Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/61
Sana08.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1341118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida

soliq xavfi darajasi — xavfning yuzaga kelish ehtimoliga va uning bo‘lishi mumkin bo‘lgan oqibatlariga
bog‘liq tarzda aniqlanadigan xavfning holati;
soliq xavfi darajasi mezonlari — soliq majburiyatlarini bajarmaslik yoki to‘liq bajarmaslik xavfini baholash
va keyinchalik soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) xavf darajasiga qarab toifalarga ajratish imkonini beruvchi
mezonlar majmui;
Oldingi
 tahrirga qarang.
soliq xavfi tahlili — soliq organlarida mavjud bo‘lgan axborotdan xavfning yuzaga kelishi holatlari va shart-
sharoitlarini aniqlash, ularni identifikatsiyalash va soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilmasligining
ehtimol tutilgan oqibatlarini baholash maqsadida muntazam ravishda foydalanish;
soliq xavfini baholash — xavfning yuzaga kelishi ehtimolini va u yuzaga kelganda soliq to‘g‘risidagi
qonunchilik hujjatlarining buzilishi oqibatlarini muntazam ravishda aniqlab borish;
soliq xavfini boshqarish — xavfning oldini olish, bartaraf etish va ularni imkon qadar kamaytirish, ularning
qo‘llanilish samaradorligini baholash, shuningdek, soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bajarilishi ustidan
nazorat qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalda bajarishni, soliq organlarida mavjud axborot
uzluksiz yangilanishini, tahlil etilishini va qayta ko‘rib chiqilishini nazarda tutuvchi tizim.
(2-bandning to‘qqizinchi — o‘n birinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-
apreldagi 153-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
3. Quyidagilar soliq organlari tomonidan xavfni boshqarish tizimini qo‘llash maqsadlari hisoblanadi:
yuqori xavfga ega bo‘lgan sohalarga e’tiborni jamlash va soliq organlari tasarrufidagi mavjud resurslardan
samarali foydalanilishini ta’minlash;
soliq solish sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlash imkoniyatlarini oshirish;
faoliyati bo‘yicha soliq xavfi past deb aniqlangan soliq to‘lovchilarga (soliq agentlariga) (keyingi o‘rinlarda —
soliq to‘lovchilar) nisbatan soliq nazoratini minimallashtirish;
soliqqa oid huquqbuzarliklarni, shuningdek, soliq tekshiruvlarini o‘tkazishga tanlab olinadigan soliq
to‘lovchilarni inson omilisiz avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulot orqali aniqlash imkoniyatlarini yanada
kengaytirish;
soliq xavfi darajasidan kelib chiqib soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq tekshiruvlari shakllarini belgilash.
4. Soliq xavfini boshqarish tizimi strategiyasi va taktikasini, axborot yig‘ish va uni qayta ishlash, soliq xavfini
tahlil qilish va baholash, soliq xavfini boshqarishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat soliq qo‘mitasi) tomonidan
belgilanadi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling