Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida


-§. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning hisobga qo‘yilishi ustidan soliq


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/61
Sana08.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1341118
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   61
Bog'liq
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida

2-§. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning hisobga qo‘yilishi ustidan soliq
nazoratini amalga oshirish
67. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi axborotni aniqlashtirish sayyor
soliq tekshiruvlari chog‘ida, keyinchalik soliq solinadigan bazaga tuzatishlar kiritish maqsadida hududlar va
binolarni ko‘zdan kechirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.


68. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi axborotni aniqlashtirishda
quyidagilar tekshiriladi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjatlar, faoliyat turi va joyining soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka
muvofiqligi;
(68-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
soliq to‘lovchiga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida, shuningdek, ushbu mol-mulkka
egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo‘l qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq asosida mol-mulkka va yer
uchastkalariga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligi.
69. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi axborotni aniqlashtirish
natijasida olingan ma’lumotlar sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasida qayd etiladi.
3-§. Xronometraj ko‘zdan kechirishni o‘tkazish
70. Xronometraj ko‘zdan kechirish soliq to‘lovchilarning faoliyat turlari bo‘yicha haqiqiy ishlab chiqarish
(ishlar, xizmatlar) hajmlarini, shuningdek, haqiqiy xarajatlarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
71. Xronometraj ko‘zdan kechirish soliq to‘lovchining faoliyatini to‘xtatmasdan, uning ish kunini to‘liq
qamrab olgan holda, unga tegishli bo‘lgan barcha obyektlarda, ularning joylashgan joyidan qat’i nazar bir
vaqtning o‘zida o‘tkaziladi.
72. Xronometraj ko‘zdan kechirish soliq to‘lovchilarning tekshirishgacha tasdiqlangan ish rejimidan kelib
chiqib, biroq ketma-ket yetti kalendar kundan kam bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi.
73. Agar soliq to‘lovchining turli hududlarda joylashgan (tuman, shahar) bir nechta obyektlari mavjud
bo‘lsa, soliq organi ularda xronometraj ko‘zdan kechirish o‘tkazish yuzasidan obyekt joylashgan hududiy soliq
organiga xronometraj ko‘zdan kechirish boshlanishidan kamida bir kun oldin rejalashtirilgan xronometraj
ko‘zdan kechirishning aniq sanasini ko‘rsatgan holda yozma xabarnoma yuboradi.
Xronometraj ko‘zdan kechirish natijasi bo‘yicha rasmiylashtirilgan ma’lumotlar xronometraj ko‘zdan
kechirish yakunlanganidan so‘ng hududiy soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchi hisobga olingan joydagi soliq
organiga bir kun ichida yuborilishi shart.
74. Xronometraj ko‘zdan kechirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar (bajarilayotgan ishlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar) turi va miqdorini
aniqlash;
tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalanilayotgan xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar hajmini,
uskunalarning ishlab chiqarish quvvatlarini qayd etish;
tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatlari uchun sarflanayotgan resurslar (gaz, elektr energiyasi, suv,
yoqilg‘i-moylash materiallari va boshqalar) hajmining ishlab chiqarish hajmiga muvofiqligini aniqlash;
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni (bajarilayotgan ishlarni, ko‘rsatilayotgan xizmatlarni) realizatsiya qilish
usullarini aniqlash;
soliq to‘lovchining haqiqiy xarajatlarini aniqlash.
75. Xronometraj ko‘zdan kechirish natijasi bayonnomasi ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Bayonnomaning bir
nusxasi tekshirilayotgan shaxsga bayonnoma nusxasini olganligini tasdiqlovchi imzo qo‘ydirgan holda beriladi.
Soliq to‘lovchi bayonnomaga imzo chekishdan va (yoki) uning bir nusxasini olishdan bosh tortgan hollarda
sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxs tomonidan bu haqida bayonnomaga tegishli yozuv
kiritiladi.
76. Xronometraj ko‘zdan kechirish natijasi kameral soliq tekshiruvi jarayonida soliq to‘lovchilarga soliqlar va
yig‘imlarni qo‘shimcha hisoblash uchun asos bo‘lishi mumkin.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling