Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida


-§. Ixtiyoriy tugatilayotgan yuridik shaxslar va faoliyatini to‘xtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlarda soliq


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/61
Sana08.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1341118
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   61
Bog'liq
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida

2-§. Ixtiyoriy tugatilayotgan yuridik shaxslar va faoliyatini to‘xtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlarda soliq
auditini o‘tkazish xususiyatlari
142. Ixtiyoriy ravishda tugatilayotgan yuridik shaxslar, vakolatxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlarda soliq
auditi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning xabarnomasi asosida amalga oshiriladi.
Soliq organida soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi norezidentining doimiy
muassasasida soliq auditi uning soliq organida hisobga qo‘yilishiga asos bo‘lgan arizada yoki unga ilova qilingan
shartnomada ko‘rsatilgan muddat tugaganda o‘tkaziladi.
143. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan hamda
soliq qarzi mavjud bo‘lmagan tijorat tashkilotlarida soliq auditi o‘tkazilmaydi.
144. Ixtiyoriy ravishda tugatilayotgan soliq to‘lovchida soliq auditi oxirgi soliq auditidan keyingi soliq davrini,
biroq soliq auditi o‘tkazilayotgan yildan oldingi uch yildan oshmagan davrni qamrab olishi mumkin.
3-§. Hudud va binolarni ko‘zdan kechirish
145. Soliq organlarining bevosita soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi mansabdor shaxslari ko‘rsatilgan obyektlar
to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlarning tekshirilayotgan shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga asoslangan
ma’lumotlarga muvofiqligini aniqlash maqsadida tekshirilayotgan shaxsning tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirish uchun foydalaniladigan hududlarini yoki binosini yoxud soliq solish obyektlarini ko‘zdan kechirish
mumkin.
Ko‘zdan kechirish davomida suratga olish va videoyozuvlar amalga oshiriladi, hujjatlardan nusxa olinadi
yoki tekshirish bilan bog‘lik boshqa harakatlar amalga oshiriladi.
Soliq to‘lovchining talabiga binoan ko‘zdan kechirish xolislar ishtirokida amalga oshiriladi.
146. Bevosita soliq auditini o‘tkazuvchi soliq organlari mansabdor shaxslarining tekshirilayotgan shaxsning
hududiga yoki binosiga kirishi ushbu mansabdor shaxslar tomonidan xizmat guvohnomalari ko‘rsatilgan va soliq
organi rahbarining (rahbari o‘rinbosarining) ushbu shaxsning soliq auditini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i taqdim
etilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Soliq organlarining soliq auditini o‘tkazuvchi mansabdor shaxslariga mazkur hududlarga yoki binolarga
(bundan turar joy binolari mustasno) kirishiga to‘sqinlik qilingan taqdirda, soliq organining mansabdor shaxsi o‘zi
va tekshirilayotgan shaxs tomonidan imzolanadigan dalolatnomani ushbu Nizomga 
17-ilovaga 
muvofiq shaklda
tuzadi. Bunday dalolatnoma asosida soliq organi tekshirilayotgan shaxs to‘g‘risida o‘zida mavjud bo‘lgan
ma’lumotlar yoki xuddi shunday soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq
summasini mustaqil tarzda aniqlashga haqli.


147. Soliqlarni hisoblash uchun buxgalteriya hujjatlari yo‘qotilgan yoki yo‘q qilingan taqdirda, birinchi
navbatda, soliq organlarida mavjud bo‘lgan va soliq to‘lovchidan olingan ma’lumotlar o‘rganiladi.
Bunday axborotga quyidagilar kiradi:
soliq to‘lovchining o‘tgan davrlar uchun taqdim etilgan soliq va moliyaviy hisoboti;
soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlari;
Oldingi
 tahrirga qarang.
davlat soliq xizmati organlariga qonunchilikda belgilangan tartibda axborot taqdim etadigan organlar va
tashkilotlardan olingan ma’lumotlar.
(147-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
148. Agar soliq to‘lovchi tomonidan soliqlar hisoblash uchun zarur bo‘lgan buxgalteriya hujjatlari yo‘qotilgan
yoki yo‘q qilingan yoxud hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda soliq organlari mustaqil ravishda soliqlarni yalpi
hududiy mahsulot deflyatori miqdorida mos davriga nisbatan hisoblaydi.
Mol-mulk solig‘ining hisob-kitobi mol-mulkning qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, amortizatsiya normalari
va belgilangan stavkalar asosida amalga oshiriladi.
Yer solig‘i summasining hisob-kitobi yer uchastkasining maydoni to‘g‘risidagi ma’lumotlar va belgilangan
stavkalar asosida amalga oshiriladi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi foydalanilgan suv hajmi to‘g‘risidagi
ma’lumotlar va belgilangan stavkalar asosida amalga oshiriladi.
149. Soliq to‘lovchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab bir yil o‘tmagan taqdirda, soliqlarni hisob-
kitob qilish orqali hisoblab chiqarish soliq organlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Bunday axborotga quyidagilar kiradi:

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling