Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘G‘risida


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/61
Sana08.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1341118
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61
Bog'liq
1-сон 07.01.2021. Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida

3-BO‘LIM. YAKUNLOVChI QOIDALAR
242. Soliq tekshiruvlari natijalari bo‘yicha tekshiruv materiallari davlat soliq xizmati organi rahbari yoki
uning o‘rinbosari tomonidan ko‘rib chiqiladi va ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha davlat soliq xizmati organi
tomonidan Soliq 
kodeksida 
belgilangan tartibda va muddatlarda ijro qilinishi yuzasidan tegishli qaror qabul
qiladi.
Solik to‘lovchi soliq tekshiruvi natijasida qabul qilingan qarorni ixtiyoriy tartibda bajarmagan hollarda soliq
organi tomonidan mustaqil ravishda Soliq kodeksining 
120 — 124-moddalarida 
nazarda tutilgan tartibda soliq
qarzlarini undirish amalga oshiriladi.
243. Qaysi qoidabuzarliklar uchun jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari
ma’muriy javobgarlikka tortilishi lozim bo‘lsa, soliq organi tomonidan aniqlangan shunday qoidabuzarliklar
yuzasidan soliq organining soliq tekshiruvini o‘tkazgan vakolatli mansabdor shaxsi o‘z vakolatlari doirasida
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.
244. Mazkur Nizom talablariga asosan o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvlari natijalari bo‘yicha soliqqa oid
huquqbuzarliklar to‘g‘risida soliq organlariga ma’lumot bergan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi Davlat soliq
qo‘mitasining buyrug‘i asosida belgilanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
245. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob
beradilar.
(245-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va
o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi 
nizomga
1-ILOVA


Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va
o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi 
nizomga
2-ILOVA

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling