Tayyorladi;Esanov Fazliddin
Reja; - 1. Soliq nazoratining huquqiy asoslari.
- 2. Soliq nazoratini amalga oshirish shakllari.
- 3.Soliq tekshiruvlarining mohiyati va turlari.
- 4. Soliq tekshiruvlarini o‘tkazish tartibi
- 5. Davlat organlarining soliq nazoratini olib borishdagi vazifa va funksiyalari
Soliq tekshiruvlarini o’tkazish tartibi - Soliq organlari tomonidan soliq tekshiruvlarini o‘tkazish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga amal qilinadi, ya’ni ushbu kodeksning 15-bobida soliq tekshiruvlarini o‘tkazish tartibi keltirilgan
- Soliq to’lovchilarining yagona reestri DSQ tomonidan yuritiladi. Davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq to’lovchiga berilgan identifikasiya raqami berilganligi to’g’risidagi guvohnoma yoki soliq to’lovchi bir vaqtning o’zida davlat soliq xizmati organlarida va davlat statistikasi organlarida hisobga qo’yilgan holda davlat ro’yxatidan o’tkazilgan taqdirda, davlat ro’yxatidan o’tkazilganlik to’g’risidagi guvohnoma soliq to’lovchining hisobga qo’yilganligini tasdiqlovchi hujjatdir.
Soliq nazoratining huquqiy asoslari - Soliq nazoratini amalga oshirishning huquqiy asosi hisoblangan O‘zbekiston Repsublikasi Soliq Kodeksi dastlab 1997 yilda qabul qilingan bo‘lib, 10 yil davomida unga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar natijasida davr talabi bilan 2007 yilda yangi tahrirda qabul qilindi. Oxirgi ikki yil mobaynida soliq tizimida amalga oshirilayotgan chora tadbirlar natijasida joriy yilda yana yangi tahrirda qabul qilinishi kutilmoqda.
SOLIQ SOLISH OBYEKTLARINI VA SOLIQ SOLISH BILAN BOG’LIQ OBYEKTLARNI HISOBGA OLISH - davlat soliq xizmati organi tomonidan har bir soliq to’lovchi bo’yicha hamda u to’layotgan barcha soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha, soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bog’liq obyektlar to’g’risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish, shu jumladan elektron shaklda shakllantirish va yuritish orqali amalga oshiriladi. Soliq solish obyektlari to’g’risidagi ma’lumotlar bazasi soliq to’lovchi tomonidan taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotlarining ma’lumotlari, tegishli organlar, tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar, shuningdek davlat soliq xizmati organlari boshqa manbalardan to’plagan, shu jumladan soliq tekshiruvlari vaqtida to’plagan axborotlar asosida shakllantiriladi.
BYUDJETGA VA DAVLAT MAQSADLI JAMG’ARMALARIGA TUSHAYOYGAN TUSHUMLAR HISOBGA OLISH - Davlat soliq xizmati organlari, bojxona organlari hamda zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni undirish vazifasi yuklatilgan boshqa davlat organlari hamda tashkilotlari yuritishi kerak. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar tushumini hisobga olish byudjet klassifikasiyasiga muvofiq yuritiladi.
- Davlat soliq xizmati organlari byudjetga va davlat maqsadli jamg’armalariga tushumlar hisobini soliq to’lovchining shaxsiy kartochkasida soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning, shuningdek penya va jarimalarning hisoblangan hamda to’langan summalarini aks ettirish orqali yuritadi. Soliq to’lovchining shaxsiy kartochkasi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning har bir turi bo’yicha ochiladi.
- soliq to’lovchi tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotini, shuningdek soliq to’lovchining faoliyati to’g’risida davlat soliq xizmati organidagi mavjud boshqa hujjatlarni o’rganish hamda tahlil etish asosida amalga oshiriladigan nazoratdir. Кameral nazorat soliq to’lovchining huzuriga bormasdan davlat soliq xizmati organi joylashgan erda amalga oshiriladi.
SOLIQ MONITORINGI - Soliq monitoringi deganda loyihada soliq to`lovchilarga joriy soliq solish masalalarini hal qilishda har tomonlama ko`maklashgan holda davlat soliq xizmati organlari va halol soliq to`lovchilar o`rtasida kalendar yil mobaynida kengaytirilgan axborot almashinuvini nazarda tutuvchi soliq nazoratining shakli tushuniladi.
- Soliq monitoringi mobaynida soliq va boshqa majburiy to`lovlarning to`g`ri hisoblab yozilishi, to`liqқ va o`z vaqtida to'lanishi nazorat qilinadi.
NAQD PUL TUSHUMI KELIB TUSHISHINING XRONOMETRAJI - NAQD PUL TUSHUMI KELIB TUSHISHINING XRONOMETRAJI Bu nazorat soliq to’lovchining xronometraj o’tkazilgan davrda haqiqatda kelib tushgan naqd pul tushumini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji naqd hisob-kitob asosida tovarlar realizasiya qiladigan yoki xizmatlar ko’rsatadigan soliq to’lovchi huzurida davlat soliq xizmati organi tomonidan o’tkaziladi. Xronometrajni o’tkazishga boshqa shaxslarni, shu jumladan ekspertlarni jalb etishga yo’l qo’yilmaydi.
FISKAL XOTIRALI NAZORAT-KASSA MASHINALARI MAJBURIY QO’LLASH - O’zbekiston Respublikasi hududida naqd pulda hisob-kitob qilish bilan tovarlarni realizasiya qilish, ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish Nazorat-kassa mashinalarining davlat reestriga kiritilgan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari majburiy qo’llanilgan holda amalga oshiriladi.
- Faoliyatining o’ziga xos xususiyati sababli naqd pul bilan hisob-kitob qilishni nazorat-kassa mashinalarini qo’llamasdan amalga oshirish huquqiga ega bo’lgan ayrim toifadagi yuridik va jismoniy shaxslarning ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |