Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida


-§. Kameral soliq tekshiruvda aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‘yicha ish yuritish


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/61
Sana08.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1341118
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   61
Bog'liq
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida

4-§. Kameral soliq tekshiruvda aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‘yicha ish yuritish
Oldingi
 tahrirga qarang.
44. Agar kameral soliq tekshiruvi paytida soliq to‘lovchi tomonidan Soliq kodeksining 
28-bobiga 
muvofiq
javobgarlik belgilangan soliqqa oid huquqbuzarlikning sodir etilganligi holati aniqlansa, kameral soliq
tekshiruvini o‘tkazgan mansabdor shaxs soliq to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi holatlarini qayd etuvchi
dalolatnomani tuzadi.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
45. Dalolatnoma ushbu Nizomga 
8-ilovaga 
muvofiq shaklda soliqqa oid huquqbuzarlik holati aniqlangan
kundan e’tiboran o‘n kun ichida, biroq kameral soliq tekshiruvi muddati tugashi kunidan kechiktirmay tuziladi.
Mazkur dalolatnoma ushbu Nizomning 
35-bandida 
ko‘rsatilgan xulosa tuzilishidan oldin tuzilishi kerak.
Dalolatnoma kameral soliq tekshiruvini o‘tkazgan mansabdor shaxs va soliq to‘lovchi tomonidan
imzolanadi.
46. Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazgan soliq organi rahbari (rahbar o‘rinbosari) dalolatnomani va kameral
soliq tekshiruvining boshqa materiallarini ushbu dalolatnoma tuzilgan kundan e’tiboran o‘n kun o‘tgach, biroq
o‘n besh kundan kechiktirmasdan ko‘rib chiqadi.
47. Soliq organi mansabdor shaxsi tomonidan soliq tekshiruvida olingan fotosuratlar, videoyozuvlar va
tekshirishda olingan boshqa materiallar xulosaga yoki soliqqa oid huquqbuzarlik dalolatnomasiga ilova qilinadi.


Oldingi
 tahrirga qarang.
48. Soliqqa oid huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar Soliq kodeksining 165-moddasi 
yettinchi — o‘n to‘qqizinchi
qismlarida
 nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladi va ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qaror Soliq kodeksining
166-moddasida 
nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli 
qarori 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
(48-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli
qaroriga 
asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
49. Soliqqa oid huquqbuzarlik to‘g‘risidagi dalolatnoma va kameral soliq tekshiruvining boshqa materiallari
ko‘rib chiqilganidan keyin natijalari bo‘yicha besh kun ichida soliq organi rahbari (rahbar o‘rinbosari) qo‘shimcha
soliqlar va penya hisoblash yoki ularni rad etishni nazarda tutuvchi qaror qabul qiladi.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli 
qarori 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
50. Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun soliq to‘lovchiga nisbatan qo‘shimcha soliqlarni va
penyani hisoblash to‘g‘risidagi qaror, u qabul qilingan kundan keyin ikki kun ichida yuboriladi.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli 
qarori 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli 
qaroriga 
asosan o‘z
kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
52. Soliq organining qarorining bajarilishi soliq organi va soliq to‘lovchi tomonidan soliq organining qarori
olingan sanadan boshlab bir oy muddat o‘tgach amalga oshiriladi.
53. Soliq to‘lovchi kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorni ixtiyoriy bajarmagan
taqdirda, soliq qarzini undirish Soliq kodeksining 
120 — 124-moddalarida
 nazarda tutilgan tartibda soliq organi
tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
54. Soliq organlari tomonidan o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvi natijasida undirilgan soliqlar va penyalar
summalarining 60 foizi davlat budjetiga, 40 foizi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya,
soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
(54-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar kameral soliq tekshiruvi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga
qarshi kurashish departamenti tomonidan berilgan ma’lumotlar asosida o‘tkazilgan bo‘lsa, kameral soliq
tekshiruvi natijasida ko‘p va juda ko‘p miqdorda soliqlar va yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlari bo‘yicha
undirilgan soliqlar va penyalar summalarining 20 foizi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy
himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi hamda 20 foizi
Departamentning maxsus budjetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
(54-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Bunda, sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish va undirilgan
mablag‘larni taqsimlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan kelishgan
holda tasdiqlanadi.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli 
qaroriga
 asosan ikkinchi
va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
55. Soliq organining kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarori ustidan yuqori turuvchi
soliq organiga yoki sudga shikoyat qilish mumkin.
Davlat soliq qo‘mitasining qarori ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
56. Yuqori turuvchi soliq organiga tushgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish Soliq kodeksining
30-bobida
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling