xulosa — kameral soliq tekshiruvi doirasida amalga oshirilgan harakatlar, soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun
asos bo‘lgan holatlarning soliq tekshiruvida tasdig‘ini topganligi yoki qisman tasdig‘ini
topganligi yoxud
tasdig‘ini topmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan tekshiruvni o‘tkazgan
mansabdor shaxs
tomonidan tekshiruv natijasi bo‘yicha tuziladigan hujjat.
4. Soliq tekshiruvlari doirasida hujjatlar almashish quyidagicha amalga oshiriladi:
soliq to‘lovchiga hujjatlar elektron shaklda soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Yuborilgan
hujjatlar soliq to‘lovchi tomonidan o‘qib
chiqilganidan keyin, biroq ushbu hujjat jo‘natilgan sanadan e’tiboran
uch kundan kechiktirmay olingan deb hisoblanadi;
soliq to‘lovchida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti mavjud bo‘lmasa, hujjatlar buyurtma xat qilib pochta
orqali yuboriladi va ular jo‘natilganidan so‘ng besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi;
hujjatlar soliq to‘lovchiga yoki uning vakiliga shaxsan mazkur hujjatlar olingan sana ko‘rsatilgan holda imzo
qo‘ydirib topshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: