4-§. Hujjatlarni talab qilib olish
158. Soliq auditini o‘tkazuvchi shaxs soliq to‘lovchidan soliq auditi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni talab qilib
olishga haqli. Bunda soliq to‘lovchiga ushbu Nizomga
19-ilovaga
muvofiq shaklda rasmiylashtirilgan hujjatlarni
taqdim etish to‘g‘risidagi talabnoma yuboriladi.
Talabnoma soliq to‘lovchiga (uning vakiliga) shaxsan imzo qo‘ydirgan holda topshiriladi. Agar talabnomani
mazkur usulda topshirish imkoni bo‘lmasa, soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi yoki pochta orqali
buyurtma xat bilan jo‘natiladi.
159. Soliq auditi davomida talab qilingan hujjatlar talabnoma olingan kundan e’tiboran besh ish kuni
mobaynida taqdim etiladi. Agar tekshirilayotgan shaxs talab qilinayotgan hujjatlarni ushbu muddatda taqdim
etish imkoniga ega bo‘lmasa, u soliq auditini o‘tkazuvchi shaxsni bu haqida yozma ravishda xabardor qiladi.
Soliq to‘lovchi talab qilingan hujjatlarni belgilangan muddatlarda taqdim etishning imkoni yo‘qligi
to‘g‘risida uning sabablari ko‘rsatilgan yozma shakldagi xabarnomani talabnoma olingan kundan keyingi kun
davomida yuborishi kerak. Ushbu xabarnomada soliq to‘lovchi talab qilingan hujjatlarni taqdim eta olishi
mumkin bo‘lgan muddatlar ko‘rsatilishi lozim.
160. Soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) soliq to‘lovchidan xabarnomani olgan kundan e’tiboran
ikki kun mobaynida ushbu xabarnoma asosida hujjatlarni taqdim etish muddatlarini uzaytirish yoki muddatlarni
uzaytirishni rad etishga haqli bo‘lib, bu haqida alohida qaror chiqaradi.
161. Tekshirilayotgan shaxsning talab qilinayotgan hujjatlarni taqdim etishni rad etganligi soliq organining
mansabdor shaxsi tomonidan ushbu Nizomga
20-ilovaga
muvofiq shaklda tuziladigan bayonnomada qayd
etiladi.
Tekshirilayotgan shaxs bayonnomani imzolashni rad etgan taqdirda, bu haqida tegishli qayd kiritiladi.
Ko‘rsatilgan hujjatlarni taqdim etish soliq to‘lovchi tomonidan rad etilganligi yoki belgilangan muddatlarda
taqdim etilmaganligi ushbu hujjatlarni olib qo‘yish uchun asos bo‘ladi.
162. Soliq auditi jarayonida soliq organlariga tekshirilayotgan shaxsning kameral yoki sayyor soliq
tekshiruvlari o‘tkazilganda oldin taqdim etilgan hujjatlarni, shuningdek, soliq monitoringini o‘tkazish jarayonida
tasdiqlangan ko‘chirma nusxalar shaklida taqdim etilgan hujjatlarni tekshirilayotgan shaxsdan talab qilib olishga
haqli emas.
Agar hujjatlar oldin soliq organiga asl nusxalar tarzida taqdim etilib, keyinchalik tekshirilayotgan shaxsga
qaytarilgan bo‘lsa, shuningdek, soliq organiga taqdim etilib, bartaraf etib bo‘lmaydigan kuch holatlari oqibatida
yo‘qotilgan taqdirda, hujjatlar tekshirilayotgan shaxsdan qayta talab qilib olinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |