Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida


-§. Kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha talabnomani yuborish


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/61
Sana08.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1341118
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   61
Bog'liq
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida

3-§. Kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha talabnomani yuborish
38. Kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha tasdiqlangan xulosaga ko‘ra soliq hisobotidagi tafovutlar yoki
xatolar aniqlangan holatlar yuzasidan soliq organi tomonidan ikki kun muddatda soliq to‘lovchiga ularni bartaraf
etish to‘g‘risida ushbu Nizomga 
7-ilovaga 
muvofiq shaklda talabnoma yuboriladi.
Talabnoma yuborilgan sana kameral soliq tekshiruvi tugatilgan sana hisoblanadi. Taqdim etilgan soliq
hisobotlarini o‘rganish va tahlil qilish natijalari bo‘yicha tafovutlar yoki xatolar aniqlanmagan bo‘lsa ham kameral
soliq tekshiruvi yakunlangan deb hisoblanadi va bu haqida soliq organi tomonidan soliq to‘lovchining shaxsiy
kabinetiga tegishli xabarnoma yuboriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
39. Soliq to‘lovchi talabnoma olingan kundan boshlab besh kun ichida tegishli soliqlar bo‘yicha
aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoxud aniqlangan tafovutlarning asoslarini tasdiqlovchi hujjatlar bilan soliq
organiga taqdim etishi shart.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli 
qarori 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
40. Soliq to‘lovchi talabnomada ko‘rsatilgan tafovutlarning asosnomasi sifatida soliq maslahatchilari
tashkilotining xulosasini taqdim etishga haqli. Ushbu asosnomani soliq to‘lovchining nomidan soliq
maslahatchilari tashkiloti mustaqil ravishda soliq to‘lovchi bilan tuzilgan shartnomaga asosan taqdim etishi
mumkin.
41. Soliq to‘lovchining taqdim etgan asosnomasi tegishli hujjatlar (asosnomalar) olingan kundan e’tiboran
o‘n besh kun ichida soliq organining rahbari (rahbari o‘rinbosari) tomonidan ko‘rib chiqiladi.
42. Aniqlangan tafovutlar bo‘yicha taqdim etilgan asosnomalarga to‘liq yoki qisman rozilik berilgan
taqdirda, soliq organi oldin yuborilgan talabnoma bekor qilinganligi to‘g‘risidagi bildirish xatini yoxud soliq
hisobotiga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi aniqlashtirilgan talabnomani uch kun ichida soliq to‘lovchiga yuboradi.
43. Agar soliq to‘lovchi aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etmasa yoki aniqlangan tafovutlar bo‘yicha
asosnomalarni taqdim etmasa yoxud taqdim etgan asosnomalar yetarli emas deb topilsa soliq organi soliq
to‘lovchiga soliq auditini tayinlashga haqli. Bunda soliq auditi ushbu Nizomning 
6-bobida 
belgilangan tartibda
o‘tkaziladi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling