Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida


-§. Nazorat kassa texnikasi va hisob-kitob terminallari qo‘llanilishini tekshirish


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/61
Sana08.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1341118
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   61
Bog'liq
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida

4-§. Nazorat kassa texnikasi va hisob-kitob terminallari qo‘llanilishini tekshirish
77. Nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminallari qo‘llanilishini tekshirish bevosita soliq to‘lovchi savdo
yoki xizmatlar amalga oshirilayotgan joyda o‘tkaziladi.
Nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminallari qo‘llanilishini tekshirish nazorat xaridini amalga oshirish
yo‘li bilan ham o‘tkazilishi mumkin.
78. Nazorat-kassa texnikasi va (yoki) hisob-kitob terminallari qo‘llanilishi nazoratini amalga oshirishda,
jumladan, quyidagilar tekshiriladi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
soliq to‘lovchi tomonidan foydalanilayotgan nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminali tegishli
qonunchilik talablariga muvofiqligi;
(78-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
xaridorlarga nazorat-kassa texnikasi cheki yoki unga tenglashtirilgan boshqa hujjatlar berilishi;
bank kartalari orqali to‘lovlar qabul qilinishi, xaridorlarga hisob-kitob terminallari cheki va nazorat-kassa
texnikasi cheki berilishi;
sotilayotgan tovarlar narxini hamda ko‘rsatilayotgan haqini naqd pul mablag‘lari yoki bank kartalar
bo‘yicha to‘lash shakliga qarab ularni sun’iy ravishda oshirish yoki pasaytirish masalalari.
79. Nazorat xaridini amalga oshirishda quyidagi shaxslar jalb qilinishi mumkin:
soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilganligi to‘g‘risida murojaat qilgan jismoniy shaxs (yuridik shaxsning
vakili);


“xolis xaridor” xizmatini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs ishchi-xodimlari;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda fuqarolik tusidagi
shartnomalar asosida soliq organlari tomonidan jalb qilingan jismoniy shaxslar;
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi vakillari.
Sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazishda nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminallari qo‘llanilishi bo‘yicha
ko‘rsatma berish uchun tovar yoki xizmatni xarid qilgan, tekshiruv natijasidan manfaatdor bo‘lmagan har qanday
mustaqil voyaga yetgan va soliq nazoratini amalga oshirish uchun ahamiyatga ega holatlar o‘ziga ma’lum
bo‘lgan shaxslar jalb qilinishi mumkin.
80. Sayyor soliq tekshiruvida soliq organlarining tekshiruvchi mansabdor shaxslari tomonidan nazorat
xaridi jarayonini videotasvirga olish uchun videotasvirga olish moslamalaridan majburiy foydalanish sharti bilan
mustaqil ravishda nazorat xaridi amalga oshirilishi mumkin.
81. Nazorat xaridini amalga oshirgan shaxslar sotib olingan tovarlarni nazorat xaridi yakunlanishi bilan soliq
organining sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxslariga topshirishi shart.
82. O‘tkazilgan nazorat xaridi natijasi bo‘yicha ushbu Nizomga 
9-ilovaga 
muvofiq shaklda bayonnoma
rasmiylashtiriladi va sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxs, nazorat xaridini amalga oshirgan
shaxs va tekshirilayotgan shaxs tomonidan imzolanadi.
Nazorat xaridini o‘tkazish bayonnomasining bir nusxasi soliq to‘lovchiga bayonnoma nusxasini olganligini
tasdiqlovchi imzo qo‘ydirgan holda beriladi. Bunda soliq to‘lovchi nazorat xaridini o‘tkazish bayonnomasiga imzo
chekishdan va (yoki) uning nusxasini olishdan bosh tortgan hollarda, sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi
mansabdor shaxs tomonidan bayonnomaga bu haqida tegishli yozuv kiritiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
83. Nazorat xaridini o‘tkazishda naqd pul mablag‘lari va bank plastik kartalaridagi mablag‘lardan ham
foydalanish mumkin.
Nazorat xaridini o‘tkazishda foydalanish uchun naqd pul mablag‘lari Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy
yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi
mablag‘lari hisobidan ajratiladi.
Sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxs nazorat xaridini o‘tkazish uchun naqd pul
mablag‘larini tegishli soliq organi kassasidan oladi.
Naqd pul mablag‘larini sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun mansabdor shaxsga berishda ularning
qiymati, banknota seriyasi va raqamlari alohida varaqda qayd etilib, chiqim kassa orderiga ilova qilinadi. Mazkur
varaq nusxasi sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxsga beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tijorat banklarida korporativ bank kartalarini ochish va
sayyor soliq tekshiruvlarini o‘tkazishda nazorat xaridlarini amalga oshirish uchun ulardan foydalanish huquqiga
ega.
Bank kartalaridan foydalangan holda nazorat xaridini amalga oshirish paytida jismoniy shaxsning shaxsiy
bank kartasidan yoki Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tijorat banklarida ochilgan korporativ bank kartalaridan
foydalaniladi.
Soliq organlari tomonidan korporativ bank kartalaridan foydalangan holda o‘tkaziladigan nazorat xaridlari
Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan
xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Nazorat xaridlarini amalga oshirish uchun Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tijorat banklarida ochilgan
korporativ bank kartalarini saqlash funksiyalarini bajaruvchi vakolatli shaxslar sayyor soliq tekshiruvlarini
o‘tkazishni amalga oshiruvchi bo‘linmalarning rahbarlari (rahbar o‘rinbosarlari) hisoblanadi.
Nazorat xaridlarini amalga oshirish uchun olingan mablag‘larning maqsadli sarflanishi uchun soliq
organlarining sayyor soliq tekshiruvlarini o‘tkazadigan bo‘linmalarining rahbarlari (rahbar o‘rinbosarlari) shaxsan
javobgardir.
Korporativ bank kartalaridan foydalangan holda nazorat xaridlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
mablag‘lar miqdori Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Nazorat xaridi jarayonida bank kartalaridan foydalanilgan pul mablag‘larini qaytarib berish vazifasi nazorat
xaridi o‘tkazilgan soliq to‘lovchi zimmasiga yuklanadi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling