Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida


-§. Soliq auditi natijalarini rasmiylashtirish


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/61
Sana08.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1341118
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   61
Bog'liq
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida

8-§. Soliq auditi natijalarini rasmiylashtirish
231. Soliq auditi natijasiga ko‘ra soliq auditini o‘tkazuvchi shaxs tomonidan ushbu Nizomga 
24-ilovaga
muvofiq shaklda uch nusxada soliq auditi dalolatnomasi tuziladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
232. Soliq auditi dalolatnomasiga tekshirish davomida aniqlangan soliq to‘g‘risidagi qonunchilikning
buzilishlari holatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Agar soliq auditi natijasida soliq to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishlari aniqlanmagan bo‘lsa, bu haqida
soliq auditi dalolatnomasida qayd etiladi.
(232-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
233. Soliq auditi dalolatnomasining barcha nusxalari soliq auditini o‘tkazuvchi shaxslar tomonidan
imzolanadi. Soliq auditi dalolatnomasining bir nusxasi soliq to‘lovchiga soliq auditi tugaganidan keyin uch ish
kun ichida topshiriladi.
234. Soliq to‘lovchining soliq auditi dalolatnomasidagi imzosi uning soliq auditi natijalariga roziligini
bildirmaydi.
235. Soliq to‘lovchi soliq auditi dalolatnomasini olishdan bosh tortgan taqdirda, soliq auditini o‘tkazuvchi
shaxs bu haqda soliq auditi dalolatnomasiga tegishli yozuvni kiritadi.
Bunday holda soliq auditi dalolatnomasining bir nusxasi soliq to‘lovchiga pochta orqali buyurtma xat bilan
yuboriladi.
236. Soliq auditi o‘tkazilgan shaxs (uning vakili) soliq tekshiruvi dalolatnomasida bayon etilgan holatlarga va
(yoki) tekshiruvchilarning xulosalari hamda takliflariga rozi bo‘lmagan taqdirda, soliq auditi dalolatnomasini
olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida tegishli soliq organiga mazkur dalolatnoma bo‘yicha umuman yoki uning
ayrim holatlari yuzasidan yozma e’tirozlarini taqdim etishga haqli.
237. Soliq to‘lovchi o‘z e’tirozlarining asoslanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (ularning tasdiqlangan
ko‘chirma nusxalarini) yozma e’tirozlarga ilova qilishga yoki kelishilgan muddatda soliq organiga topshirishga
haqli.
238. Soliq auditi materiallari soliq to‘lovchi hisobda turgan joydagi soliq organiga yuboriladi hamda soliq
auditi tugagan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Soliq auditi natijasi bo‘yicha
ma’lumotlar soliq tekshiruvlari hisobini yuritish axborot tizimiga kiritiladi.
239. Soliq auditi materiallarini ko‘rib chiqish va natijasi bo‘yicha qaror qabul qilish Soliq 
kodeksida
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Jinoiy ish doirasida o‘tkazilgan soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish va natijasi bo‘yicha qaror qabul
qilish uchun soliq to‘lovchi ro‘yxatdan o‘tgan soliq organiga yuboriladi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling