Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/61
Sana08.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1341118
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
SOLIQ XAVFINI BOSHQARISH, SOLIQ XAVFI MAVJUD SOLIQ TO‘LOVCHILARNI (SOLIQ AGENTLARINI)
ANIQLASH VA SOLIQ TEKSHIRUVLARINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining Soliq 
kodeksi 
va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yashirin
iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar
to‘g‘risida” 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-son 
Farmoniga 
muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Soliq xavfini boshqarish va yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga mansub soliq to‘lovchilarni (soliq
agentlarini) aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 
1-ilovaga 
muvofiq;
Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 
2-ilovaga 
muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 
3-ilovaga 
muvofiq o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlari 
4-ilovaga 
muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb
topilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi:
soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligini ko‘rsatuvchi faktlarni aniqlash va soliqqa oid
huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarga nisbatan qonuniy choralarni qo‘llash bo‘yicha kompleks chora-
tadbirlarni amalga oshirishni kuchaytirishga qaratilgan o‘z vaqtida choralarni ko‘rsin;
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq
organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Soliq
hamkor” avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqishni va joriy etilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot
vositalarida muntazam va keng yoritib borsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy
hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot
va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish
vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat
soliq qo‘mitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling