Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida
-§. Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida
2-§. Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish
25. Kameral soliq tekshiruvi soliq organi rahbarining (rahbar o‘rinbosarining) ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shaklda rasmiylashtiriladigan buyrug‘i asosida o‘tkaziladi. 26. Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq asosida faqat bitta soliq to‘lovchi tekshiruvdan o‘tkaziladi. 27. Kameral soliq tekshiruvini tayinlash to‘g‘risidagi buyruqda soliq to‘lovchining nomi va uning identifikatsiya raqami, tekshiruvchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi, kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish muddatlari, tekshirilayotgan davr ko‘rsatiladi. 28. Kameral soliq tekshiruvida soliq organining ikki va undan ortiq tekshiruvchi mansabdor shaxslari qatnashganda, tekshirish jarayonini boshqarish va natijalarini umumlashtirishga buyruqda familiyasi birinchi ko‘rsatilgan tekshiruvchi javobgar shaxs hisoblanadi. 29. Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish muddati kameral soliq tekshiruvini tayinlash to‘g‘risidagi buyruqda ko‘rsatilgan sanadan boshlanadi. Kameral soliq tekshiruvining umumiy muddati oltmish kundan oshishi mumkin emas. 30. Kameral soliq tekshiruvi davomida soliq organi ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan muvofiq shaklda rasmiylashtirilgan so‘rovnoma asosida soliq to‘lovchidan: soliqlarni hisoblab chiqarish uchun asos bo‘lgan birlamchi hujjatlarni, buxgalteriya hisobi registrlarini hamda boshqa hisob hujjatlarini; taqdim etilgan soliq hisoboti va hisob hujjatlariga doir tushuntirishlarni; soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash bilan bog‘liq boshqa axborotni talab qilib olishga haqli. 31. So‘rovnomada ko‘rsatilgan hujjatlar va tushuntirishlar soliq to‘lovchi tomonidan soliq organiga so‘rovnoma olingan kundan e’tiboran besh kun ichida taqdim etilishi kerak. Hujjatlarni taqdim etish muddati soliq to‘lovchining hujjatlar taqdim etish uchun sabablari va zarur bo‘lgan muddatlari ko‘rsatilgan arizasiga ko‘ra soliq organi tomonidan uzaytirilishi mumkin. Bunda ariza soliq to‘lovchi tomonidan soliq organiga so‘rovnoma olingan kundan e’tiboran keyingi kun davomida taqdim etiladi. 32. Tekshirilayotgan soliq to‘lovchining faoliyatiga taalluqli bo‘lgan hujjatlarni (axborotni) uchinchi shaxslardan talab qilib olish zarur bo‘lgan hollarda, soliq organlari ushbu hujjatlarni (axborotni) soliq to‘lovchining kontragentidan yoki hujjatlarga (axborotga) ega bo‘lgan boshqa shaxslardan talab qilib oladi. Hujjatlarni (axborotni) uchinchi shaxslardan talab qilib olish ushbu Nizomning 6-bobi 5-paragrafida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 33. Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun soliq to‘lovchi tomonidan hujjatlar tasdiqlangan ko‘chirma nusxa shaklida taqdim etiladi. Zarurat bo‘lgan hollarda soliq organi hujjatlarning asl nusxalari bilan tanishishga 2 3 4 1 4 haqli. 34. Agar hujjatlar oldin soliq organiga asl nusxalar tarzida taqdim etilib, keyinchalik tekshirilayotgan soliq to‘lovchiga qaytarilgan bo‘lsa, shuningdek, soliq organiga taqdim etilib, bartaraf etib bo‘lmaydigan kuch holatlari oqibatida yo‘qotilgan taqdirda, hujjatlar tekshirilayotgan soliq to‘lovchidan qayta talab qilib olinishi mumkin. 35. Kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha tekshiruvni o‘tkazuvchi mansabdor shaxs ushbu Nizomga 6- ilovada keltirilgan shaklga muvofiq xulosa tuzadi. Xulosada kameral soliq tekshiruvini boshlash tashabbusi uchun asos bo‘lib xizmat qilgan ma’lumotlar ko‘rsatilib, soliqqa oid huquqbuzarliklarning aniqlanganligi yoki aniqlanmaganligi, qisman tasdig‘ini topganligi yoki topmaganligi, soliq hisobotlaridagi tafovutlar yoki xatolar bayon etiladi. Shuningdek, xulosada, agar bunday harakatlar kameral soliq tekshiruvi doirasida amalga oshirilgan bo‘lsa, soliq to‘lovchidan yoki uchinchi shaxslardan talab qilib olingan yoxud soliq to‘lovchining hududlarini va binolarini ko‘zdan kechirishda hamda o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvlarida olingan axborotni (hujjatlarni) o‘rganish va tahlil qilish natijalari ham ko‘rsatiladi. 36. Kameral soliq tekshiruvi yuzasidan tuzilgan xulosa soliq organi rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan ikki kun ichida ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Oldingi tahrirga qarang. 37. Kameral soliq tekshiruvi materiallari, shu jumladan, soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi dalolatnoma, tekshirish yakunlariga ko‘ra tafovutlar aniqlanganligi yoki soliq to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi mavjud emasligi to‘g‘risida tuzilgan xulosa Soliq kodeksining 135-moddasi oltinchi qismiga muvofiq soliq organida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. (37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling