Oʻzbekiston respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Download 75.6 Kb.
|
Dadayev Isroil Ikrom o’g’li
aniqlangan soliq xavfi — “Soliq xavfini aniqlash, tahlil qilish va baholash” avtomatlashtirilgan dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) orqali aniqlanadigan soliqqa oid huquqbuzarlik alomatlari;
potensial soliq xavfi — aniqlanmagan, biroq uning yuzaga kelishi uchun sharoitlar mavjud bo‘lgan soliq xavfi; Oldingi tahrirga qarang. soliq majburiyati — soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bilan soliq to‘lovchilarga yuklangan soliq va yig‘imlarni to‘g‘ri hisoblab chiqarish hamda o‘z vaqtida to‘lash majburiyati; soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bilan soliq agentlari tomonidan soliqlarni to‘g‘ri hisoblab chiqarish, soliq to‘lovchilardan ushlab qolish va o‘z vaqtida o‘tkazish majburiyati; (2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) soliq to‘lovchilarni segmentlash — soliq majburiyatlarini bajarmaslik yoki to‘liq bajarmaslik xavf darajasiga qarab soliq to‘lovchilarni muayyan toifalarga ajratish; soliq xavfi — budjet tizimiga soliq va yig‘imlar (keyingi o‘rinlarda — soliqlar) to‘lanmasligi yoki to‘liq to‘lanmasligiga olib kelishi mumkin bo‘lgan, soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan soliq majburiyatlarini bajarmaslik yoki to‘liq bajarmaslik ehtimoli; soliq xavfi darajasi — xavfning yuzaga kelish ehtimoliga va uning bo‘lishi mumkin bo‘lgan oqibatlariga bog‘liq tarzda aniqlanadigan xavfning holati; soliq xavfi darajasi mezonlari — soliq majburiyatlarini bajarmaslik yoki to‘liq bajarmaslik xavfini baholash va keyinchalik soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) xavf darajasiga qarab toifalarga ajratish imkonini beruvchi mezonlar majmui; Oldingi tahrirga qarang. soliq xavfi tahlili — soliq organlarida mavjud bo‘lgan axborotdan xavfning yuzaga kelishi holatlari va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni identifikatsiyalash va soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilmasligining ehtimol tutilgan oqibatlarini baholash maqsadida muntazam ravishda foydalanish; Download 75.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling