Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida


-bob. Sayyor soliq tekshiruvini tashkil etish va o‘tkazish tartibi


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/61
Sana08.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1341118
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   61
Bog'liq
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida

5-bob. Sayyor soliq tekshiruvini tashkil etish va o‘tkazish tartibi
1-§. Sayyor soliq tekshiruvini tashkil etish
57. Sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
soliq xavfini boshqarish tizimi orqali aniqlangan, soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish xavfi mavjudligi;
(57-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
jismoniy yoki yuridik shaxslarning soliq yoxud valyuta to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi holatlari to‘g‘risidagi
murojaatlari, shu jumladan, tovarlar va xizmatlarning narxini asossiz oshirib yuborish holatlari to‘g‘risida,
yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalari bilan tashish bo‘yicha noqonuniy tadbirkorlik faoliyati;
(57-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)


ommaviy axborot vositalarida soliqqa va valyutaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon
qilinganda;
o‘tkazilayotgan kameral soliq tekshiruvini xolisona amalga oshirish maqsadida qo‘shimcha ma’lumotlar
olish zarurati yuzaga kelganda;
Oldingi
 tahrirga qarang.
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini soliq organlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus
ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida qo‘shimcha soliq nazorati tadbirlarini o‘tkazish zarur bo‘lganda;
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi 595-sonli 
qaroriga 
asosan
oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/595/0900-son — 2021-yil 23-
dekabrdan kuchga kiradi)
valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish jarayonida
soliq organi yuborgan so‘rovnomaga soliq to‘lovchi tomonidan hujjatlar yoki axborot taqdim etilmagan yoxud
to‘liq taqdim etilmaganda;
sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek, boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan soliq va
valyutaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida dalolat beruvchi axborot tushganda;
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ko‘rsatilgan soliqqa oid huquqbuzarlik holatlari va ularni sodir etgan jismoniy shaxslarning murojaati soliq
organlariga avval kelib tushgan va uning asosida soliq organlari tomonidan sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazayotgan
yoki sayyor soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha soliq organining rahbari (rahbar
o‘rinbosari) tomonidan tegishli qaror qabul qilinayotgan bo‘lsa, soliq organlari qonunchilik hujjatlarida evaziga
haq to‘lanishi nazarda tutilgan soliqqa oid huquqbuzarlik holatlari va ularni sodir etgan shaxslar to‘g‘risida takror
kelib tushgan xabarlar asosida sayyor soliq tekshiruvlarini o‘tkazmaslik huquqiga ega.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli 
qaroriga 
asosan
to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
58. Sayyor soliq tekshiruvi o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi.
59. Sayyor soliq tekshiruvi soliq organi rahbarining (o‘rinbosarining) buyrug‘i asosida o‘tkaziladi.
Sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqda soliq to‘lovchining nomi, tekshiruvchi shaxslarning
familiyasi, ismi, otasining ismi hamda lavozimi, tekshiruvlarni o‘tkazish muddati va maqsadlari, Tekshiruvlarni
elektron ro‘yxatga olish yagona tizimidagi ro‘yxatga olish raqami ko‘rsatiladi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, noqonuniy faoliyat yuritayotgan jismoniy shaxslar faoliyati bo‘yicha sayyor
soliq tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqda soliq to‘lovchining nomi va Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish
yagona tizimidagi ro‘yxatga olish raqami ko‘rsatilmaydi.
60. Agar sayyor soliq tekshiruvida soliq organining ikki yoki undan ortiq tekshiruvchi mansabdor shaxslari
qatnashganda, buyruqda familiyasi birinchi ko‘rsatilgan tekshiruvchi tekshirish jarayonini boshqarish va
natijalarini umumlashtirishga javobgar shaxs hisoblanadi.
61. Sayyor soliq tekshiruvini tayinlash to‘g‘risidagi buyruqda ko‘rsatilgan sana ushbu tekshiruvni o‘tkazish
muddatining boshlanishi deb hisoblanadi.
62. Sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazishda soliq to‘lovchilardan sayyor soliq tekshiruvi predmetiga aloqador
bo‘lmagan hujjatlarni (axborotni) talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
63. Soliq to‘lovchilar tomonidan savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishi, shu jumladan, ular
tomonidan nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminallari qo‘llanilishi bo‘yicha sayyor soliq tekshiruvlarini
tashkil etish Davlat soliq qo‘mitasining “Soliq hamkor” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Fuqarolardan tushgan murojaatlar va o‘tkazilgan soliq tekshiruvlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Davlat soliq
qo‘mitasining axborotlarni qayta ishlash markazi tizimida joylashtiriladi.
“Soliq hamkor” avtomatlashtirilgan axborot tizimini qayta ishlash, har yilgi saqlash va modernizatsiyalash
Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan
xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
64. Soliq to‘lovchilar tomonidan nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminallari qo‘llanilishi masalalari
bo‘yicha sayyor soliq tekshiruvlari soliq organlari tomonidan xavfni boshqarish tizimi ma’lumotlaridan
foydalangan holda choraklik reja-jadval asosida amalga oshirilishi mumkin.
65. Avtotransport vositalarida tashilayotgan tovarlarga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan tovar-
kuzatuv hujjatlari mavjudligining sayyor soliq tekshiruvlari soliq organlari mansabdor shaxslari tomonidan blok-
postlarda huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa nazorat organlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Mazkur
tekshirishlar soliq organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlari hamda boshqa
nazorat va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
66. Sayyor soliq tekshiruvi jarayonida soliq organi mansabdor shaxslari ushbu Nizomning 6-bobi 

va 
6-
paragraflarida 
belgilangan tartibda soliq to‘lovchining binolarini va hududini ko‘zdan kechirishga hamda
hujjatlar va buyumlarni olib qo‘yishga haqli. Mazkur tadbirlar videotasvirga olish qurilmalaridan foydalanish
vositasida amalga oshiriladi, bunday imkoniyat mavjud bo‘lmaganda esa — xolislar ishtirokida amalga oshiriladi.
(66-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli 
qarori
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling