Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/61
Sana08.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1341118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 7-yanvar,
1-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-
yanvardagi 1-son 
qaroriga
1-ILOVA
Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va ularni soliq
xavfi darajasi bo‘yicha toifalash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1 Ushbu Nizom soliq organlarida soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq
agentlarini) aniqlash va ularni soliq xavfi darajasi bo‘yicha toifalash tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
aniqlangan soliq xavfi — “Soliq xavfini aniqlash, tahlil qilish va baholash” avtomatlashtirilgan dasturi
(keyingi o‘rinlarda — Dastur) orqali aniqlanadigan soliqqa oid huquqbuzarlik alomatlari;
potensial soliq xavfi — aniqlanmagan, biroq uning yuzaga kelishi uchun sharoitlar mavjud bo‘lgan soliq
xavfi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
soliq majburiyati — soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bilan soliq to‘lovchilarga yuklangan soliq va
yig‘imlarni to‘g‘ri hisoblab chiqarish hamda o‘z vaqtida to‘lash majburiyati; soliq to‘g‘risidagi qonunchilik
hujjatlari bilan soliq agentlari tomonidan soliqlarni to‘g‘ri hisoblab chiqarish, soliq to‘lovchilardan ushlab qolish va
o‘z vaqtida o‘tkazish majburiyati;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
soliq to‘lovchilarni segmentlash — soliq majburiyatlarini bajarmaslik yoki to‘liq bajarmaslik xavf darajasiga
qarab soliq to‘lovchilarni muayyan toifalarga ajratish;
soliq xavfi — budjet tizimiga soliq va yig‘imlar (keyingi o‘rinlarda — soliqlar) to‘lanmasligi yoki to‘liq
to‘lanmasligiga olib kelishi mumkin bo‘lgan, soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan soliq majburiyatlarini
bajarmaslik yoki to‘liq bajarmaslik ehtimoli;



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling