Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/61
Sana08.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1341118
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   61
Bog'liq
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida

(83-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli 
qarori 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
84. Nazorat xaridi o‘tkazilib va o‘zaro hisob-kitoblar yakunlangach nazorat xaridini o‘tkazishda foydalanilgan
pul mablag‘lari tekshirilgan soliq to‘lovchi (uning vakili) tomonidan sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi
mansabdor shaxsga qaytariladi, xarid qilingan tovarlar soliq to‘lovchiga (uning vakili) qaytarib berilishi shart,
bundan qaytarish imkoni bo‘lmagan hamda qonunchilikka muvofiq olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan nazorat xaridi
predmetlari mustasno.
(84-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Sayyor soliq tekshiruvi yakunlangandan so‘ng nazorat xaridini o‘tkazishda foydalanish uchun olingan naqd
pul mablag‘lari bir kun ichida tegishli soliq organi kassasiga to‘liq hajmda topshiriladi. Pul mablag‘larining
qiymati, banknota seriyasi va raqamlari yozilgan varaq nusxasi kirim kassa orderiga ilova qilinadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
85. Soliq organlariga nazorat-kassa texnikasi yoki hisob-kitob terminallarini qo‘llash bilan bog‘liq soliq
to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi haqida jismoniy shaxslardan tushgan murojaatlarga videoyozuvlar ilova


qilinganda nazorat xaridini amalga oshirish talab qilinmaydi.
(85-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Jismoniy shaxslardan tushgan videoyozuvlar ilova qilingan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari soliq
organi tomonidan sayyor soliq tekshiruvi natijasi bo‘yicha tuziladigan dalolatnomada aks ettiriladi, bunda ushbu
Nizomning 
82-bandida 
ko‘rsatib o‘tilgan bayonnoma tuzilmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
86. Jismoniy shaxslar tomonidan soliq organlariga taqdim qilingan soliq to‘lovchilar tomonidan soliq
to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi to‘g‘risidagi videoyozuvlar quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:
(86-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
videofaylning namoyish etish imkoniyati 720×480 pikseldan kam bo‘lmasligi;
videoyozuv davomiyligi 30 sekunddan kam bo‘lmasligi va 10 daqiqadan oshmasligi;
videoyozuv ma’lumotlarida sana va vaqt ko‘rsatilishi.
Soliq organlari jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan videotasvirlarni soliqqa oid huquqbuzarliklar
holati aniqlangan kundan boshlab o‘n kundan kechiktirmay ko‘rib chiqish uchun qabul qiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zgartirish kiritilgan videoyozuvlar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi, bevosita soliq to‘g‘risidagi
qonunchilik buzilishi holatlarini aks ettirish yuzasidan hajmini qisqartirish maqsadida ajratib olingan hollar
bundan mustasno.
(86-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
87. Sayyor soliq tekshiruvi jarayonida soliq to‘lovchining kassasida mavjud naqd pul qoldig‘i sanoqdan
o‘tkaziladi va ushbu Nizomga 
10-ilovaga 
muvofiq shaklda naqd pul qoldig‘ini sanoqdan o‘tkazish dalolatnomasi
tuziladi.
Soliq to‘lovchining kassasidagi naqd pul qoldig‘i summasini nazorat-kassa texnikasida aks ettirilgan pul
tushumlari summasi bilan solishtirish natijalari sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasiga kiritiladi.
88. Soliq to‘lovchi tomonidan boshqa soliq to‘lovchiga tegishli nazorat-kassa texnikasi yoki hisob-kitob
terminallaridan foydalanish holati aniqlangan taqdirda, sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasida ularning rusumi
va zavod raqami to‘g‘risidagi ma’lumot aks ettiriladi, shuningdek, xarid cheki ilova qilinadi.
89. Texnik talablarga javob bermaydigan nazorat-kassa texnikasi mavjudligi aniqlangan taqdirda, sayyor
soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxs tomonidan belgilangan tartibda bayonnoma tuziladi va ushbu
nazorat-kassa texnikasi ekspertizadan o‘tkazish uchun vaqtincha olib qo‘yiladi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling