ob’ekt tashqi ko‘rinishining badiiy–konstruktorlik (dizayn) yechimi 
kiradi. Sanoat namunalari hajmiy (modellar), yassi (rasmlar) yoki ularning aralash 
ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. 
Odatda, hajmiy sanoat namunalari asosida hajmiy–fazoviy shakl, masalan 
avtomobil, tokarlik dastgohi, televizor va boshqalarning tashqi ko‘rinishini 
belgilaydigan badiiy-konstruktorlik yechimi yotadigan kompozitsiyadan iborat 
bo‘ladi. 
Yassi sanoat namunalari elementlarining chiziqiy–grafik nisbati 
bilan 
tavsiflanadi va deyarli hajmga ega bo‘lmaydi, masalan, gilam, ro‘mol, yorliqcha va 
hokazolarning tashqi ko‘rinishini belgilaydigan badiiy-konstruktorlik yechimlari. 
8
"O'zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 
O’zbekiston respublikasi prezidentining qarori PQ-2637 20.10.2016 


32 
Amalga oshirishning ko‘z bilan ko‘rsa bo‘ladigan turli shakllariga ega bo‘lgan 
ixtirolardan farqli ravishda sanoat namunasi o‘zining asosiy elementlari va 
xususiyatlari, ularning kompozitsiyasi mazmuniga o‘xshash ko‘plab buyumlarni 
yaratish imkonini beradi. 
Sanoat namunasi tashqi tomonidan tovar belgisi, ayniqsa hajmiy tovar belgisiga 
o‘xshab ketishini ta’kidlash mumkin. Lekin amal qilishi ko‘z bilan ko‘rilganda belgi 
tasviridan farq qilishi mumkin bo‘lgan tovarlarga tarqaladigan tovar belgisidan farqli 
ravishda sanoat namunasi ko‘z bilan ko‘rilganda u bilan o‘xshash va uning muhim 
belgilariga ega bo‘lgan buyumlarnigina muhofaza qilishni nazarda tutadi. 
Sanoat namunalarini, shuningdek badiiy asarlar bilan ham adashtirmaslik kerak. 
Odatda, badiiy asarlar yagona yaratiladi va estetik yo‘nalishga ega bo‘ladi. Ulardan 
farqli ravishda sanoat namunasining estetik xususiyatlari buyum funksional 
elementlarining badiiy mujassami natijasi, uning maqsadining o‘ziga xos estetik 
ifodasidir. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling