Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida
II BO‘LIM. SOLIQ TEKShIRUVLARINI O‘TKAZISh TARTIBI
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-bob. Kameral soliq tekshiruvini tashkil etish va o‘tkazish tartibi 1-§. Kameral soliq tekshiruvini tashkil etish
II BO‘LIM. SOLIQ TEKShIRUVLARINI O‘TKAZISh TARTIBI
(II bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son) 4-bob. Kameral soliq tekshiruvini tashkil etish va o‘tkazish tartibi 1-§. Kameral soliq tekshiruvini tashkil etish 21. Kameral soliq tekshiruvi quyidagi hollarda o‘tkaziladi: Oldingi tahrirga qarang. tekshiruvdan oldingi tahlil natijalarida aniqlangan tafovutlar bo‘yicha soliq to‘lovchiga soliq organi tomonidan yuborilgan xabarnomaga javoban xabarnoma olingan kundan e’tiboran o‘n kun muddatda soliq to‘lovchi tomonidan aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoxud asoslantirishlar taqdim etilmaganda; (21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son) Oldingi tahrirga qarang. soliq xavfini boshqarish tizimi asosida aniqlangan soliq to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi sodir etilganligi xavfi mavjudligida; (21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotida tafovutlar yoki xatolar aniqlanganda. Soliq organlari quyidagi hollarda ham kameral soliq tekshiruvini o‘tkazishga haqli: Oldingi tahrirga qarang. soliq to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining buzilishi holatlari haqida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari soliq organiga tushganda; (21-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) soliq to‘lovchi tomonidan oldin taqdim etilgan soliq hisobotiga nisbatan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasini kamaytiradigan yoki ko‘rilgan zarar summasini ko‘paytiradigan aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilganda. Oldingi tahrirga qarang. 21 . Soliq organlari kameral soliq tekshiruvi o‘tkazilishi boshlanguniga qadar tekshiruvdan oldingi tahlilni o‘tkazishi mumkin. 1 Tekshiruvdan oldingi tahlil taqdim etilgan soliq hisoboti va soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risidagi boshqa axborotning soliq organlari tomonidan axborot tizimlaridan foydalangan holda, soliq to‘lovchining ishtirokisiz o‘tkaziladigan avtomatlashtirilgan tahlilini ifoda etadi. 21 . Tekshiruvdan oldingi tahlil soliq organi rahbarining (rahbar o‘rinbosarining) buyrug‘isiz va soliq to‘lovchini jalb qilmagan holda amalga oshiriladi. 21 . Agar tekshiruvdan oldingi tahlil chog‘ida soliq organi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotida soliq organida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar bilan tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlansa, soliq to‘lovchiga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq hisobotiga tegishli tuzatishlar kiritish to‘g‘risida 3-a-ilovaga muvofiq shaklda xabarnoma yuboriladi. Soliq to‘lovchi ko‘rsatilgan xabarnomani olgan kundan e’tiboran o‘n kun muddatda aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi shart. 21 . Tekshiruvdan oldingi tahlil aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoki aniqlangan tafovutlar asosnomasi soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan yoxud kameral soliq tekshiruvi tayinlagan sanadan e’tiboran yakunlangan hisoblanadi. (21 — 21 -bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son) 22. Kameral soliq tekshiruvi Soliq kodeksining 88-moddasida belgilangan da’vo muddati o‘tmagan soliq davrlariga nisbatan o‘tkazilishi mumkin. Agar soliq (hisobot) davri uchun soliq monitoringi o‘tkazilayotgan bo‘lsa, bunday davr uchun kameral soliq tekshiruvi o‘tkazilmaydi. Ko‘rsatilgan qoida soliq monitoringi muddatidan oldin tugatilganda qo‘llanilmaydi. 23. Kameral soliq tekshiruvi soliq organi joylashgan joyda amalga oshiriladi, bundan soliq to‘lovchining hududlarini va binolarini ko‘zdan kechirish bilan bog‘liq holatlar mustasno. Hududlarni va binolarni ko‘zdan kechirish soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotida aks ettirilgan ko‘rsatkichlar yoki ma’lumotlar hamda soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risida soliq organida mavjud boshqa axborotning haqqoniyligini tasdiqlash uchun o‘tkaziladi. Hududlarni va binolarni ko‘zdan kechirish soliq to‘lovchida belgilangan ish rejimiga asosan bir ish kuni davomida o‘tkaziladi. Oldingi tahrirga qarang. 24. Agar soliq to‘lovchi tomonidan avval hisoblangan soliq summasi o‘zgartirilib, kameral soliq tekshiruvi tugagunga qadar besh kun oldin aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilsa, kameral soliq tekshiruvi ushbu taqdim etilgan aniqlashtirilgan soliq hisobotini hisobga olgan holda o‘tkaziladi. (24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son) Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling