Qobil To’xtayev


Download 0.96 Mb.
bet2/3
Sana07.02.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1173984
1   2   3
Bog'liq
jismoniy

Soliq auditi – bu yuqori darajada riskka tushgan soliq toʼlovchi tomonidan soliq qonunlariga rioya etilishini har tomonlama oʼrganish hisoblanib, soliqlarni toʼlashdan boʼyin tovlash xavfi omillarini tahlil qilish asosida tanlangan soliq toʼlovchilarga nisbatan oʼtkaziladi.

  •  Soliq auditi oʼtkazilishi to'g'risida habardor qilish
  • Soliq organlari soliq auditi oʼtkazishga nomzod boʼlgan soliq toʼlovchilarga kamida oʼttiz kalendar kun oldin soliq auditi oʼtkazilishi toʼgʼrisida xabarnoma yuboradi.
  • Lekin, soliqlarni toʼlashdan boʼyin tovlash belgilari mavjud boʼlgan hollarda, soliq organi Davlat soliq qoʼmitasi bilan kelishgan holda soliq auditini xabarnoma yubormasdan amalga oshirish huquqiga ega.

Soliq kodeksida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʼlsa, soliq auditi faqat daʼvo qilish muddati oʼtmagan oxirgi soliq auditidan keyingi davrni qamrab olishi mumkin. Yakuniy tekshirishda soliq auditi bevosita tekshiruv yilidan avvalgi uch yildan ortiq davrni qamrab olishi mumkin emas. Аynan bir xil soliq turi boʼyicha aynan bir davr uchun birdan ortiq soliq auditi oʼtkazishga hakli emas. Bundan soliq auditini oʼtkazish chogʼida soliq organiga maʼlum boʼlmagan yangi holatlar aniqlangan hollar mustasno. Yangi holatlar aniqlangan taqdirda soliq organi takroriy soliq auditini tayinlashga haqli. Soliq auditi oʼttiz kundan ortiq davom etishi mumkin emas. Shuningdek, soliq toʼlovchi tomonidan hujjatlarni taqdim qilish kechiktirlganda, Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida maʼlumot olishda, ekspretiza oʼtkazishda va chet tilida taqdim etilgan hujjatlarni tarjima qilishda tekshirish muddati uzaytirilishi mumkin. Bunda soliq auditining umumiy muddati olti oydan oshmasligi kerak. Soliq auditini oʼtkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslarini koʼrsatilgan hududga yoki binoga (bundan turar joylar mustasno) kirishiga toʼsqinlik qilinganda, soliq organi bankdagi hisobvaraqlar boʼyicha operatsiyalarni toʼxtatib turishga haqli.

Soliq auditi tugaganidan keyin oʼn kun ichida soliq toʼlovchi roʼyxatdan oʼtgan joydagi soliq organiga uning natijalari boʼyicha yozma eʼtirozlar yuborishga haqlidir. Soliq auditi materiallarini koʼrib chiqish paytida, agar soliq qonunchiligi buzilganligi yoki buzilmaganligini tasdiqlash uchun qoʼshimcha dalillar olish zarur boʼlsa, soliq organining rahbari (rahbar oʼrinbosari) bir oydan oshmagan muddatda qoʼshimcha soliq nazorati tadbirlarini oʼtkazish toʼgʼrisida qaror qabul qilishga haqlidir. Soliq auditi materiallarini koʼrib chiqish muddati qoʼshimcha tadbirlarni qoʼllash davrida toʼxtatib turiladi. Soliq auditi dalolatnomasini koʼrib chiqish natijalari boʼyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror qabul qilinadi: a) soliqlar va penyalarni qoʼshimcha undirish yoki buni rad etish; b) soliq huquqbuzarligi uchun soliq toʼlovchini javobgarlikka tortish yoki bundan voz kechish. Soliq toʼlovchi oʼttiz kun ichida ushbu qaror ustidan sudgacha hal qilish tartibida yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat qilish huquqiga ega. Soliq auditi natijalari boʼyicha qabul qilgan qaror yuqori turuvchi soliq organi yoki sud tomonidan bekor qilingan taqdirda, ushbu qaror boʼyicha soliqlarning va moliyaviy sanktsiyalarning undirilgan (toʼlangan) summalari Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ushbu summalar undirilgan (toʼlangan) davrda amalda boʼlgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblangan foizlarni inobatga olgan holda soliq toʼlovchiga qaytariladi (hisobga olinadi)


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling