Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakultet


Byudjet tashkilotlarida mol yetkazib beruvchilar majburiyatlar hisobini tashkil etish


Download 147.71 Kb.
bet3/9
Sana09.06.2023
Hajmi147.71 Kb.
#1472495
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Byudjet tashkilotlarida mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan hisoblashuvlar hisobi

1.Byudjet tashkilotlarida mol yetkazib beruvchilar majburiyatlar hisobini tashkil etish.
Byudjet tashkilotlari tomonidan daromadlar va xarajatalar smetalarini ijrosini amalga oshirish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslar bilan hisoblashuvlarni amalga oshiradi. Bu hisoblashlarning pirovard natijasi debitorlik va kreditorlik majburiyatlar bo‘yicha hisoblashuvlarni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Debitorlik majburiyat – bu boshqa korxonalarni, (xaridorlarga sotilgan mahsulot (ish va xizmatlar), mol yetkazib beruvchilarga oldindan to‘langan mablag‘lar va boshqalar bo‘yicha), byudjet, byudjetdan tashqari jamg‘armalarni (soliqlar, majburiy ajratma va ushlanmalar bo‘yicha oldindan to‘langan mablag‘lar bo‘yicha) xodimlarni (hisobini berish sharti bilan olingan mablag‘lar va boshqalar bo‘yicha) tashkilot oldidagi qarzdorligidir.

Majburiyatlar taraflarning kelishuviga binoan pul bilan aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobi to‘g ‘risida”gi qonun, 12-modda

Kreditorlik majburiyat– bu tashkilotning boshqa korxonalardan (xaridorlarga sotilgan mahsulot (ish va xizmatlar) uchun olingan avanslar, mol yetkazib beruvchilardan olingan mahsulot(ish va xizmatlar) va boshqalar bo‘yicha), byudjet, byudjetdan tashqari jamg‘armalardan (soliqlar, majburiy ajratma va ushlanmalar bo‘yicha), xodimlardan (ish haqi va unga tenglashtiriladigan to‘lovlar va boshqalar bo‘yicha) qarzdorligidir. Kreditorlik majburiyatlari qarshi tomonga korxonaning to’laydigan majburiyatlarini xarakterlaydi. Biz yuqorida uning tarkibiga nimalar kirishini va ularning yuzaga kelish sabablarini tarkiblab o’tgan edik. Kreditorlik majburiyatlarining yuzaga chiqishining asosiy sababi sifatida bevosita debitorlik majburiyatlarining vaqtida kelib tushmasligini ham tarkiblash mumkin.


Kreditorlik majburiyatlarining tarkibi tahlilida qarzdor bo’lgan tomonlar bo’yicha majburiyatlarning qatorlanishi, ularni to’lash muddatlari bo’yicha tarkiblanishiga baho beriladi. Shuningdek, debitorlik majburiyatlarining aylanish koeffitsiyenti va aylanish davrini aniqlashdagi kabi bunda ham kreditorlik majburiyatlarining aylanishi koeffitsiyenti va davri aniqlanadi. Lekin, bunda qatnashuvchi ko’rsatkichlar farqlanadi. Kreditorlik majburiyatlari aylanishini o’rganishda assosiy ko’rsatkichlar sifatida nasiyaga olingan yoki hali puli to’lanmagan mollar, ashg’lar, ish va xizmatlar summasiga hamda kreditorlik majburiyatlarining haqiqiy ko’rsatkichlariga murojaat qilinadi. Kreditorlik majburiyatlarining to’lash muddatlari bo’yicha quyidagi tarkibini berib o’tish mumkin:
-To’lash muddati kelgan majburiyatlar;
-To’lash muddati o’tib ketgan majburiyatlari.
Yil kalendar davrining taqsimi bo’yicha kreditorlik majburiyatlarining quyidagi shakllarini berish mumkin:
- 1 oygacha bo’lgan majburiyatlar;
- 1 oydan 2 oygacha bo’lgan majburiyatlar;
- 2 oydan 3 oygacha bo’lgan majburiyatlar;
- 3 oydan 6 oygacha bo’lgan majburiyatlar;
- 6 oydan 1 yilgacha bo’lgan majburiyatlar;
- 1 yildan ortiq mududatga bo’lgan majburiyatlar.
Korxonalar o’rtasida bo’ladigan, shuningdek, kredit tashkilotlari va nazorat tashkilotlari o’rtasidagi hisob kitoblarda to’lovlar bo’yicha kechiktirilgan vaqt bo’yicha farqlanishlar kelib chiqadi. Bunda korxona tomonidan to’lanishi lozim bo’lgan majburiyatlar kreditorlik majburiyatlari, olinishi lozim bo’lgan majburiyatlar esa debitorlik majburiyatlar hisoblanadi. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlariga quyidagicha sharx berish mumkin. Qarshi tamonga to’lanishi lozim bo’lgan majburiyatlar kreditorlik majburiyatlari, qarshi tamondan olinishi lozim bo’lgan majburiyatlar debitorlik majburiyatlari deyiladi.
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari hisob kitoblarning doimiy yo’ldoshi hisoblanadi. Lekin ularning to’lov muddatining oshib ketishi korxonalar moliyaviy ahxvoliga katta ta’sir o’tkazadi. Shu maqsadda korxonalar faoliyatini yuritishda debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini to’g’ri boshqarish masalasiga alohida ahamiyat beriladi.
Tahlil etishning asosiy maqsadi – debitorlik va kreditorlik majburiyatlari aylanish davrini tezlashtirish asosida korxonaning moliyaviy holatini yaxshilash borasida chora-tadbirlar belgilashdan iborat. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari bo’yicha hisobot, ma’lumotnoma har oyning 1-sanasida tuzilib, tegishli tashkilotlarga topshiriladi. Ushbu ma’lumotnomadan korxonaning majburiyatlar balansini ham tuzish mumkin.Tahlil etishda korxonalarning muayyan davrga bo’lgan o’zaro debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining holatiga, tarkibiga, tashkil topish muddatlariga, yuzaga chiqish sababalariga, debitorlik va kreditorlik majburiyatlarning oqlanuvchanligiga, debitorlik va kreditorlik majburiyatlari bo’yicha dargumon qarzlarning yuzaga chiqishiga baho beriladi. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari bevosita korxona bilan qarshi tamon o’rtasidagi o’zaro hisob kitoblarda kelib chiqadigan majburiyatlardir. Bu majburiyatlar korxona bilan mol yetkazib beruvchilar yoki xaridorlar o’rtasidagi munosabatlarda, korxona bilan bank tashkilotlar o’rtasida, korxona bilan soliq organlari o’rtasidagi, korxona bilan ijtimoiy taminot bo’limlari va turli jamoat tashkilotlari, shuningdek, xodimlar, mulk egalari, aksionerlar va investorlar bilan bo’ladigan munosabatlarda yuzaga keladi. Ularning yuzaga kelishining asosiy sababi hisob kitoblarda vaqtning o’zgaruvchanligidir. Ya’ni bugun ortilgan mahsulot ham puli to’langunga qadar debitorlik va kreditorlik majburiyatlar qatoriga kiritiladi. Bunda daromad va xarajatlarning yuzaga chiqishi bilan ular bo’yicha hisob kitoblarning amalga oshishi orasida farqlanish kelib chiqadi.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan ular yetkazib bergan tovar moddiy qimmatliklari, ajargan ishlari va ko‘rsatgan xizmatlari uchun olib boriladigan hisob-kitoblar, byudjet hamda ijtimoiy sug‘urta to‘lovlariga ajratmalar bo‘yicha, kasaba uyushma tashkilotlari, hisobdor shaxslar, xodimlar, stipendiya oluvchilar, deponent qilingan summalar, ta’lim muassasalarida bolalarni saqlaganlik uchun ularning ota-onalari, shuningdek boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar hisobi byudjet tashkilotlarida debitorlar va kreditorlar hisobi ko‘rinishida yuritiladi.
Qonunchilikka muvofiq debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini muddati 90 kun etib belgilangan. Bu muddatda tugatilmagan debitorlik va kreditorlik majburiyatlari bo‘yicha tashkilot ma’sul shaxslariga qonunchilikka muvofiq choralar ko‘riladi. Buxgalteriya hisobida undirish imkoni bo‘lmagan debitorlik majburiyatlar balansdan tashqari schyotlarda aks ettiriladi. Mamlakatimizda Davlat byudjeti g‘azna ijrosiga o‘tishi munosabati bilan byudjet tashkilotlarining yuridik va moliyaviy majburiyatlari G‘aznachilik va uning xududiy bo‘limlarida ro‘yxatga olinmoqda. Yuridik majburiyat - yuridik (jismoniy) shaxslarning ikkinchi tomon oldidagi tuzilgan shartnomalar, kelishuvlar va tegishli hokimiyat organlarining qarorlari bo‘yicha yuzaga kelgan majburiyatlari;
Moliyaviy majburiyat - yuridik (jismoniy) shaxslarning ikkinchi tomon, tovar (ish va xizmat)lar yetkazib beruvchilar oldidagi yetkazib berilgan tovar (ish va xizmat)lar uchun xaq to‘lashni tasdiqlovchi hujjatlar, jumladan hisob-to‘lov hujjatlarida hisoblangan, ishchilarga ish haqi, to‘lov hujjatlari, sud qarorlari, hamda byudjetdan mablag‘ oluvchilarni mol yetkazib beruvchi yoki to‘lovni qabul qiluvchiga mablag‘larning o‘tkazilish majburiyatini yuklovchi hujjatlar.Byudjet tashkilotlarining Davlat byudjeti hisobidan mahsulot yetkazib beruvchilar bilan tuzgan shartnomalari, shuningdek kapital qurilish buyurtmachilarining shartnomalari g‘aznachilik bo‘linmalarida majburiy tartibda ro‘yxatga olinadi.
Bunda, byudjet tashkilotlarining tovar (ish, xizmat)lar yetkazib berish bo‘yicha tuzadigan shartnomalarida, 15 foiz miqdorda oldindan to‘lov amalga oshirilishi belgilanadi. Byudjet tashkilotlarining ikkinchi tomon oldidagi yuridik majburiyatlari tuzilgan shartnomalar (kontraktlar), qonun hujjatlari (misol uchun yig‘imlar, badallar, soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha yuridik majburiyatlar) asosida yuzaga keladi.
Byudjet tashkilotlari tomonidan qabul qilinadigan yuridik majburiyatlar hajmi, belgilangan tartibga ko‘ra, ular iqtisodiy tasnifning tegishli moddalari bo‘yicha xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan, ajratilgan byudjet mablag‘lari bilan, kapital qo‘yilmalar xarajatlari bo‘yicha esa - har bir ob’ekt bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan kapital qo‘yilmalar bilan chegaralanadi.G‘aznachilik bo‘limlarida I va II guruh xarajatlari bo‘yicha yuridik majburiyatlar ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlarni to‘lash uchun naqd pul olishga so‘rovnomalar asosida ro‘yxatga olinadi.III va IV guruh xarajatlari bo‘yicha yuridik majburiyatlar belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar asosida ro‘yxatga olinadi.Byudjet tashkilotlarini byudjet mablag‘lari hisobidan shartnomalari faqat xarajatlarni qoplashga manbaning mavjudligi to‘g‘risidagi tasdiqnoma va ushbu maqsadlarga ajratilgan byudjet mablag‘lari (limitlari) mavjud bo‘lgan xarid hajmigagina tuzilishi mumkin.
Debitorlik va kreditorlik qarzlar bo‘yicha kelishmovchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda tashkilot ularni bartaraf etish maqsadida tushunmovchiliklar haqidagi materiallarni tegishli idoralarga taqdim etishi shart.Qarzdorning undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulki yoki daromadlari yo‘qligi tufayli ijro hujjatlari tashkilotga qaytarilgan taqdirda, ushbu qarzlar tashkilot rahbari ruxsati bilan belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.Da’vo muddati o‘tgan debitorlik qarzlar tashkilot rahbarining ruxsati bilan amaldagi xarajatlarni oshirish bo‘yicha hisobdan chiqariladi va bu haqda 10 kun muddatda tegishli moliya organiga xabar qilinadi.Da’vo qilish muddati tugagan byudjet mablag‘lari bo‘yicha yuzaga kelgan deponent qilingan qarz summalari tashkilot moliyalashtiriladigan (xarajatlari amalga oshiriladigan) tegishli byudjet daromadiga da’vo qilish muddati tugagan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay kiritilishi kerak.Bunda, da’vo qilish muddati tugagan, byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha yuzaga kelgan deponent qilingan daromad sifatida aks ettiriladi.Da’vo qilish muddati tugagan boshqa kreditorlik qarzlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi. Tashkilotlar o‘rtasida avans to‘lovlarini amalga oshirish, shuningdеk, dеbitorlik va krеditorlik qarzlarni hisobdan chiqarish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Dеbitorlik va krеditorlik qarzlar bo‘yicha kеlishmovchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda tashkilot ularni bartaraf etish maqsadida tushunmovchiliklar haqidagi matеriallarni tеgishli idoralarga taqdim etishi shart.

Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar nazoratining asosiy vazifasi hisob-kitob holati to’g’risidagi ma’lumotlar haqiqiy va qonuniyligi, moliyaviy intizomga rioya qilinishi, tashkilotni smetalari doirasida to’lov qobiliyatiga ta’sirini tekshirish, qarzlarni haqiqiyligini aniqlashdan iborat.


Yuqorida qayd etilgan hisob-kitoblarni tekshirish uchun ma’lumot manbasi bo’lib mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni etkazib berishga oid shartnomalar, hisobkitoblar bo’yicha o’zaro solishtiruv dalolatnomalari, hisob-kitoblarni inventarlash dalolatnomalari, to’lov hujjatlarining nusxalari, sotib olish daftarlari bo’yicha hisob registrlari (ro’yxatlar, memorial-orderlar), bosh kitob, buxgalteriya hisoboti va boshqalar.
Nazoratchining ixtiyoriga qarab mazkur tekshiruvlar yozma va og’zaki testlarni o’tkazish, ichki nazorat tizimini kuzatish va boshqa usullar yordamida amalga oshiriladi.
Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda tekshiruvchi, avvalambor, tovar-moddiy zaxiralar (tovar moddiy zahiralari) sotib olinishi uchun asos bo’lgan dastlabki hujjatlar mavjudligi va to’g’ri rasmiylashtirilganligini aniqlaydi. Masalan, mol etkazib berish, ishlarni bajarish, xizmatlarni amalga oshirish bo’yicha tuzilgan shartnomalar O’zbekiston Respublikasi me’yoriy-huquqiy xujjatlariga muvofiq amalga oshirilganligi tekshiriladi. So’ngra mol etkazib beruvchilar o’z majburiyatlarini to’liq va o’z vaqtida bajarganliklari, mol etkazib beruvchilarga yoki ular tashkilot oldida qarzi vujudga kelgan sanasi tekshiriladi. Tashkilotlar tomonidan O’zbyokiston Respublikasi me’yoriy huquqiy xujjatlar talablariga to’liq xajmda va belgilangan muddatlariga atayin rioya etmagan holda amalga oshirgan kelishuvlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Bundan keyin nazoratchi va uning yordamchilari 6-sonli memorial-order, 150-sonli "Turli debetor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar" schyoti va birlamchi yig’ma hisob hujjatlari ko’rsatkichlari bo’yicha bevosita har bir mol etkazib beruvchi bilan (yoki tanlab olib) amalga oshirilgan hisob-kitob muomalalarini tekshiradilar. Amalga oshirilgan muomala sanasi va tavsifi, olingan tovar moddiy zahiralari bo’yicha narx-navolar to’g’ri qo’llanilganligi va ular to’liq kirim qilinganligi, mol etkazib beruvchilarning hisobvaraqfakturalari asosli ravishda ko’rsatilganligi aniqlanadi.

Download 147.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling