Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/61
Sana08.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1341118
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   61
Bog'liq
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida

Oldingi
 tahrirga qarang.
soliq organlariga qonunchilikda belgilangan tartibda axborot taqdim etadigan organlar va tashkilotlardan
olingan ma’lumotlar;
(149-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
soliq hisobotini muntazam taqdim etadigan va o‘xshash faoliyat bilan shug‘ullanadigan soliq to‘lovchilar
to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
150. Qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa vakolatli organlar va tashkilotlardan olingan ma’lumotlar
asosida soliqlarni hisoblab chiqarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
(150-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
soliq organlari olingan ma’lumotlar asosida soliqlarning hisobot davriga belgilangan stavkalarini qo‘llagan
holda soliq solish obyektini va soliq solinadigan bazani aniqlaydi;
agar olingan ma’lumotlar asosida soliq solish obyektini va soliq solinadigan bazani aniqlash imkoniyati
bo‘lmagan taqdirda, soliqlar soliq hisobotini muntazam taqdim etadigan va o‘xshash faoliyat bilan
shug‘ullanadigan soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi axborot asosida hisoblab chiqariladi.
Shunga asosan soliq to‘lovchilarning o‘xshash faoliyati quyidagi o‘xshash ko‘rsatkichlardan kelib chiqqan
holda aniqlanadi:
faoliyat turi;
foydali qazilmalarning ro‘yxati va kavlab chiqarish hajmlari;
ishlab chiqariladigan tovarlarning (xizmatlar ko‘rsatish, ishlarni bajarish) ro‘yxati va hajmlari, tovar aylanmasi
hajmlari;
xizmat ko‘rsatiladigan mijozlar, o‘qitilgan shaxslar (bitiruvchilar), amalga oshiriladigan bitimlarda jalb
etilgan shaxslar soni;
mehnat shartnomalari bo‘yicha, fuqarolik huquqiy tusdagi shartnomalar bo‘yicha ishlayotgan shaxslar soni,
shuningdek, o‘rtacha oylik mehnatga haq to‘lash fondi;
mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish va ishlarni bajarish uchun resurslar va xomashyo iste’moli
hajmi;
sof foydaning sof tushumga (tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilishda olingan daromad aksiz va
qo‘shilgan qiymat solig‘isiz hisoblangan summa) nisbati sifatida aniqlanadigan rentabellik ko‘rsatkichi yoki sof
foydaning xarajatlarga nisbati kabi rentabellik ko‘rsatkichlari;
soliq to‘lovchining joylashgan joyi.
151. Soliq to‘lovchi faqat naqd pulsiz tartibda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bilan shug‘ullangan
taqdirda, soliqlarni hisob-kitob qilish orqali hisoblab chiqarish realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) uchun
tushgan mablag‘lar qismida soliq to‘lovchining bank hisobvaraqlari bo‘yicha pul mablag‘larining harakati
to‘g‘risidagi xizmat ko‘rsatuvchi bankning axboroti asosida amalga oshiriladi.
152. Faqat chakana savdo, umumiy ovqatlanish va naqd pulga xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan
soliq to‘lovchilar uchun soliq organlari olingan daromadlarni xizmat ko‘rsatuvchi banklarning hisobvaraqlariga
tushgan naqd pul tushumi ma’lumotlari asosida aniqlaydi.
153. Mehnatga haq to‘lash fondini hisob-kitob qilish orqali aniqlash moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalaridan
qat’i nazar, o‘xshash soliq to‘lovchilarda ishchi-xodimlar soni va tarkib topgan o‘rtacha oylik ish haqi to‘g‘risidagi
ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.


154. Tekshirilayotgan shaxs ko‘rsatilgan dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, mazkur
dalolatnomaga tegishli qayd kiritiladi.
Soliq auditini o‘tkazuvchi shaxsga hududlarga yoki binolarga (bundan turar joy binolari mustasno) kirishiga
to‘sqinlik qilingan yoki soliq to‘lovchi ro‘yxatga olish ma’lumotlarida ko‘rsatilgan manzilida joylashmagan
taqdirda, soliq organlari Soliq kodeksining 
111-moddasiga 
muvofiq soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlari
bo‘yicha operatsiyalarni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turishi mumkin.
155. Hudud va binolarni ko‘zdan kechirish uchun ularga kirishga to‘sqinlik qilingan holat bo‘yicha
dalolatnoma tuzilganidan keyin soliq to‘lovchi tomonidan hudud va binolarga kirishga ruxsat berilgan taqdirda,
soliq to‘lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror bekor
qilinadi hamda ko‘zdan kechirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
156. Hudud va binolarni ko‘zdan kechirish natijasida ushbu Nizomga 
18-ilovaga 
muvofiq shaklda
bayonnoma tuziladi.
157. Agar mazkur soliq solish bilan bog‘liq obyektlar boshqa viloyat hududida joylashgan taqdirda, ushbu
obyektlarni ko‘zdan kechirish, mol-mulkni inventarizatsiyadan o‘tkazish hamda savdo qoidalariga rioya qilinishini
nazorat qilish soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi soliq organi mansabdor shaxsining murojaati asosida obyekt
joylashgan joydagi soliq organi rahbarining (o‘rinbosarining) buyrug‘iga binoan amalga oshiriladi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling