Qobil To’xtayev


Download 0.96 Mb.
bet1/3
Sana07.02.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1173984
  1   2   3
Bog'liq
jismoniy

Qobil To’xtayev

Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish fanidan mustaqil ishi

Mavzu: soliq tekshiruvlari

Kameral soliq tekshiruvi — soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotini, moliyaviy hisobotni, shuningdek soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risida soliq organida mavjud bo‘lgan boshqa hujjatlar hamda ma’lumotlarni tahlil qilish asosida soliq organi tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruv hisoblanadi

  • Kameral soliq tekshiruvi quyidagi hollarda o‘tkaziladi ?
  •  Soliq xavfini boshqarish tizimi asosida aniqlangan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi sodir etilganligi xavfi mavjudligida;
  • Soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotida tafovutlar yoki xatolar aniqlanganda
  • Soliq organlari quyidagi hollarda ham kameral soliq tekshiruvini o‘tkazishga haqli:
  • Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarining buzilishi holatlari haqida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari soliq organiga tushganda;
  •  Agar soliq to‘lovchi tomonidan avval hisoblangan soliq summasi o‘zgartirilib, kameral soliq tekshiruvi tugagunga qadar o‘n kun oldin aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilsa, kameral soliq tekshiruvi ushbu taqdim etilgan aniqlashtirilgan soliq hisobotini hisobga olgan holda o‘tkaziladi.

 Sayyor soliq tekshiruvi — soliq organlari tomonidan soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash sohasida soliq to‘lovchilarning ayrim majburiyatlarini, shuningdek, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarini bajarish bo‘yicha o‘tkaziladi. Unda hisobga olish hujjatlarining, tovar-moddiy qimmatliklar va pul mablag‘lari harakatining, shuningdek, soliq to‘lovchining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa axborotning tahlili o‘tkaziladi.

  •  Sayyor soliq tekshiruvida quyidagilar amalga oshiriladi:
  • soliq to‘lovchilar tomonidan aholi bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishda savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishini, shu jumladan, nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminallarining qo‘llanilishini tekshirish;
  • profilaktika tadbirlarini o‘tkazish
  • soliq to‘lovchining tekshiruv bilan bog‘liq, shu jumladan, elektron axborot jismlarida saqlanadigan hisob hujjatlari va axborotni talab qilib olish va o‘rganish;
  • avtotransport vositalarida tashilayotgan tovarlarga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan tovar-kuzatuv hujjatlari mavjudligini tekshirish. 
  • yer qaʼridan foydalanuvchi soliq to‘lovchilar tomonidan haqiqatda qazib olingan foydali qazilmalar hajmini tekshirish;
  • banklar tomonidan soliq to‘lovchilarning to‘lov topshiriqnomalari va soliq organlarining inkasso topshiriqnomalari o‘z vaqtida bajarilishini tekshirish;

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling